Ko‘hna dunyo. Odil Yoqubov
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Ko‘hna dunyo - Odil Yoqubov страница 7

Название: Ko‘hna dunyo

Автор: Odil Yoqubov

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-00-939-4

isbn:

СКАЧАТЬ Xatlibegimning iltijo bilan javdiragan g‘amgin ko‘zlaridan nigohini uzib, yerga qaradi, qarashi bilan Hindistonda shaharma-shahar darbadar kezib yurgan chog‘larida keksa kohinlardan eshitgan g‘alati bir rivoyat esiga tushdi…

      «Hindiston muzofotlarining birida dong‘i olamga ketgan bir podsho bo‘lgan emish. Uning go‘zal bir to‘tisi bo‘lib, poshshoyi olam unga cheksiz mehr qo‘ygan emish. Kunlardan bir kun o‘sha to‘ti qafasda turib, poshshoyi olam bilan so‘zlashar ekan, nogahon osmonda yana bir to‘ti paydo bo‘libdi-yu, ikki to‘ti so‘zlasha ketibdi. Ammo sal o‘tmay qafas ichidagi to‘ti betoqat bo‘lib qaltiray boshlabdi, so‘ng yiqilib jon taslim qilibdi. Poshshoyi olam ko‘p qayg‘u va hasrat chekib, to‘tining jasadini boqqa olib chiqib tashlabdi. To‘ti esa qafasdan qutulgan hamon uchib, daraxt shoxiga borib qo‘nibdi. Poshshoyi olam hayron bo‘lib:

      – Ey qushlarning sarvari! – debdi. – Mendan ne yomonlik ko‘rdingki, suhbatimdan qochasen?

      To‘ti shakarguftorlik qilib:

      – Shohim, – debdi, – xizmating haqini unutmaymen. Ammo… men ham to‘tilar poshshosi edim. Taqdir meni senga giriftor qilib, qafasingga solgandan buyon tobelarim mening firoqimda motam tutmishlar. Yoniga kelgan bu to‘ti mening inimdir, inim aytdiki: «E, og‘am, poshshoyi olamdan bir necha kunga ruxsat ol, yor birodarlaring yoniga borib, ul majruhlarni hijron azobidan qutqaz, so‘ng yana qaytib kelib, valine’mating xizmatini qil». Men unga: «Poshshoyi olam so‘zimga ko‘nmaydi», dedim. Inim aytdiki: «Sen o‘zingni o‘likka sol, zero, o‘lmayin qutulmaysen!» Alqissa, men shu tadbir bilan o‘zimni xalos qildim! – To‘ti shu so‘zni aytib, inisi bilan birga uchib ketdi.

      Poshshoyi olam kecha-yu kunduz yig‘ida bo‘ldi. Bu necha kundan so‘ng uning visolidan umid uzib o‘ltirgan edi, qarasa, o‘sha to‘ti qayta parvoz qilib keldi. Tumshug‘ida bir daraxt niholchasi bor edi. Poshsho nihoyatda xushvaqt bo‘lib dedi: «Ey to‘ti! Meni firoq balosiga tashlab ketgani qanday jur’at etding?»

      To‘ti aytdiki: «Bir qoshiq qonimdan keching, poshshoyi olam, zerokim, ko‘p muddatdan beri xesh-u aqrabolarimdan judo bo‘lib, ko‘nglim vayron edi. Bordim, ularning diydorini ko‘rdim va mana, qaytib, dargohingizga keldim».

      Poshshoyi olam to‘tini ko‘p e’zozladi. So‘ng: «Bu olib kelganing qanday nihol?» – deb so‘radi. To‘ti aytdi: «Shohim, men sizdan ketib o‘z makonimga borganimda do‘stlardan hazratimga munosib tuhfa tayyorlashlarini iltimos qildim. Ulardan biri: «Men falon orolda bir daraxt ko‘rganmen. Mevasining xosiyati shulki, agar qari yesa darhol yigit bo‘lur, xastai notavon yesa, shu zamon sihat topadur», dedi. Men: «Olamda mundan yaxshi tuhfa yo‘qdir», deb mazkur daraxtdan bir niholcha olib, dargohingizga keltirdim».

      Bu so‘zdan mamnun bo‘lgan poshshoyi olam bog‘bonini chaqirib: «Bu mevasi navjuvonlik ato qilguvchi mo‘jiza daraxt niholidur, uni yaxshiroq parvarish qil!» – dedi. Bog‘bon niholni boqqa eltib o‘tqazdi, mehr bilan parvarish qildi. Nihol tez fursatda kamolga yetib, bir necha yildan so‘ng meva qildi. Ittifoqo, uning mevasidan yerga tushganini bir ilon og‘ziga olib, zahar soldi. Bundan bexabar bo‘lgan bog‘bon mevani tovoqqa qo‘yib, poshshoyi olamning oldiga keltirdi. Poshsho mevani yemoqchi bo‘ldi. Uning bir vaziri bor edi, dedi: «Shohim, sizday poshshoyi olam uchun bunday narsalarni sinab ko‘rmay tanovul qilmoq joiz emas!»

      Alqissa bu mevani mulozimlaridan biriga yedirdilar. U odam mevani yegan zamon jon taslim qildi. Poshshoyi olam ajab holatda qolib, to‘tiga dedi: «Ey badbaxt! Sen menga dushmanlik azmida jonimga qasd qildingmi?»

      To‘ti harchand: «Shohim, bu ishni tekshirib haqiqat qilgil. Bu ishda bir sir-asror bor», demasin, poshsho uning so‘ziga quloq solmadi. To‘tini o‘ldirdilar. Poshsho daraxtni ham yiqitib, o‘tin qilishni buyurdi. Vazir aytdi:

      «Shohim, bunday mevayi badhazm sizday poshshoyi olam xazinasida bo‘lmog‘i lozim. Dushmanni yo‘qotmoq uchun bundan a’lo doru yo‘q».

      Ittifoqo, bog‘bonning bir oshnasi bor edi. Qarilik yuki qomatini kamondek egib qo‘ygan edi. U bog‘bonni ko‘rgani kelib, bog‘ni sayr qilar edi. Bog‘bon yo‘q edi. Nogoh o‘sha daraxt oldiga kelib qarasa, mevasi g‘arq pishgan. Undan bir dona tanovul qilgan edi, darhol navjuvon yigit bo‘ldi. Bog‘bon kelib qarasa, bir yosh yigit xiyobonda yuribdi. Darg‘azab bo‘lib so‘radi:

      – Seni bu boqqa kim kirgizdi?

      – E, birodar, men falon do‘sting bo‘lamen.

      – Noma’qul gapni qo‘y, u keksa edi, sen qirchillama yigitsen!

      – Ey birodar! Bog‘ingda bir turlik meva ko‘rdim, undan tanovul qildim-u, shu sifatga kirdim, o‘zim ham hayronmen.

      Alqissa, bog‘bon o‘sha mevadan bir tovoq olib, o‘z birodari bilan poshshoyi olam huzuriga ravona bo‘ldi. Kelib bo‘lgan voqeani arz qildi. Poshsho sinab ko‘rib amin bo‘ldiki, to‘ti rost aytgan ekan. Shunda poshsho bog‘bondan: «Sen oldingi mevani daraxtdan olibmiding yoki yerdan?» – deb so‘radi. Bog‘bon yerdan olganini aytdi. Ma’lum bo‘ldiki, unga ilon zahar solgan. Poshsho to‘tini o‘ldirganiga pushaymon chekib, butun umri qayg‘u bilan o‘tdi…»

      «G‘aroyib rivoyat! Johil hokimlarni sabr-toqat va adolatga chorlovchi ibratli rivoyat!»

      Beruniy bu rivoyatni eshitgan zahotiyoq uni ko‘p yillardan beri yig‘ib yurgan afsonalar va rivoyatlar daftariga yozib qo‘ygan, bir kun o‘zining «Al-Osor al-Boqiya» degan tarixiy asariga kuritish orzusida edi. Lekin hozir… hozir bir hikoyat, har qanday xastaga sihat keltiruvchi «ne’mati ilohiy» to‘g‘risidagi bu hangoma shunchaki bir cho‘pchak ekanini, abadiylik orzusida ojiz banda yaratgan shunchaki bir rivoyat ekanini qanday aytadi? Yaxshi bo‘lsin, yomon bo‘lsin, bir mahallar unga bir necha totli daqiqa bag‘ishlagan, hozir esa mudhish haqiqat oldida undan najot so‘rab kelgan bu zaifaga ne deydi? Yuz amri issiq, uning ko‘nglini qanday og‘ritadi?

      – Begim, – dedi Beruniy, ko‘zini yerdan uzmay, – uning ming yillarki, bani bashar siz aytgan bu «ne’mati ilohiy»ni qidiradi, ming yillarki, uni topishni orzu qiladi. Ammo uni topmoq hech bir kimsaga nasib etgan emas, begim!

      Beruniyning so‘zini Xatlibegimning:

      – Yo parvardigor! – degan faryodi bo‘ldi. – Nahot hech bir najot bo‘lmasa? Yetti iqlimni zabt etgan fotihi muzaffar, dong‘i olamga ketgan poshshoyi olam bukun… jismida uqubat, ko‘nglida tavahhum8, najotsiz to‘lg‘anib yotsa? Nahot suronli janglarda chek qo‘yib, endi farog‘at gulshaniga yetdim deganida… nogahon yopishgan bu dardi bedavo sabab… shami shabistoni so‘lsa9. Bechora og‘am. Endi uning bor umidi hazrat Ibn Sinoda!

      – Hazrat Ibn Sino?

      – Ha, – dedi Xatlibegim. – Mana, uch oydirki, davlatpanoh Ibn Sino hazratlariga elchi yo‘llamish! Ming taassufkim, hanuz darak yo‘q! Yana bir umidimiz siz bilan amir Mas’udda! Ul shahzodayi valiahd Isfahonga yurish qilib, uni zabt etgandur. Biroq nechundir undan ham darak yo‘q.

      «Ibn Sino!..»

      Bu ikki so‘z Abu Rayhonning diliga bamisoli iliq bir nur bo‘lib quyildi-yu, ko‘ngli yorishib ketdi. Yo rab? So‘ngbor Gurganj sarhadida, ko‘zlarida yosh, quchoqlashib vidolashganlariga necha yil bo‘ldi? O‘n sakkiz, yo‘q, salkam o‘n to‘qqiz yil bo‘libdi! O‘n to‘qqiz yildirki, bir-birining diydoriga zor! Gurganjda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida o‘tgan qizg‘in bahs-munozaralar, dilrabo mushoiralar, tongotar suhbatlar qayda СКАЧАТЬ



<p>8</p>

Tavahhum – vahima.

<p>9</p>

Shami shabiston – bu yerda umr shami ma’nosida.