Название: Қор одам
Автор: Ганс Христиан Андерсен
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-08-854-2
isbn:
Beshta ot qo‘shilgan zarrin izvosh boy qo‘rg‘oni tomon yo‘l oldi. Unda xonimning o‘zi va uning qizlari – uchta nafis, yosh, chiroyli gullar, atirgul, nilufar va qorday oppoq sunbul o‘tirardi. Qizlarning onasi xuddi barq o‘rib turgan lolaga o‘xshardi, u torday tarang tortib, gerdayib o‘tirardi. Hech kimning salomiga alik olmasdi, hatto dehqonlarning qo‘shiq va raqs bilan qilishgan ta’zimlari ham javobsiz qolardi, bordiyu, ta’zimga ta’zim bilan javob bersa, chiroyli qomati sinib qoladiganday qo‘rqardi! «Xo‘sh, sizlarchi, atirgul, nilufar va sunbulxonlar, vaqti kelganda kimlarning malikalari bo‘lasiz? – deb o‘yladim. Ular kechagiday ko‘z o‘ngimda! – Sizlarning tanlaganingiz olijanob ritsarlar, ehtimol, shahzodalar bo‘lar!»
– G‘uv-g‘u-u! O‘taver, o‘taver!
Izvosh jo‘nab ketdi, dehqonlar yana raqs boshlashdi.
Borrebyu, T’erebyu hamda boshqa atrof qishloqlarda yozni ana shunday kutib olishdi.
– Kechasi uyg‘onib qarasam, – debdi shamol, – aslzoda xonim o‘rniga yotganicha qaytib turmabdi. Boshqa odamlar nima bo‘lsa, u ham shunday bo‘ldi, bu yangilik emas. Valdemar Do bir lahza jim turdi. Biroq, ko‘nglidan «mag‘rur daraxt egiladi-yu, sinmaydi» degan gap o‘tdi. Qizlar yig‘i-sig‘i qilishdi, hovlidagilarning ham ko‘zlarida yosh ko‘rinardi. Lekin Do xonim olamdan o‘tdi, men ham o‘taverdim. G‘uv-g‘u-u! – deb g‘uvillabdi shamol.
– Men orqaga qaytdim – Fyun orollari va Belt suvlari ustidan uvillab o‘tib, tez-tez orqaga qaytadigan odatim bor edi – eman o‘rmonzori yaqinidagi dengiz sohiliga – Borrebyuga yastandim. O‘rmondagi daraxtlarga baliqchi dengiz lochinlari, yovvoyi kaptarlar, qora qarg‘alar, hatto qora laylaklar uya qurgandi. Erta bahor edi; ba’zi uyalarda tuxum, boshqalarida tuxumdan endigina chiqqan qushchalar chirqillardi. Qush to‘dalari esa shovqin solib, sho‘xlik qilib o‘rmon ustida uchib yurishardi. Ahyonahyonda bolta ovozlari ham eshitilib qolardi; baland-baland emanlar kesiladigan bo‘ldi: Valdemar Do qimmatbaho uch palubali harbiy kema qurmoqchi ekan, uni qirol sotib olsa kerak! Shu vajdan dengizchilarga mo‘ljal, qushlarga boshpana bo‘lib kelgan o‘rmon kesila boshladi. Qarqunoqlar qo‘rqqanlaridan u yoqdan-bu yoqqa uchishardi: ularning inlari buzilib ketdi; o‘z boshpanalaridan mahrum bo‘lgan dengiz lochinlari va boshqa o‘rmon qushlari ham qo‘rquv va alamdan qichqirib, osmonda charx urishdi. Men ularni yaxshi tushunardim! Qarg‘a va zag‘chalar zaharxandalik bilan Qag‘-qag‘! Xonavayron bo‘ldik! Qag‘-qag‘! – deb qichqirishdi.
O‘rmonda, ishchilar yonida Valdemar Do uchala qizi bilan turardi. Eng kenja qizi Anna Dorteyadan boshqa hamma qushlarning jon talvasasiga tushib faryod urishlaridan huzur qilishardi. Qizning bechora qushlarga rahmi keldi; tepasiga qora laylak uya qurgan yarmi qurib qolgan eman daraxtini kesish navbati kelganda, ko‘zida yosh bilan otasidan shu daraxtni kesmaslikni, uyadan boshlarini chiqarib turgan qushchalarni nobud qilmaslikni o‘tinib iltimos qildi. Qora laylak tufayli eman daraxti kesilmay qoldi, bunday daraxt haqida hikoya qilsa arziydi!
Daraxt kesish va arralash qizg‘in tus oldi, uch palubali kema qurilmoqda edi. Kemasoz oliy tabaqa kishilardan bo‘lmasa ham, har qalay zodagonlardan edi. Uning peshanasi va ko‘zidan aqlliligi sezilib turardi. Valdemar Do bu yosh yigitning hikoyalariga jon deb quloq solardi. Bu hikoyalarni Borrebyu hokimining o‘n besh yoshli to‘ng‘ich qizi Ida ham eshitardi. Kemasoz Valdemar Do uchun kema qurayotib, o‘zi va Ida uchun samoviy qasr ham qurdi: ular ana shu qasrda er-xotinday yonma-yon o‘tirishardi! Bordiyu, bu chinakam qasr bo‘lganda, uning toshdevorlari, ko‘tarmalari, xandaqlari, o‘rmon va bog‘lari bo‘lganda chindan ham yaxshi bo‘lardi. Biroq, turnaning raqsiga chumchuqning suqilishi yaxshi emas. Yosh kemasoz qanchalik aqlli bo‘lmasin, baribir kambag‘al edi. G‘uv-g‘u-u! Men charx urdim, u ham charx urib uchdi, bu yerda ortiq qololmadi. Ida esa taqdirga tan berdi, qo‘lidan nima ham kelardi?
– Otxonalarda qora otlar kishnab turardi, – deb hikoyasini davom ettirdi shamol, – ularga qarasangiz ko‘zingiz quvonardi! Hammaning ko‘zi o‘shalarda edi. Yangi harbiy kemani sotib olish uchun qirol tomonidan yuborilgan admiral o‘ynoqi otlarni ko‘rib zavqlanganidan qiyqirib yubordi. Buni ro‘yi rost eshitdim, chunki men janoblarning izidan ochiq turgan eshiklar orqali kirib, oyoqlari ostiga tillarang somon sochayotgan edim-da. Valdemar Do jaraq-jaraq oltinni, admiral esa qora tulporlarni olish ilinjida edi, shu vajdan u otlarni maqtardi. Biroq, uning dilidagini tushunishmadi, kema savdosi ham bo‘lmadi. Kema xuddi Nuh payg‘ambarnikiday taxtalar bilan qoplanganicha sohilda qolaverdi, moviy dengizda suzish unga nasib qilmagan ekan! G‘uv-g‘u-u! O‘taver! O‘taver! – deb uvillabdi shamol. – U ayanchli ahvolda edi!
Qishda, dalalarga qor oq gilamini yoyganda, Belt daryosida muzlar oqa boshladi, men bo‘lsam to‘lqinlarni qirg‘oqqa haydadim, kemaga bir-biridan qora bir talay qarg‘alar kelib qo‘nishdi; qushlar bo‘m-bo‘sh, huvillab yotgan tashlandiq kemaga qo‘nib olishib, kesilib ketgan o‘rmon, buzib tashlangan qadrdon uyalari, o‘zlarining boshpanasiz qolganliklari haqida alam bilan qag‘illay boshladilar.
Nima uchun shunday bo‘ldi! Umrbod suv yuzini ko‘rmay yog‘och uyumi bo‘lib yotadigan mana shu mag‘rur kema deb shunday bo‘ldi-da!
Qorlarni to‘zitgandim, uchqunlari kema atrofiga to‘lqinsimon shaklda qo‘ndi. Kemaga qo‘shiq va muzikamni eshitish imkonini berdim, mayli, eshitsin, ko‘niksin, chunki u kema! G‘uv-g‘u-u! O‘taver!
Qish ham o‘tib ketdi; qish bilan yoz men kabi tez uchib o‘tadi, daraxt shoxlaridan qor, bahorda gul, xazon-rezgilik paytida barg to‘kilganday o‘tib ketaveradi. O‘tavering! O‘tavering! Odamlar ham o‘taversin!
Biroq, qizlarning hali o‘n gullaridan bir gullari ham ochilmagan edi. Ida kemasoz yigit ko‘ngil qo‘ygan paytlardagidek hamon bir husniga o‘n husn qo‘shilib borardi. Men uning uzun oltinrang kokillarini o‘ynardim; u esa olmaning tagida o‘ychan turaverardi, parishon sochlariga olma gullarini yog‘dirayotganimni payqamasdi. U quyuq daraxtlar orasidan charaqlab turgan quyoshga, osmondagi to‘lin oyga tikilardi.
Uning singlisi Yohanna boshini viqor bilan orqaga tashlagan adl, chiroyli nilufar gulning o‘zi edi, bellari onasinikiday ingichka, sambitdek edi. U ajdodlarining suratlari osilgan xonaga kirishni yaxshi ko‘rardi. U yerda baxmal va shoyi kiyimlar kiygan, mayda kokillarini yopib turuvchi, gavharlar qadalgan shapkali aslzoda xonimlar tasvirlangan suratlar turardi. Ular juda ham chiroyli edilar. Erkaklar esa sovut yoki tik va baland yoqali kamzullarda tasvirlangan. Qilichlari beliga emas, balki yonlariga osilgan edi. Vaqti kelib bu yerga Yohannaning portreti ham qo‘yiladi. Lekin olijanob umr yo‘ldoshining qiyofasi qanaqa bo‘larkin? Qiz faqat shu haqda o‘ylar, lablari faqat shuni pichirlardi. Men yo‘lakdan u yoq-bu yoqqa yurib, katta xonaga kirib, bularning hammasini eshitdim.
O‘n to‘rt yoshli oq sunbul gul Anna Dorteya esa yuvosh va o‘ychan qiz edi. Uning katta-katta moviy ko‘zlari jiddiy va g‘amgin boqardi, lekin lablaridan tabassum arimasdi. Men unga hatto puflashga ham jur’at etolmasdim, buni xohlamasdim ham.
Men Anna Dorteyani ko‘pincha bog‘da, yo‘lda va dalada uchratardim; qiz otasiga kerak bo‘ladigan gullarni, o‘to‘lanlarni yig‘ib kelardi: otasi esa ulardan ichimlik hamda turli tomchilar tayyorlardi. Valdemar Do mag‘rur, dadil, shu bilan birga bilimdon ham edi! U ko‘p narsani bilardi! Hamma uni bilar va u haqda shivir-shivir qilardi. Uning xonasida olov hatto yozda ham o‘chmasdi, eshigi doim qulflog‘liq bo‘lardi, kecha-yu kunduz o‘sha yerdan chiqmas, o‘z ishi xususida boshqalar bilan suhbatlashishni yoqtirmasdi; hademay u dunyoda eng yaxshi, eng qimmatbaho bo‘lgan qizil oltinni topadi!
Mo‘risidan tutun to‘xtovsiz burqsab chiqib turishining sababi ham СКАЧАТЬ