Название: Қор одам
Автор: Ганс Христиан Андерсен
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-08-854-2
isbn:
Qasrdagilar hammasi qattiq uyquda ekan. Vikingning xotinini ham uyqu elta boshlabdi. Lekin qo‘rqinch va tashvish anchagacha unga uyqu bermabdi. Asir xristian bilan Xelganing yo‘qolganiga ham uch kun bo‘lgan ekan, ehtimol, asirning qochib ketishiga qiz yordam bergan bo‘lsa kerak deb o‘ylabdi. Chunki otxonada faqat uning oti yo‘q ekan. Biroq, bu qanday sodir bo‘ldi ekan? Vikingning xotini beixtiyor Iso payg‘ambar va unga e’tiqod qo‘ygan kishilarning ajoyib karomatlar ko‘rsata olishga qodir ekanligini eslabdi. O‘ngida xayolidan nari ketmagan bu o‘ylar tushida ham jonlanibdi. Tushida ko‘rpa ustida Xelgani o‘ylab, avvalgiday chuqur xayolga berilib o‘tirganmish. Hammayoqni zulmat qoplab, bo‘ron yaqinlashayotganmi. Har ikki tomonlar – Shimoliy dengiz va Kattegat tomondan qahrli to‘lqinning dahshatli ovozi eshitilayotganmish. Dengizning tubida butun yerni egallab kulcha bo‘lib yotgan juda katta bahaybat ilon jon talvasasidamish. Eskilarning gapiga ko‘ra, qiyomat boshlanib, barcha xudolar ham qazo qiladigan rannar – eng so‘nggi dahshatli tun yaqinlashayotganmish. Mana, burg‘uning jarangdor tovushi eshitilibdi, kamalak ustidan yarqiroq sovutlar kiygan otliq xudolar so‘nggi jangga jo‘nashibdi! Ularning oldida qanotli valxiriyalar uchibdi, orqalaridan esa marhum qahramonlarning poyezdlari jo‘nabdi. Osmon shamol shafag‘i nuriga to‘libdi, lekin zulmat yengarmish. Dahshatli daqiqalar yaqinlashayotganmish.
Qo‘rquvdan yaproqday qaltirayotgan vikingning xotini yonida badbashara baqa qiyofasida Xelga o‘tirganmish, u dahshatdan titrab, unga yopishayotganmish. U baqani tizzasiga olib badbashara bo‘lsa-da, mehr bilan bag‘riga bosibdi. Osmon qilich va gurzilarning ovozidan larzaga kelibdi. O‘qlar hushtak chalib, osmondan do‘lday yog‘ilibdi. Osmon qulab tushadigan, yulduzlar to‘kiladigan, hammasi Surtur3 alangasida yonib bitadigan payt kelibdi.
Biroq, vikingning xotini bulardan keyin yangi osmon va yer paydo bo‘lishini, ilgarigi badjahl dengiz to‘lqinlari o‘ynoqlab oqqan sariq qumli o‘zanda bug‘doyzorlar chayqalishini bilarkan. U allaqanday yangi xudo taxtga o‘tirishini, uning yoniga soya podsholigidan ozod bo‘lgan ma’sum, oyday ravshan Baldur ko‘tarilishini ham bilarkan. To‘satdan qarshisida o‘shani ko‘rib qolibdi. Uni bir qarashdayoq tanibdi – u asir xristian ekan.
– Iso payg‘ambar! – debdi u va uning nomini takrorlab turib xunuk bolasi – baqani o‘pibdi. O‘sha zahoti baqaning to‘ni egnidan tushibdi, qarshisida hamma vaqtdagidek go‘zal, lekin o‘ta ma’sum, ko‘zlaridan mehrigiyo yog‘ilib turgan Xelga namoyon bo‘libdi! Xelga og‘ir sinov kunlarida asrandi qiziga ko‘rsatgan mehr-oqibatlari uchun, ko‘nglida ezgu tuyg‘ular va fikrlar uyg‘otgani, Isoning nomini aytgani uchun minnatdorlik izhor qilganday ayolning qo‘llarini o‘pibdi. Xelga ham Isoning nomini takrorlabdi, to‘satdan u osmonga oqqush bo‘lib ko‘tarilibdi: oq qanoti yozilib, ovozi hammayoqni tutibdi, osmonga bir gala qush ko‘tarilganday bo‘libdi.
Xuddi shu payt vikingning xotini uyg‘onib ketibdi. Chindan ham hovlidan qushlarning qanot qoqqani eshitilibdi. U laylaklarning uchib ketish payti kelganini, bu shovqin o‘shalarniki ekanini payqabdi. Laylaklarga bir nazar tashlab xayrlashgisi kelibdi. O‘rnidan qo‘zg‘alib, darchani ochib yuboribdi. Qasrning qo‘shimcha binolari tomidagi yuzlarcha laylaklarga ko‘zi tushibdi. Baland daraxtlar ustida esa boshqa laylaklar ham gala-gala bo‘lib uchishayotganmish; tutingan onasini qo‘rqitgan go‘zal Xelga hamisha o‘tadigan deraza ro‘parasidagi quduq chetida ma’no to‘la ko‘zlarini unga tikib ikkita oqqush qo‘nib turganmish. O‘zida chuqur taassurot qoldirgan hozirgi tushini o‘ngida ko‘rayotganday bo‘libdi. U oqqush qiyofasidagi Xelgani, xristianni xotirlabdi, sevinchdan yuragi qinidan chiqayozibdi.
Oqqushlar qanot qoqishibdi, unga ta’zim qilganday bo‘yinlarini egishibdi, ayol esa bunga javoban ularga qo‘lini uzatibdi, yosh to‘la ko‘zi bilan o‘ychan kulimsirabdi.
Laylaklar qanotlarini shovqin bilan qoqib, tumshuqlarini qaqirlatib janubga uchish uchun osmonga ko‘tarilishibdi.
– Anovi oqqushlarni kutib o‘tirmaymiz! – debdi laylakning xotini. – Biz bilan birga uchishadigan ekan, imillashmasin! Loyxo‘raklar to‘planguncha bu yerda kutib o‘tirolmaymiz! Qizilto‘shlar yoki boshqa qushlarning uchishiga qaraganda bizning oila bo‘lib uchishimiz yarashadigan ish: ularning erlari o‘z holiga, xotinlari o‘z holiga uchishadi! Bu katta beadabgarchilik! Oqqushlarchi, ularning uchishi ham uchish bo‘ldimi?
– Hamma o‘z bilganicha uchadi! – debdi laylak xotiniga. – Oqqushlar qiyshiq chiziq bo‘ylab, turnalar uch burchak bo‘lib, loyxo‘raklar ilon izi bo‘lib uchishadi!
– Iltimos, hozir ilonlarni esga solma! – debdi xotini. – Bolalarimizning ishtahasi ochilib ketadi, bu yerda ularni nima bilan boqamiz?
– Eshitib yurganim baland tog‘lar ana-ku! – debdi oqqush qiyofasida uchib ketayotgan Xelga.
– Yo‘q, bular tog‘ emas, ostimizda qora bulutlar suzib yuribdi! – deb e’tiroz bildiribdi onasi.
– Anavi yuksaklikdagi oq bulutlar-chi? – so‘rabdi qizi.
– Ular hamisha qor bilan qoplanib yotadigan tog‘lar! – javob qaytaribdi onasi. Ular Alp tog‘laridan oshib o‘tib, O‘rtayer dengizi tomon uchishda davom etishibdi.
– Afrika! Misr! – sevinganidan qichqirib yuboribdi Nil sohilining qizi yuqoridan o‘z yurtining sarg‘ish egri-bugri sohil chizig‘ini ko‘rib.
Laylaklar ham sohilni ko‘rishib, uchishni tezlatishibdi.
– Mana, Nil balchig‘i hamda sirg‘anchiq baqalarning ham hidi kelib qoldi! – debdi laylakning xotini bolalariga: – Voybo‘y, qornim tatalab ketyapti! Ularning qanchalik mazali bo‘lishini o‘zlaring yeb bilasizlar: iblis, marabu hamda turnalarni ko‘rasizlar. Ular ham bizning toifamizdan, biroq bizchalik chiroyli emas. Lekin judayam kerilishadi! Ayniqsa, iblislarning tumshug‘i osmonda, ularni misrliklar taltaytirib qo‘yishgan; ular iblislarning ichiga xushbo‘y o‘t-o‘lanlarni tiqib mo‘miyo qilishadi. Mening ichimga tirik baqalar tiqishsa jon xudo derdim! Buning mazaligini o‘zingiz ham bilasiz! O‘lib muzeyga tushgandan ko‘ra, tirik va to‘q yurgan afzal! Mening fikrim shunaqa, bu juda to‘g‘ri fikr!
– Mana, laylaklar ham kelibdi! – deyishibdi. Nil sohilidagi qasr egalari. Usti ochiq xonada yumshoq o‘rinda, qoplon terisiga burkanib podsho yotganmish. U hali ham na tirikka, na o‘likka o‘xsharmish, shimolning teran botqog‘ida o‘sgan shifobaxsh nilufar gulni orziqib kutayotganmish. Qarindosh-urug‘lari va xizmatkorlari uni qurshab olishganmish.
To‘satdan bemor yotgan xonaga laylaklar bilan birga kelgan ikkita chiroyli oqqush uchib kiribdi. Ular egnilaridagi oqqush kiyimlarini yechib tashlashibdi, yerda turganlar bir-birlariga nihoyatda o‘xshash ikki go‘zalni ko‘rishibdi. Ular asta-sekin rangida qoni qolmagan, eti suyagiga yopishib ketgan cholga yaqinlashishibdi, uzun sochlarini orqaga tashlashibdi. Xelga bobosiga engashibdi, o‘sha zahotiyoq cholning yuziga qizil yuguribdi, ko‘zlari charaqlab ketibdi, qotib qolgan tanasida hayot jo‘sh ura boshlabdi. Chol o‘rnidan yashargan, sog‘lom, tetik bo‘lib turibdi! Qizi va nabirasi uzoq davom etgan uyqudan so‘ng ertalabki salom-alik qilganday, uning qo‘lini ushlashibdi.
Saroyda boshlangan shodiyonani aytmaysizmi? Laylaklarning uyalarida ham xursandchilik bo‘libdi, chunki yeganlari oldida, yemaganlari ketida bo‘lib, baqalar ham nihoyatda serob ekan-da. Olimlar shoshapisha har ikkala malika hamda o‘zi bilan butun mamlakatga, podsho xonadoniga baxt-u saodat keltirgan shifobaxsh gul tarixini yozishibdi. Laylaklar esa bu haqda o‘z bolalariga hikoya qilib berishibdi, ammo buni o‘z bilganlaricha, qorinlari baqaga liq to‘lishi bilanoq aytib berishibdi, aks holda ularning boshqa mashg‘ulotlari chiqib qolar ekan-da.
– Sen СКАЧАТЬ
3
Surtur – Skandinaviya afsonalarida zulmat podshosi.