Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари. Чарльз Диккенс
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари - Чарльз Диккенс страница 7

Название: Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари

Автор: Чарльз Диккенс

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-27-701-4

isbn:

СКАЧАТЬ style="font-size:15px;">      Ko‘zoynakli keksa jentlmen yozuvga tikilib o‘tirgan yerida axiyri mudrab ketdi, buning oqibatida mister Bambl Oliverni yozuv stoli qarshisiga turg‘azib qo‘yganidan keyin ham oraga cho‘mgan sukunat bir necha daqiqaga cho‘zildi.

      – Mana o‘sha bola, taqsir, – dedi mister Bambl.

      Gazeta o‘qiyotgan keksa jentlmen birrov boshini ko‘tardi-da, yonidagi keksa jentlmenning yengidan tortib qo‘ygan edi, unisi ko‘zini ochdi.

      – O‘, bu o‘sha bolami? – ming‘illadi keksa jentlmen.

      – Xuddi o‘zi, ser, – javob qildi mister Bambl. – Azizim, sudya janoblariga ta’zim qil12.

      Oliver oldin bir seskanib tushib, keyin ikki bukilib ta’zim bajo keltirdi. U hakamlarning upa sepilgan sochlariga razm solarkan, nahotki kengash a’zolarining hammasi mana shunaqangi boshida oppoq un bilan tug‘ilib, shuning uchun ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengash a’zosi bo‘lib olishsa, deb bosh qotira boshladi hayron qolib.

      – Xo‘sh-sh, – dedi keksa jentlmen, – o‘ylaymanki, mo‘ri tozalovchilik kasbi yoqsa kerag-a unga?

      – Es-hushi shunda, muhtaram janob, – javob berdi Bambl va yo‘q, deb og‘iz ocha ko‘rmagin-a, degan ma’noda Oliverni zimdan chimdib qo‘ydi.

      – Binobarin, u mo‘ri tozalovchi bo‘lmoqchi ekanda, shundoqmi? – so‘radi keksa jentlmen.

      – Mabodo, biz ertadan boshlab birorta boshqa kasb-korga o‘rgatishni xayol qiladigan bo‘lsak, bu o‘sha zahotiyoq qochib qolishi turgan gap edi, janoblari, – javob qaytardi Bambl.

      – Xo‘sh, bu kishi, uning bo‘lajak xo‘jasi… siz, ser… siz u bilan yaxshi muomalada bo‘lasiz… uni boqasiz… va shu kabilar, to‘g‘rimasmi, ser? – dedi keksa jentlmen.

      – Rostki, men shunday qilaman dedimmi, bas, shunday qilaman, – deya javob berdi mister Gemfild qovog‘ini uyib.

      – Picha qo‘polroq so‘zlar ekansiz, birodar, illo, vijdonli, sofdil odam ko‘rinasiz nazdimda, – dedi keksa jentlmen ko‘zoynagini Oliver uchun tayinlangan mukofotni olajak nomzodga to‘g‘rilar ekan.

      Bu nomzodning jirkanch turqida chindan ham uning shafqatsiz odam ekanidan dalolat beruvchi toshbag‘irlik muhri – tamg‘asi aks etib turardi. Biroq sudya keksalikdan ko‘zlari xiralashib, yosh boladay bo‘lib qolgandi, shu sababdan ham undan boshqalar ko‘rib turgan narsani payqashni kutish ehtimoldan uzoq edi.

      – Shundoq bo‘lsa kerak, degan umiddaman, ser, – dedi mister Gemfild razilona irshayib.

      – Bunga zarracha shubham yo‘q, birodari aziz, – deb qo‘ydi keksa jentlmen ko‘zoynagini burniga mahkamroq o‘rnashtirib, dovot izlab u yoq-bu yoqqa alanglarkan.

      Bu – Oliverning hayotidagi hal etuvchi daqiqa edi. Basharti, dovot keksa jentlmen taxmin qilgan joyda bo‘lganida, u patqalamni siyohga botirardi-yu, qog‘ozga imzo chekardi – ana unda Oliverni oyog‘ini yerga tekkizmay olib ketishlari aniq edi. Lekin dovot hakamning shundoqqina burni ostida turganidan, ma’lumingizkim, butun stol ustini istab chiqib ham uni topolmadi va izlashini davom ettirarkan, banogoh to‘g‘risiga qarab qoldi, shunda nigohi Oliver Tvistning rangi o‘chgan, kapalagi uchgan yuziga tushdi. Bola Bamblning ogohlantiruvchi o‘qrayishlari-yu o‘ymalashlariga parvo qilmay, o‘zining bo‘lajak xo‘jasining jirkanch basharasiga shunchalar oshkora qo‘rquv va dahshat ichra tikilardiki, buni hatto shabko‘r hakam ham payqamay qolmasdi.

      Keksa jentlmen biroz hayallab, patqalamni topdi-da, nigohini Oliverdan uzib, o‘zini beparvo ham bemalol tutishga tirishib, bir chimdim tamaki olgan mister Limkinsga qadadi.

      – Bo‘tam! – dedi keksa jentlmen yozuv stoli uzra engashib qarab.

      Oliver bu so‘zni eshitib, seskanib ketdi. Buning uchun uni afv etsa bo‘lardi, chunki ovoz erkalovchi, muloyim eshitilgandi, notanish tovush esa odamlarni cho‘chitadi. Uning butun a’zoyi badanida titroq turdi-yu, ko‘zlaridan yosh yumaladi.

      – Bo‘tam, – takrorladi keksa jentlmen, – ranging oqarib, bezovta bo‘lib qolding. Nima gap o‘zi?

      – Undan sal nariroq turing, bidl… – dedi ikkinchi hakam gazetani qo‘yib, qiziqsinib olg‘a engashar ekan. – Ana endi, bolakay, qani bizga aytib ber-chi, nima gapligini. Qo‘rqma, aytaver.

      Oliver tiz cho‘kdi-da, qo‘llarini ko‘ksida chalishtirgancha, o‘zini yana o‘sha qorong‘i xonaga qaytarib yuborishlarini… ochdan tirishtirishlarini… kaltaklashlarini… istashsa, o‘ldirishlarini, ammo bu qo‘rqinchli odamga berib yubormasliklarini tavallo qila boshladi…

      – Shunaqa degin-a! – dedi mister Bambl bag‘oyat dabdabali qiyofada qo‘llarini ko‘kka cho‘zib, ko‘zlarini samoga tikkancha. – Hali shunaqa degin! Umrim bino bo‘lib ko‘rgan ayyor-u dog‘uli yetimlar ichida sen, Oliver, eng surbet-u bezbeti ekansan.

      – Tilingizni tiying, bidl, – dedi ikkinchi keksa jentlmen mister Bambl ushbu tumtaroqli ta’rif-u tavsifni aytib bo‘lgach.

      – Afv etgaysiz, taqsirim, – dedi mister Bambl o‘z quloqlariga ishonmay. – Janoblari kaminaga murojaat etyaptilarmi?

      – Ha. Tilingizni tiyib turing.

      Mister Bambl taajjubda serrayib qoldi. Bidlga tilini tiyib turishni buyursalar-a! Oxir zamon yetibdi chog‘i!

      Ko‘zoynakli keksa jentlmen hamkasabasiga qaradi. Kasabasi ma’nodor qilib bosh irg‘adi.

      – Biz bu shartnomani tasdiqlashdan bosh tortamiz, – deb moyqog‘oz parchasini olib, chetroqqa tashladi.

      – U… umid… – deb yamlanib gap boshladi mister Limkins, – umid qilamankim, bolaning hech bir asossiz guvohligiga tayanib, hakamlar go‘yo qavm ma’murlari biron nojo‘ya xatti-harakatda aybdor, degan xulosaga kelmaslar.

      – Hakamlar bu masala yuzasidan biron-bir hukm-u xulosa chiqarishga majbur emaslar, – dedi ikkinchi keksa jentlmen keskin ohangda. – Bolani mehnat uyiga qaytarib olib boringlar-da, unga yaxshi muomala qilinglar. Chog‘imda, bu narsaga muhtoj u.

      O‘sha kuni oqshomdayoq oq nimchali jentlmen mutlaqo qat’iyat bilan, Oliver nafaqat osiladigan emas, balki ustamasiga uni qatlgohga surgab borib, to‘rt pora qiladilar, dedi. Mister Bambl mahzun va sirli bir tarzda boshini sarak-sarak qilib, oxiri baxayr bo‘lsin-da, deb qo‘ydi, shundan so‘ng mister Gemfild, ishqilib qo‘limga kirsin-da, deya tilak tiladi; garchi mister Gemfild deyarli har bir narsada qavm bidlining fikriga qo‘shilayotgan bo‘lsa hamki, u, aftidan, bunday istakni bildirar ekan, bidl bilan fikrlari butunlay ayrichaligini namoyish etdi.

      Ertasiga ertalab jamoatga yana Oliver Tvist shogirdlikka berilajagi va uni olish ixtiyorini bildirgan odamga besh funt to‘lanajagi ma’lum qilindi.

      TO‘RTINCHI BOB

      OLIVERGA BO‘LAK JOYNI TAKLIF ETADILAR, SHUNDAY QILIB U ILK BORA TIRIKLIK MAYDONIGA QADAM QO‘YADI

      Basharti, aslzoda xonadon namoyandasi bo‘lmish o‘g‘lonni hadyanoma yoxud vasiqaga binoan biron qulay va manfaatli lavozim ila ta’min eta olmasalar, uni dengiz safariga yo‘llash odat tusiga kirgan. Kengash a’zolari shundayin oqilona hamda xalosko-rona taomildan ibrat olib, Oliver СКАЧАТЬ



<p>12</p>

Sudya janoblariga ta’zim qil – ya’ni dunyoviy ishlarni ko‘radigan, 1834-yil qonuniga binoan mehnat uyi, shuningdek, yetimxona «nozirlar kengashi»ning farmoyishlarini ba’zi hollarda tasdiqlash hamda rad etish huquqiga ega bo‘lgan sudya.