Champo otli ilon. Erkin Malik
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Champo otli ilon - Erkin Malik страница 12

Название: Champo otli ilon

Автор: Erkin Malik

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-00-544-0

isbn:

СКАЧАТЬ nom chiqargan choyxonasida ovqatlanib o‘tirib, choyxonachidan ijaraga uy topib berishini iltimos qildik. Choyxonachi bizga boshdan-oyoq qarab oldi-da, ko‘rinishimiz ma’qul kelib qoldimi “kechga tomon bir xabar olinglar”, dedi.

      G‘ishtli masjidning hovlisi yozgi choyxonaga aylantirilgan, xonaqolariga kutubxona, qiroatxonalar ko‘chib kelgan edi. Biz kutubxonashunoslik fakultetining talabalari bo‘lganimiz uchun ham xonalarni miriqib tomosha qilgan edik.

      Mirvohid ikkimiz kelishilgan vaqtda samovarchiga ro‘baro‘ bo‘ldik. Samovarchiyam ishlaridan bo‘shab, bizni kutib o‘tirgan ekan. U kishi bizni G‘ishtli masjidning shundoqqina orqa tarafidagi torgina yo‘lakka boshladi. Yo‘lak oxirida bir tabaqali eshik ko‘zga tashlanardi. Ijaraning shundoq ajoyib joydan topilganiga quvonib ketdik. Hovli torgina bo‘lib, uniyam bitta daraxt-u va bitta so‘ri egallab turardi. O‘ng tarafda bir uy dahlizi bilan, ro‘parada yana bir xona ko‘rinardi. Ichkarida temir karavotlar. Ma’lum bo‘ldiki, bu yer choyxonachining mehmonxonasi. Boshqa odam qo‘ymaslik sharti bilan bir oyga kelishdik. Choyxonachi har kuni tushlik paytida sho‘rvaning yog‘liq joyidan suzib, dastyor boladan kiritib turishga va’da berdi. Lekin ijara haqini oldindan qurtdek sanab oldi.

      Biz boshqa kursdoshlarimiz nazarida, birimiz yozuvchi, birimiz shoirmiz. Ijodkorga tinchlik kerak-da. Yotoqxona degani – kirdi-chiqdi, vag‘ir-vug‘ur joy. Kursdoshlarimizam bir-ikki kelib so‘rida o‘tirib, miriqib ketishdi.

      Bir kuni yonimizdagi guzarchaga birov bir tog‘ora doroyi uzum olib chiqibdi. Qo‘qonda qizil chilgi uzumdanam oldin pishadigan shunaqa uzum bor ekan. Rangi qandaydir oqish, ko‘kimtir. Ko‘ksultonga o‘xshab ketadi. Mevasi maydaroq, tig‘iz. Ta’mi shirin, oq tutning mazasini beradi. Karsildoq. Lekin yangi bo‘lgani uchun narxi osmonda. Talabaning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘nglim sust ketib turganini ko‘rgan Mirvohid:

      – Men Yakkatutga ketdim, ertalabki nonushtaga jizzali non, bir savat doroyi, qaymoq yetkazib kelaman, – deb qoldi.

      Mirvohidning Yakkatutda xolasi, xolasi bilan yashaydigan opasi bor edi, kelgandan beri boraman deb yurgan edi. Bahona topilib qoldi. Mirvohidni avtobusga kuzatib, uyga qaytdim. Qulfni ochib, hovliga kirsam qo‘shni qiz o‘rtadagi tuynukdan o‘tib, hovliga suv sepib, supurib yuribdi. U har kuni biz kelguncha hammayoqni chinnidek qilib qo‘yardi. Toshkentga o‘qishga borsa yordam berishimizga o‘ziyam, ota-onasiyam umid qilardi. U o‘ninchini bitirayotgan edi. Bizning kursdosh qizlarimiz bilan allaqachon apoq-chapoq bo‘lib ketgan, hammamizni uyiga mehmongayam taklif qilgan edi. Bizni akasidek ko‘rar, o‘zi durkungina ko‘ringani bilan qiliqlari g‘irt bolacha edi. Har kuni o‘rtoqlarining nomini aytib she’r yozdirib olardi. Mirvohid bilan o‘z holimizcha xayol suribmi, kitob o‘qibmi o‘tirsak, sezdirmay kelardi-da, “vah” deb qo‘rqitgan bo‘lar, kutilmaganda suv sepib qochardi. Biz undan ba’zida bezor ham bo‘lib ketardik. Onasiga devor osha shikoyat ham qilardik. Onasi bo‘lsa u yoqdan: “Ayb o‘zlaringda, popoch, popoch qilib boshlaringga chiqarvoldilaring, ayamasdan bir-ikki jonini achitinglar, esi kirib qoladi”, derdi. Keyin orqasidan qo‘shib qo‘yardi: “Hoy, qiz o‘lgur, bu yoqqa qara, bunaqada seni o‘qishga yuborib bo‘pman, erga bervoraman”. “To‘g‘ri qilasiz, xola”, deb biz ham bu yoqdan tasdiqlardik.

      Popoch hovliga yolg‘iz kirganimni ko‘rdi-yu:

      – Mirvoit akam qanila? – deb so‘radi.

      – Yakkatutga ketdi. Popochga doroyi uzum obkelaman dedi.

      – Qachon obkeladi?

      – O‘zi hozir ketdi-ku, gapini qaranglar, ertaga nonushtaga obkeladi. Choy ichmay o‘tir, xo‘pmi?

      – Ey, – dedi qiz, uzumga hushim yo‘q deganday. Keyin oldiga tushgan bir o‘rim sochini orqasiga tashlab, supurgiga tayangancha menga angrayib qaradi.

      – Bir o‘ziz yotassimi?

      – Nima qipti, ajina chaladimi?

      – Qo‘rqmissimi?

      – Nimadan qo‘rqay?

      – Ajinadan.

      – Ajina bo‘lsa senchalik bo‘latta, Popoch.

      – Hali shunaqami, – deya Popoch tushmagur supurgini teskari ushlab quvib qoldi. Hovliga qandoq kirgan bo‘lsam, shundoq ko‘chaga qochib chiqdim-da, darvozaga qulf solib, aylanib kelgani ketdim. Popoch supurgini dastasi bilan darvozani urganicha qoldi. Biz turgan hovlining orqasidan o‘tgan tor ko‘chaning narigi beti katta qabriston edi. Bir-biriga tutash qurilgan katta-kichik hovlilarni qabristondan shu ko‘cha ajratib turardi. Ba’zan Mirvohid o‘zicha falsafa so‘qirdi: “Tasavvur qiling azizim, devorning narigi yog‘ida, bir dahlizcha joyda minglab odamlar qalashib yotibdi, biz bo‘lsak shuncha joyda ikki kishi xonlardek yashayapmiz. Qiziq-a?!”

      Men qabriston yoqalab ancha joygacha borib keldim. Buzilgan, nurab tushgan sag‘analarni ko‘rib, Mirvohidning gapini esladim. “Bu dunyo tiriklarniki ekan-da, o‘lgandan keyin, xuddi o‘rilgan xashakdek qabristonga g‘aramlashaverar ekan… Qulayroq joy topib “Qulhu Ollohu ahad”ni o‘qiyman. Savobini shu joyda yotganlarga bag‘ishlayman.

      Bu orada quyosh botib, issiqning tafti ketib, Qo‘qon shamoli esib qolgan edi.

      Yotoqxonaga borib, kursdoshlar bilan ancha vaqtgacha gurunglashib, “uyim”ga qaytdim. Oy to‘lgan, qadim shahar tomlarini, ko‘chalarini sutdek yoritar edi. Karavotim xona darchasiga taqab qo‘yilgan, darcha qanotlari tashqariga ochilar edi. Xonada qandaydir zax hidi bor, darichalarni ertadan kechgacha ochib qo‘yganimiz uchun rutubat kundan-kun ko‘tarilib borardi. Men uyga kirganimda oy nuri qabriston tarafdan tushib, hovlining yarmini yoritib turar, uning shu’lasi xonaga ham yoyilardi. Shuning uchun chiroq yoqib o‘tirmadim. Chiroq yoqsam iskaptoparlarning dastidan uxlab bo‘lmaydi. Ertalabgacha olishib chiqadi odam. Popochlarning hovlisiyam haligacha g‘ala-g‘ovur. Otasi qassob, do‘konini kech yopadi.

      Yotibman-u qotibman. Tushumdami, o‘ngimdami bilmayman isib ketdimmi ishqilib ustimdagi choyshabni nari surmoqchi bo‘ldim. Ammo nimagadir qo‘lim o‘zimga bo‘ysunmas, qimirlata olmasdim. Xayolimda yelkam aralash birov meni bosib turardi. Azbaroyi uyquning shirinligidan ko‘zim ochilmas, miyamning allaqaysi hujayralari g‘ira-shira ishlab, kim bo‘ldi ekan degan o‘ylarga borar edi. Kallamga kelgani Popoch bo‘ldi. Voy shumtaka-ey, kunduzi qo‘rqmissimi deb bekorga so‘ramagan ekan-da. Yengiltak, shayton qiz deyman-da, sal o‘zimga kelib ko‘zimni ochaman. Ammo… e-e-e… hayratdan qotib qolaman. Meni qimirlatmay qo‘ygan Popoch emas, boshqa… ha boshqa qiz edi. Voybo‘-o‘… uni! Odam ham shunaqa chiroyli bo‘ladimi? Esim og‘ib qoldi. Biz talabalar shu paytgacha besh ketib o‘zimizcha hur deb yurgan qizlarning birortasiga o‘xshamas edi. To‘g‘rirog‘i, ularning husni-jamolini bir qilganda uning birgina g‘amzasiga alishib bo‘lmas edi. Oy nurlari uning sutdek oppoq yuzini, taralgandek uzun-uzun kipriklarini, chaqnab turgan ehtirosli ko‘zlarini yoritib turardi. Ajabo, oymoma deraza tarafga qachon o‘tib ulgurdi ekan? Qizning ko‘zlari qo‘lga tushdingmi sen yigit degandek tobora ayyorona suzilar, jilmayganda tishlari sadafdek yarqirardi. Sochlari to‘lqin-to‘lqin bo‘lib, uyning qorong‘uligiga qo‘shilib ketgan edi. Uning qarashlarida senga yomonligim yo‘q, ey yigit degan bir ishoralar bor edi-yu, ammo kulib turib yer parchin qilib meni ezardi. Ko‘krak qafasim qisilib, nafasim og‘zimga tiqila boshladi. Qiz ukpardek yengil ko‘ringani bilan unda qandaydir yovuz, yovvoyi kuch bor edi. Ana shu kuch o‘zining kimligini menga sezdirib qo‘ydi. Ko‘zimni chirt yumdim-da, bilgan suralarimni takror va takror o‘qiyverdim. Sezib turibman ustimdagi “yuk” asta-sekin yengillasha boshladi. Yengillashgan hamonoq uxlab qolibman. Bir mahal childirma ovozi-yu g‘alati qiyqiriqlardan uyg‘onib ketdim. Oymoma hamon derazamdan nari ketmagan, shu yaqin atrofda to‘y bo‘lardi chog‘i. Hayron bo‘lib soatimni СКАЧАТЬ