Название: Dahshatli Meshpolvon
Автор: Anvar Obidjon
Издательство: SHARQ
isbn: 978-9943-26-986-6
isbn:
Oshiqbola o‘ng tomondagilarning hamlasini qaytarishga chalg‘igan damda chapdagilardan biri kamonda uning kuragini nishonga oldi. Meshpolvon «orqangga qara», deb qichqirmoqchi bo‘lgan ediki, yonginasida «tup» etgan tovush eshitildi. Sarbozning kamoni qo‘lidan uchib, chap ko‘zini changallaganicha otdan yiqildi. Meshpolvon o‘girilib qarasa, boya jallod boshidan oshirib uloqtirgan uzunsoch lo‘li bola tuppakni o‘qlab turibdi. O‘qlab bo‘lgach, og‘ziga solib puflagan edi, yana «tup» etgan ovoz taralib, endi boshqa bir sarboz ko‘ziga kaft bosib, otdan ag‘darildi.
– O‘qiga qalampir qo‘shganman, jo‘ro, – deb Mesh-polvonga irshayib boqdi mazang bola. – Ko‘z deganni yondiradi!
Shu tariqa u hash-pash deguncha besh-olti dushmanni cho‘ziltirib qo‘ydi. Bu orada Oshiqbola qurshovni yorib chiqib, endi qora papoqlilarni quvlab yurib chopishga tushdi.
Nahang o‘lponchi ko‘rdiki, ahvol chatoq. Shartta otining boshini burib, «sharaqa-shuruq» qochib qoldi. Ajali yetmagan uch-to‘rt sarboz yarador jo‘ralarigayam, karvondagi o‘ljalarigayam qaramay, jonholatda unga ergashdi.
Yovning yengilib qochganini ko‘rgan mazanglar g‘ala-g‘ovur bilan Meshpolvonni o‘rab olishdi, umrimizda bunaqa pahlavonni uchratmagan edik, deb maqtay ketishdi. Bundan Meshpolvonning behad dimog‘i ko‘tarilgan bo‘lsayam, o‘zini kamtarroq ko‘rsatishga urindi.
– Bas endi, lo‘lijonlar, maqtovni to‘xtatinglar, – dedi u mo‘miqdek9 g‘o‘dayib. – Bular nima bo‘pti? Aslini olganda, ertakdagi qizil devniyam men sulaytirganman. Maqtanishni yomon ko‘rganimdan, hech kimga aytmay yuruvdim. Bo‘ldi endi, uyaltirmanglar meni. Odamlar mana shunaqa oyog‘imga yiqilavermasin deb qirq boshli ajdarhoni tinchitganimniyam birovga bildirmagandim. Bas, odamni xijolat qilyapsizlar. Ochig‘ini aytsam, Badaxshon-u Farg‘onani kemirib yotgan odamxo‘r yalmog‘izniyam, Buxoro-yu Xorazmni tilsimlab qo‘ygan malla jodugarniyam o‘zim o‘ldirganman. Yetar endi, etagimni o‘pib, meni uyaltirmanglar. Quruq maqtayvergandan ko‘ra, ovqat-povqatdan gapiringlar.
Buni eshitib, mazanglarning oqsoqoli mehmonni siylash kimni o‘ldiribdi deb, ziyofat ustiga ziyofat beraverdi. Meshpolvon esa, «bo‘ldi, to‘ydim», demay, borini bo‘ksitib uraverdi. Mazanglarning ikki haftaga yetgulik oziq-ovqati qironga uchrab, «topganimiz shu edi», deb uzr so‘rashgandan keyin, Meshpolvon noiloj qo‘lini artdi. Nafsi andak tiyilib, kayfiyati suyulib maysaga yonboshlarkan, Oshiqbolaga qarab dedi:
– Manavini odamgarchilik desa bo‘ladi. Mazanglarga qoyil qoldim. Ke, oshna, karvonni mol-dunyosi minan shularga beraylik.
– Narsalarni egalariga qaytaramiz, – deb e’tiroz bildirdi Oshiqbola. – Ular kambag‘al odamlarniki.
Meshpolvonning birdan jahli qo‘zib o‘shqirdi:
– Mingpodaliklar Sepkilshohga o‘zlari sotilgan. Baloni olishsin!
Hozir uning dilida kechayotgan so‘zlarni misralarda ifodalashga urinib ko‘raylik:
Boqma boy-u nochoriga,
Qo‘shma odam qatoriga,
O‘z yurtining attoriga –
Sotqinlarga rahm qilma.
Molasidan uyalmagan,
Dalasidan uyalmagan,
Bolasidan uyalmagan
Sotqinlarga rahm qilma.
Urishmasdan asir tushib,
Bir-biridan endi cho‘chib,
Yuraversin rangi o‘chib,
Sotqinlarga rahm qilma.
Yov soqolin yulolmagan,
O‘qlov bilan sololmagan,
Mendan o‘rnak ololmagan
Sotqinlarga rahm qilma.
– Qoningni qaynatmasdan turgin, – deya Meshpolvonga tanbeh berdi mazang kampir. – O‘rtog‘ing to‘g‘ri aytgani shuki, odamlarda ayb kam, yurtni amaldor sotadi. Karvondagi mullajiringlarni kambag‘allarga qaytib topshir. Mazanglarning boyligi yo‘lda, bizga ot bilan tuyalarni savg‘o qilsanglar bo‘lgani.
Maslahatlashib, oxiri bir qarorga kelishdi. Mahallalarga ikki kishi-ikki kishidan taqsimlanib, ertalabgacha boyliklarni beva-bechoralarga tarqatib chiqadigan bo‘lishdi.
– Nevaram Chumakvoy san pahlavon bilan birga borsin, – tuppakchi bolani Meshpolvonga ro‘para qilib dedi mazang kampir. – Sandan aql o‘rganadi.
Ikkovlon o‘zlariga tegishli mahallada tomma-tom yurib, qopchiqdagi tangalarni mo‘rilardan tashlab ketishaverdi. Mahalla oxirlab qolganida oy botib, u yer-bu yerdan xo‘roz qichqiriqlari eshitila boshladi.
Ular pastakkina tuproq tomga chiqishganda, «Tamom, mahalla shu yerda adog‘ bo‘ldi», deb pichirladi Chumakvoy. Shu payt mo‘ridan dag‘dag‘ali ovoz yangradi:
– Ketamiz dedimmi, ketamiz! Kechdim bunaqa egasi betayin yurtdan!
Endi keksa ayolning: «Ota yurtingdan ketib, qayer-gayam sig‘arding?» – degan titroq tovushi eshitildi.
– Qanaqa ota yurt? Sepkilshohning tomorqasi-ku bu. Nimani xohlasa, shuni qiladi.
– Chidab tur, bolam. Bu kelgindilargayam Xudo bordir.
– Qani o‘sha Xudo? – deb shang‘illadi o‘g‘il. – Nega yurtimni ozod qilmayapti?
– Shakkoklik qilma, tiling kesilgur! «Oshiqbola to‘g‘ri gapirgan ekan, – deb o‘ylab qo‘ydi Meshpolvon. – Mingpodaliklarning hammasiyam sotqin emas shekilli».
Sepkilshohning soliqchilari boplab jazolanib, karvondagi boyliklar mingpodalik kambag‘allarga tarqatib chiqilgach, Meshpolvon bilan Oshiqbola tuya va otlarni mazanglarga berib, xurjunlarini yeb-ichgulik narsalarga to‘ldirib, yo‘lga shaylanishdi. Oshiqbola Meshpolvonga: «O‘lja tushgan otlardan bittasini minib olsang-chi», degan edi, Meshpolvon: «Xachirni qo‘shnimga sog‘omon qaytarmasam, omonatga xiyonat bo‘ladi», deb ko‘nmadi.
O‘yinchi mazang kampir bu orada Chumakvoyni qo‘shxurjunli tuyaga o‘tqazganicha yetaklab kelib, yana «pahlavonlar ustozi»ga ro‘para qildi.
– Shuni manga layzon10 qilib ber, pahlavon Mesh, – dedi u. – O‘lsa, yo‘lning bo‘yiga ko‘mib, go‘riga tuppagini os. Ajabmas, uni topib, ziyorat qilsam.
Meshpolvon odatdagidek maqtanib yuborganini o‘zi bilmay qoldi:
– Тashvishlanmang, lo‘li xola, biron yil yonimda yursa, suvda baliqni quvib ushlaydigan qiр qo‘yaman. Ana, Go‘ro‘g‘li boboning chevarasi menga qo‘shilib, kam bo‘ptimi?
Uchalasi mazanglar bilan quyuq xayrlashib, yo‘lga chiqishdi. So‘qmog‘i o‘nqir-cho‘nqir, o‘pqoni sayoz-chuqur, maysasi qovjiroq, shamoli buqadek hirqiroq dashtda past-baland bo‘lib borishaverdi. Meshpolvon tuyasini СКАЧАТЬ
9
Mo‘miq – biron belgi sifatida yo‘l cheti yoki maydonga ko‘mib o‘rnatiladigan yog‘och ustun.
10
Layzon yoki layzongul ostiga qo‘rg‘oshin quyilgani bois irg‘itib yuborsangiz ham tik turib qolaveradigan qo‘g‘irchoq. Uni «dikkivoy», «mirza dikkak» ham deyishadi.