Dahshatli Meshpolvon. Anvar Obidjon
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Dahshatli Meshpolvon - Anvar Obidjon страница 3

Название: Dahshatli Meshpolvon

Автор: Anvar Obidjon

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-986-6

isbn:

СКАЧАТЬ oziqni domiga torta boshlaganidan ko‘ngli joyiga tushib, o‘zi ham qo‘rqa-pisa kavshanishga kirishdi. Har yutinganida bo‘ynini cho‘zib, bu ahvoldan xo‘rligi qo‘zib, yantoqzorda qorin to‘ydirayotgan xachiriga yuzlanib, bir arz aytdi:

      Bo‘ron keldi teskari,

      Chang-to‘zonlar – askari,

      Sen yakka-yu men yakka.

      Sahro qopqon, to‘r ekan,

      Peshanamiz sho‘r ekan,

      Sen bandi-yu men bandi.

      Ilonlari surbet, sho‘x,

      Uxlashyapti qorni to‘q,

      Sen ochsan-u men ochman.

      Xom kallasi qotmagan,

      Uyida tinch yotmagan

      Sen ahmog‘-u men ahmoq.

      Meshpolvon bu gaplardan keyin har qanday maxluq ham «oh» chekib yuborsa kerak deb o‘ylagan edi, unday bo‘lmadi, nodon xachir indamay nafsini qondiraverdi.

* * *

      Ajdodlari yer chopib, urug‘ sochish bilan ko‘hna xonadonga rizq ulashib kelgan Meshpolvon ilgari sahroni hech ko‘rmagan edi. Sahro deganda har vaqt uning ko‘z o‘ngida to‘lqinlari qotib qolgan dengizni eslatuvchi yap-yaydoq qum barxanlari jonlanardi. Unchalik emas ekan. Bu maskanning ham o‘z shovqin-u jimliklari, maysa-yu o‘simliklari, muqim kun kechiruvchi jonzot-u hasharotlari, alohida bardoshga yo‘g‘rilib yaratilgan parranda-yu darrandalari, har birining o‘ziga xos yashash tarzi, ayni chog‘da, bir-biriga zanjir halqalaridek bog‘liqligi, faqatgina shu joyga mansub hayot qonunlari bor ekan.

      Odamzod doimo odamlar orasida o‘zini erkin va qudratli sezadi, chetga chiqdi deguncha turli xavf-xatarga yo‘liqadi, yolg‘izlanib, pashshadek ojizlanib qoladi. O‘rmon ayiqlari bilan, tog‘-adir bo‘rilari bilan, chakalakzor qoplonlari bilan, ummon nahanglari bilan, dasht qashqirlari bilan, to‘qay to‘ng‘izlari bilan uni hurkita boshlaydi, qalbida yana tezroq odamlarga borib qo‘shilish istagini alangalatadi.

      Sahroda ham shunday bo‘ldi. Sovuqturq echkiemar-lar galasi o‘ttiz qadamcha orqaroqqa yoyilib olib, Mesh-polvon bilan uning xachirini talay joygacha ta’qib qilib borishdi. Ular tungi bo‘ron mahali shuncha o‘ljadan bexabar qolganlaridan afsuslanib, baxtlariga boshqa biron ofat yuz berishini kutganlaricha umidvor emaklab kelishardi.

      Meshpolvon xachirga teskari o‘tirib, bigizli o‘qlovni qo‘liga qo‘ndirib, eti dir-dir titrab, yirtqichlarga zog‘lanib qarab, to‘xtamasdan ilgarilab ketaverdi. U umrida ilk bor sodir bo‘lish ehtimoli kutilayotgan katta jangga o‘zini shaylab, qozonqopqoq ushlagan qo‘lining boshmaldog‘ida qorniga qistirig‘lik daskalla tig‘ini siypab-siypab qo‘yardi. Kun tikkaga kelib, borliqni jizg‘anak qilishga urinayotgan pallada echkiemarlar salqin inlarida jon saqlash uchun tarqalishdi.

      Jizgin barxanlarning cheki yo‘qdek edi. Meshpolvon bir-ikki kundan keyin: «Bu sahroning cheti yer tugagan joyga borib taqalsa-ya», deb xavfsiray boshlagan ham ediki, orqadan otliq kimsaning qorasi ko‘rindi. Yaqinlashib kelgach, mundoq qarasa, guldor yugan ushlagan, tagida tulpor kishnagan, ko‘zida qandaydir ilinj, belida bir quloch qilich, gavdasi g‘o‘la, bilagi quvvatga to‘la bir o‘spirin qarshisida turibdi, qozonqopqog‘-u o‘qlovlardan ajablanib, tegrasida aylanib yuribdi. Siyo-g‘idan payqash mumkinki, shoshib tursa – qamchilab, shoshmasa – so‘z bilan chimchilab o‘tadigan chamasi bor.

      Uning avzoyidan cho‘chinqiragan Meshpolvon qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar qabilida ish ko‘rib, qolaversa, qo‘ynidagi ilonlariga ishonib, boshidan chapyani oldi, peshanasidagi terni yengida artib, to‘satdan dag‘-dag‘a qildi:

      Qo‘rqmay o‘limdan,

      Тurma yo‘limda,

      O‘qlov qo‘limda,

      Ilon qo‘ynimda.

      Bu qozonqopqoq

      Mardlarga yaroq,

      Daskallam – pichoq,

      Xachirim cho‘loq.

      Boshimda yo‘q soch,

      Chapya menga toj,

      Yo‘lni to‘sma, qoch,

      O‘zi qornim och.

      Buni eshitgan asilzoda o‘spirin Meshpolvonga masxaraomuz tikilib, otdan xachirga bukilib, so‘roq-qistovini boshladi:

      Тappaytirib burningni,

      Qappaytirib qorningni,

      Qayoqlarga ketyapsan?

      Och qarg‘adek donsirab,

      Nortuyadek hansirab,

      Qayoqlarga ketyapsan?

      Тuksiz kallangni ochib,

      Miyang qatiqdek achib,

      Qayoqlarga ketyapsan?

      Sahroda, tap-taqirda,

      Uch oyoqli xachirda

      Qayoqlarga ketyapsan?

      Meshpolvon o‘ziga gard yuqtirgisi kelmay, kalaka qilinayotganini go‘yoki sezmay, jiddiy turib javob qildi:

      Yo‘lga chiqsam, asosim bor,

      Sepkilshohda qasosim bor.

      Elimni u talab o‘tdi,

      Asalimni yalab o‘tdi,

      Kallalardan qasr qildi,

      Ko‘pchilikni asir qildi.

      Pahlavonim dadam – unda,

      Mehribonim onam – unda.

      Borib ozod qilayin deb,

      Enamni shod qilayin deb,

      Qo‘g‘irmoch yeb, kuchni to‘plab,

      Yo‘lga tushdim kaftga tuflab.

      Bu gapdan keyin dimog‘dor o‘spirinning birdan qiyofasi o‘zgardi, «Kechir meni, birodar, dardingni so‘ramasdan turib qattiq tegib qo‘yibman», deya otdan tushdi. Kelib, Meshpolvonga do‘stona qo‘l uzatdi.

      – Endi og‘a-ini bo‘lamiz, – dedi u ochiq chehra bilan boqib. – Yo‘limiz bir ekan. Meni otim Oshiqbola.

      – Meni to‘g‘rimdagi shov-shuvlarni eshitgandirsan, – deb bo‘yin shishirdi Meshpolvon. – Oltiariqdan chiqqan dahshatli Meshpolvon menman. – So‘ng afsuslangandek bosh tebratib, qo‘shib qo‘ydi. – Seni noming qulog‘imga chalinmagan ekan. He, attang…

      Meshpolvon shu gerdayganicha o‘zidan quvonib turaversin. Biz uni picha tinch qo‘yib, Oshiqbola bilan yaxshiroq tanishib olaylik.

* * *

      Voh, nuridiydam kitobxonim! Тili biyron bolakaylar! Shirin-shakar qizaloqlar! Sizlar judayam omadlisiz. Chunki o‘zbeklarga faxrli, yovlarga qahrli bo‘lmish dovyurak Go‘ro‘g‘libek haqidagi qiziq rivoyatlarni eshitmagan, uning mardona janglarini sharaflovchi dostonlarni o‘qimagan sho‘rpeshanalar orangizda yo‘q.

      Esingizda turgan bo‘lsa, yengilmas Go‘ro‘g‘libek shuncha davr surib, bittayam farzand ko‘rmadi. Hasanxon degan bolani Vayangan elatidan, Avazbekni Xunxor yurtidan olib kelib, tarbiyalash uchun bunisini Misqol pariga, unisini Og‘a Yunus pariga tutqazdi.

      Bolalar ulg‘ayib yigit bo‘ldi, biri lochin-u biri burgut bo‘ldi. Ko‘p savdolarni boshdan kechirib, g‘animlarning kayfini uchirib yashashdi. Hasanxon suluv xon Dalliga uylanib o‘g‘il ko‘rdi, otini Ravshanbek qo‘ydi. Avazbek bilan Gulqizdan esa qiz tug‘ilib, nomi Gulanor bo‘ldi.

      Necha СКАЧАТЬ