Название: Кинода режиссура ва драматургия
Автор: А. Митта
Издательство: Kitobxon
isbn: 978–9943–4497‒2‒5
isbn:
UCHINCHI QADAM – SASPENS
Saspens – bu shunday soniyaki, unda auditoriyaning filmga jalb qilinishi tо‘laroq holda namoyon bо‘ladi.
Saspens – sof inglizcha sо‘z. Til bilimdonarining aytishlaricha, «zо‘riqish» («taranglik») – sо‘zning aniq va tо‘liq bо‘lmagan tarjimasidir. Aniqroq qilib aytganda, u «chidab bо‘lmas darajada zо‘riqib kutish» («chidab bо‘lmas darajada tarang holat») deganidir.
Saspens personajga xavf-xatar xuruj qilganda va auditoriya u uchun hamdardlik bildirganda paydo bо‘ladi. Masalan, biz yoqtirgan yaxshi yigitga о‘lim xavfi soya solganda. Yaxshi filmda bunaqa saspenslar qancha bо‘ladi? Bugungi kunning joriy repertuaridagi filmlarning 95%i – bu saspens, sof saspens va saspensdan boshqa hech narsa yо‘q. Saspens kino tilining boshqa barcha elementlarini о‘ziga bо‘ysundirdi. Shuning uchun ham film energiyasining asosiy tashabbuskori haqida bilib olsak yomon bо‘lmaydi. Buning ustiga, rus adabiyoti va kinematografiyasi an’analari uchun yaqinlargacha bu narsa xos emas edi.
Saspens – bu auditoriyaning ayni joyda va ayni shu paytda sodir bо‘layotgan narsalarga reaksiyasidir (javobidir). U auditoriya va personajda axloqiy umumiylik mavjud bо‘lganida, tomoshabin va xarakterda bir xil emotsional kuch mavjud bо‘lganda (u qо‘rqayapti, men ham u uchun qо‘rqayapman; u qotilni topishni istayapti, men ham qotilni topilishini istayman) vujudga keladi. Agar auditoriya qahramon haqida, uning halok bо‘lmasligi, mag‘lub bо‘lmasligi haqida qayg‘ursa – saspens hosil bо‘ladi.
Saspens – bu hissiy javob, bu iztirob chekish, hayajonlanish, xavotirlanish, umidsizlikka tushish, qо‘rquv… Shu bilan birga qiziquvchanlik, ya’ni intellektual kategoriya bо‘lib, u sizni keyingi soniyada qahramonga nima bо‘lishini bilishga undaydi. Va siz voqeaga butun vujudingiz, hissiyotlaringiz bilan tо‘liq bir tarzda kirib ketasiz.
Shunday qilib,
1-qadam – qiziquvchanlik,
2-qadam – hamdardlik,
3-qadam – saspens.
Saspens – bu xuddi tizim qurilishi unsurlarining tomoshabin oldida topshiradigan imtihoniga о‘xshaydi. Agar dramatik holat yaxshi bо‘lsa, u saspensni vujudga keltiradi. Agar dramatik peritpetiya tо‘g‘ri rivojlansa – siz nimani xohlagan bо‘lsangiz shunga va yana qо‘shimcha uning rivojida saspensga erishasiz. Agar voqelik qarama-qarshilikni tо‘g‘ri ochgan bо‘lsa, saspens qahramonga bо‘lgan tahdidlar va xattiharakatlardagi kutilmagan burilishlar bilan birga о‘sib boradi. «Saspens» atamasini olib kirgan rejissor – Alfred Xichkokdir. U saspensni «dramatik holatning bо‘lishi mumkin bо‘lgan eng shiddatli kо‘rinishi», deb atadi. Xichkokning aytishicha, u filmlar olishni endigina boshlagan, hali mashhur bо‘lmagan paytlarida shunday о‘ylagan: «Shunay qilish kerakki, barcha yulduzlar mening filmlarimda tasvirga tushishni istasinlar? Ularni allaqanday sirli, notinch narsalarni о‘z ichiga olgan voqeliklar bilan jalb qilmoq, hissiyotlarini uyg‘otmoq kerak». Mana shunday holatlargina saspensga olib keladi.
Xichkok bir safar fransuz rejissori Tryuffoga shunday degan:
– Voqeani yozayotganimda meni kо‘proq xarakterlar emas, balki g‘ijirlab turadigan zinapoya xavotirga soladi.
– Bu nima degani? – sо‘radi Tryuffo.
– G‘ijirlab turuvchi va tagiga qahramon qulab tushadigan zinapoya. Men buni saspens deb atayman.
Qahramon qayergadir borayapti, bilamizki, uning oyoqlari ostidagi zina qaysidir badkirdor tomonidan arralab qо‘yilgan va har bir soniyada qulab tushishi mumkin. Ya’ni biz qahramondan kо‘ra kо‘proq narsa bilamiz. U payqab qolarmikan? Xavfli yo‘lni bosib о‘tishga ulgurarmikan? Bu eng faol saspensdir.
О‘ldirilgan qizning singlisi u о‘ldirilgan uyga yashirincha kirib oladi. U qotil hozir ham uyda yashirinib turganini bilmaydi. Biz esa bilamiz. Bu «Ruhiyat» dan bir holat. Saspens.
Nima, Xichkokgacha hech kim saspens haqida bilmasmidi? Bо‘lishi mumkin emas. Shekspir drama san’ati haqida hamma narsani bilgan va ulardan foydalangan, albatta saspensdan ham. Aynan о‘z о‘rnida – taranglik kuchaygan paytda foydalangan.
Romeo Julyettaning о‘limi haqida eshitib, uning tobuti tomon uchadi. U Julyettaning о‘zini о‘lganga solib yotganini bilmaydi. Biz esa buni bilamiz va u sevgilisining oldida uning uyg‘onishiga bir on qolganida о‘lishini kо‘rib, umidsizlikka tushamiz va unga rahmimiz keladi.
Saspens haqidagi dastlabki tasavvurni men hali bolaligimda, bolalar teatrida kо‘rgan edim. Bо‘liq kо‘krakli ayol kо‘rinishidagi quyoncha sahna bо‘ylab sakrar va:
– Qanday ajoyib uycha! Unda men tulkidan yashirinaman. U yerda meni yeya olmaydi!– der edi.
Quyon tulkivoy tomga chiqib olganini va ichiqoralik bilan tishlarini g‘ijirlatayotganini bilmas edi. Zaldagi tomoshabinlar buni kо‘rib turardi va tashvishga tushishardi. Ular quyon tomonida edi, u bilan ma’naviy birlikda edilar. Birinchi qatordagi qizcha kaftini og‘ziga qо‘ygan holda quyonga aytib turardi:
– Quyoncha, uychaga kirma. Tomda tulkivoy yashirinib olgan. Ammo quyon eshitmaydi. U sahna bо‘ylab sakraydi va о‘rmonda qanday ajoyib uycha topib olgani haqida qо‘shiq kuylaydi. Shunda, chamasi beshinchi qatordagi, ikki bola qattiqroq uni ogohlantiradi:
– Ey, quyon! Yuqoriga qaragin! Tomga!
Ammo quyon eshitmaydi. Hozir u uyga kiradi, ana, eshik tutqichini ham ushladi. Shunda mening yonimdagi sakkiz yoshlardagi sepkilli, uch-tо‘rt tishlari tushgan bola о‘rnidan sakrab turib, butun zalga eshitiladigan qilib baqira boshladi:
– Ey, g‘ilay, о‘laksa, qochsangchi! Tomda tulki bor!
Mana shu narsa saspensdir. Qahramon xavf ostida. Biz undan kо‘ra kо‘proq narsa bilamiz va u haqida tashvishga tushamiz. Bu ochiq saspensdir.
Shuningdek, yopiq saspens ham bor. Xavf-xatar borligini bilamiz, ammo u qayerda yashiringanligini bilmaymiz, qahramon ham buni bilmaydi. U maqsad sari yetib borishi lozim, ammo u raqiblarni yengib о‘ta oladimi?
Bu hissiy, masalan, futbol saspensidir. Biz ular uchun ishqibozlik qiladigan yaxshi bolalarning olijanob va sevimli komandasi chempionatda g‘olib bо‘lishini istaymiz. Ularga yomon bolalardan tashkil topgan raqiblar komandasidagi «yaramas»lar xalaqit qiladilar. Qancha qon tо‘kildi, qancha mushtlashuvlar va jarohatlar bо‘lib о‘tdi! Bularning hammasi saspens tomoshabinlarni о‘ta kuchli hayajonga keltirgani uchundir. U tomoshabin quvvatining aql bovar qilmas qо‘zg‘atuvchisidir.
Maykl Korleone otasining qotillarini jazolash uchun bir о‘zi dushman lageriga jо‘nadi. Biz restoran hojatxonasida u foydalanishi kerak bо‘lgan tupponcha yashiringanini bilamiz. Qotillar esa bilmaydilar. Voqealar qanday davom etadi?
Maykl Korleone unitaz bachogi orqasida yashiringan tо‘pponchani topdi. Hozir u qotillarga о‘q uzadi. Qotillar СКАЧАТЬ