Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 5

Название: Кинода режиссура ва драматургия

Автор: А. Митта

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978–9943–4497‒2‒5

isbn:

СКАЧАТЬ style="font-size:15px;">      3) Shundan sо‘ng tabassum qilishi kerak.

      Juda zо‘r aytilgan.

      1. Sahnada siz rejalashtirgan narsalarni rivojlantira borib, aktyor qiladigan harakatlarni aniqlang, ammo uning tuyg‘ularini nazorat qilmang. Kechinmalar – aktyorning hududi, uning talanti, uning erkinligi. Aktyorga harakatlar chog‘ida kechinmalarini rivojlantirishga yordam bering.

      2. Operatorga tasvirga olish nuqtasini kо‘rsating, xavf-xatarnimi, baxtnimi, sovuqnimi – nimani olishni xohlayotganingizni ayting va uning о‘zi malakasining sehrli nuri bilan uni yoritadi.

      3. Barcha ishonishi lozim: Kolumb Amerikaga qanday suzib borishni biladi, shu sababli tabassum qiling va ruhlantiring.

      Agar о‘ylab kо‘riladigan bо‘lsa, bu maslahatlarni berish uni amalga oshirishdan kо‘ra osonroq. U kasbiy tajribaga muhtoj.

      Shunga о‘xshash maslahatni, ammo rostgо‘yroq tarzda, yosh yozuvchilarga Isaak Babel ham bergan:

      – Yozuvchining javonida kam sonli kitoblar bо‘lishi kerak. Hammasi bо‘lib о‘n-о‘nbeshta.

      – Qaysi kitoblar? – deb chuvvos solishdi yosh yozuvchilar.

      – O! Buni bilish uchun minglab kitoblarni о‘qib chiqish zarur, – degan ekan.

      Boshqacha qilib aytganda, hech bir maslahat shaxsiy tajriba yо‘lini istisno qilmaydi.

      Felliniga qaytamiz. Siz kemadasiz, qо‘lingiz shturvalda va siz matroslarga tabassum qilmoqdasiz. Buning о‘zi kamlik qiladi. Filmda faqat artistlar emas, balki hamma xodimlar ham sizda rol о‘ynashlari lozim. Bu nima degani?

      Yoshlik yillarida bir safar men filmga afsonaviy bir ovoz operatorini taklif qildim. U keldi, ammo hech qanday qahramonlik kо‘rsatmayapti. Uni menga tavsiya qilgan Rolan Bikovga shunday dedim: «Nima, bu hamma: Rabinovich! Rabinovich! – deyaverishadi. Uyam hamma kabi о‘chgan odamku». Rolan bо‘lsa menga: «Sasha, sen uni qiziqtirdingmi? Uning roli aniqmi? Sening jamoangda u nimani о‘ynashi kerak?» – deb javob qildi.

      Xodimlaringizga rollar yozing. Ularga о‘z iqtidorini namoyish qilish imkonini bering. Har bir kishi uning mehnati buyuk loyihaga yordam berishini istaydi.

      Bundanda zо‘rroq misol bor. Vadim Yusov – shubhasiz, butun bir avlodning eng yaxshi operatori. Venetsiya festivali eng yaxshi operatorlik ishi uchun mukofoti bilan uni taqdirlagan. Kо‘plab boshqa mukofotlari ham bor. Ammo siz uning yoshligida, «Mosfilm»da olti yil ishlaganidan sо‘ng, studiyadan istiqboli yо‘qligi va qobiliyatsizligi uchun ishdan haydalganini bilasizmi? О‘sha paytda uni Andrey Tarkovskiy chaqirgan va Yusovning talanti «Ivanning bolaligi» va «Andrey Rublyov»da kо‘zlarni qamashtiruvchi bir mushak kabi portlagan. «Mosfilm»dagi iqtidorsiz kasbdoshlari Yusovga uning talantiga mos keluvchi rol bera olmaganlar. U iste’dodsizlikning nafasni bo‘g‘uvchi havosidan siqilayotgan edi. A.Tarkovskiy unga bajarib bо‘lmaydigan vazifalar qо‘yar, Yusov esa yorqinligi bilan ajralib turuvchi original yechimlar topar edi. Men ularning yonida boshlaganman, ishonchim komil: Yusovsiz Tarkovskiyning talanti boshqacha kо‘lamda bо‘lardi.

      Fransiyalik teatr islohotchisi Jan Vilar shunday degan: «Teatrda hamfikrlar jamoasi daholikning о‘rnini bosishi mumkin». Kino – teatrga nisbatan о‘zgacharoq (avtoritarroq), ammo u yerda ham Vilarning tezisi amal qiladi.

      Esda saqlaymiz: yо‘lning boshida sizning qо‘llaringizda Shekspirchasiga voqelik yuragi tepib turadi. Sо‘ngida esa – ulkan jamoaviy Lev Tolstoy, barcha bо‘ronlarni yengib о‘tib, «Film premyerasi» portiga chiqadi.

      JALB QILISH TIZILMASI AUDITORIYA VA FILM

      Devor oldida bir yarim soat о‘tirib kо‘ring va unga tikilgancha о‘zingiz uchun muhim bо‘lgan qandaydir bir narsaga fikringizni jamlab kо‘ring. Bundan hech narsa chiqmaydi, juda tezlik bilan fikringiz chalg‘iy boshlaydi, zerikasiz va majburlash hissini tuyasiz. Siz uchun qiziq bо‘lmagan filmlarda ham aynan shu narsa sodir bо‘ladi. Shunchaki, о‘z-о‘zicha, uzoq muddat diqqatni bir narsaga jalb qilish inson uchun xos bо‘lmagan holat. Ammo film yaratuvchilari uchun aynan shu narsa kerak. Auditoriya filmga g‘arq bо‘lishi lozim.

      Havaskor tо‘laligicha о‘zini kо‘z-kо‘z qilish bilan band bо‘ladi. Professional san’atkor esa qanday qilib tomoshabinning diqqatini jalb qilish haqida о‘ylaydi. Agar biz auditoriyani о‘zimiz uchun zarur yо‘nalishdan olib borishni istasak, tinmay u haqida о‘ylashimiz kerak. Auditoriya bir yarim soat qorong‘i zalda о‘tiradi, agar unga g‘amxо‘rlik qilinmasa, har qanday tomoshabinning diqqati sо‘na boshlaydi. Siz tomoshabindan ayrilasiz.

      Film shunday bir narsa berishi kerakki, u tomoshabinning qiziqishini tobora orttirib borsin, finalga borganda chо‘qqiga chiqsin. Shunda tomoshabin xursand bо‘ladi.

      Biz hikoya qilmoqchi bо‘lgan voqiylik auditoriyani junbushga keltiruvchi energiyaga ega bо‘lishi lozim. Yaxshi hikoya qilingan voqeada energiya oshib boradi va tomoshabinlar larzaga keladi. Agar omad kelib qolsa, kulminatsiyada ular hamma narsani unutadilar. Maksimal ichki energiya holatida tomoshabinlar san’at tomonidan in’om etilgan baxt chо‘qqisiga – katarsisga erishadilar. Ammo biz omadning kelishiga, intuitsiyaga umid qila olmaymiz. Bizga jalb qiluvchi energiyaning hisob-kitobi va tizilmasi zarur.

      Yaxshi hikoya qilingan film – eng avvalo, energiya, millionlarni hayajonlanishga, yig‘lashga va kulishga majbur qila oladigan quloq eshitmagan darajadagi energiya ishlab chiqaruvchi va uni zalga nurlantiruvchi mashina hamdir. Professional hikoya qilish tizilmasining anchagina darajasi – u bо‘yicha energiya о‘sib boradigan rejadir. Siz bu bilimlardan har qanday erkinlik darajasida foydalanishingiz mumkin. Ammo savodsiz bо‘lsangiz, kо‘ngilxushliklar industriyasi, xuddi hozir jahon prokatida Rossiya filmlari bilan bо‘layotgani singari (keng jahon ekranlarida filmlarimiz amalda mavjud emas), omad sizdan xayrixoh nafrat bilan yuz о‘giradi.

      Aytish joizki, bunday savodxonlik Rossiya san’atiga, ommaviy san’atiga emas, balki eng sara elitar san’atiga xos edi. Tolstoy va Dostoyevskiy romanlari vositasida butun olam kitob о‘qishni о‘rgandi. Chexovning Stanislavskiy tomonidan qо‘yilgan dastlabki spektakllariga moskvalik yoshlar ming kishilik navbatlarda haftalab turganlar. MXATning Amerikaga borishi nafaqat tomoshabinlar va professionallarni hayratga soldi, ayni shu paytda Amerika shou biznesining bugungi kunda dunyodagi hukmronligini ta’minlovchi narsaga ham asos soldi. Amerikaliklar buni yashirmaydilar. Hammaga ma’lum bо‘lgan bu omillarni, nima uchundir, yuksak san’at sehri sifatida talqin qilish qabul qilingan. Ammo bunday emasku! Tolstoy, Chexov va Stanislavskiylar bozordagi san’atkorlar edilar. Auditoriya bilan bog‘lanish g‘oyasi ular ijodiy hayotlarining bir qismi edi. Ular о‘z ijodini auditoriya ustidan hukmronliksiz tasavvur eta olmasdilar. Bu jahon madaniyati an’anasidir.

      «Gamlet», borliqning mohiyati haqidagi barcha teranliklardan tashqari, yana qotilliklar, zaharlashlar va yakunida bir tо‘da murdalar bilan birga oldi-qochdi ishqiy sarguzashtlari bо‘lgan jangarilikdir. «Makbet» – nafaqat fojeaviy epos, balki arvohlar, alvastilar, ruhlar va tirilgan kesik boshlari bilan birga mistik trillir hamdir. Lev Tolstoyning «Tug‘ilish»i – nafaqat jamiyatning ochiqdan ochiq ijtimoiy tanqidi, ayni shu paytda aybsiz qizaloqni о‘ziga ilintirgan graf haqidagi melodrama hamdir. Chunki, Bernard Shou aytganidek, «biz о‘zimizga eng kam qarshilik kо‘rsatishni taklif qiladigan yо‘lni emas, balki eng kо‘p afzallik keltiradigan yо‘lni tanlaymiz».

      Drama tomoshabinda hissiyotlar uyg‘otish imkoniyatidan tо‘liq foydalanganidagina СКАЧАТЬ