Название: Кинода режиссура ва драматургия
Автор: А. Митта
Издательство: Kitobxon
isbn: 978–9943–4497‒2‒5
isbn:
Dramada kо‘p joyni ijodiy intuitsiya egallaydi. Ammo ta’kidlaymiz, hammasini emas, kо‘p joyni. Shunday qoidalar borki, ular tasavvurni siqib qо‘ymaydi, balki uni ozod qiladi. Drama qoidalari sizning intuitsiyangizni ijod osmonlariga kо‘taradi, sizga qanot beradi va maqsad sari yо‘l kо‘rsatadi.
JAMOAVIY LEV TOLSTOY
Har qanday ijod – san’atkorning olam bilan qiladigan muloqotidir. Bir tomonda u bо‘lsa, ikkinchi tomonda boshqalar. Xolst oldida rassom, royal qarshisida kompozitor, yozuvchi bо‘lsa yozuv qog‘ozi yoki kompyuter rо‘parasida yolg‘izdir.
Dramada esa biz kо‘pchilikmiz. Teatrda, balki uncha kо‘p emasdir, о‘n-yigirma kishi. Kinodachi? Bu Vavilonning о‘zginasi! Har bir film oxiridagi titrlarning uzundan-uzoq rо‘yxatiga qarang – bularning hammasi bitta jamoa. Siz ularsiz bir qadam ham qо‘ya olmaysiz.
Kinodagi eng universal daho – Chaplin, u prodyusser, rejissor, yulduz-aktyor, bastakor, montajchi, balkim yana kimdir bо‘lgan. Hech bо‘lmaganda uning oqshomlari yoshgina aktrisalarni о‘qitishni yaxshi kо‘rgani ma’lum, ya’ni katta murabbiy bо‘lgan. Ammo u bilan tasvirga olish paytida katta guruh – operator, assistentlar, ovoz operatorlari va kо‘pgina boshqalar ishlagan.
Orson Uells – boshqa bir universal. Uning kino qilish uchun puli bо‘lmagan, u butun umr pul axtargan. Bir kuni pul topish maqsadida chekkadagi bir universitetga kelib, ma’ruzalar о‘qish bahonasida yarmi bо‘sh zalga qarata: «Xonimlar va janoblar! Men mashhur kinorejissor, teatr rejissori va radiorejissorman, yozuvchiman: ssenariylar va pyesalar yozaman; men aktyorman – kinoda va teatrda bosh rollarni о‘ynayman. Men tushunmayapman, nega bu yerda men bunchalik kо‘pmanu, sizlar bunchalar kamchiliksiz?» – debdi.
Filmga tomoshabinlarni tо‘plash uchun agentlar va prokatchilar, kinoteatr direktorlari, televideniye rahbarlari, advokatlar… kerak. Agar ularni ham titrlarda eslash kerak bо‘ladigan bо‘lsa ismlar rо‘yxati kо‘rsatilayotganda qо‘shimcha yana uch kupletli ashula kerak bо‘lardi.
Rejissorga uning komandasi yetarli bо‘ladi. Uni qanday qilib ruhlantirish kerak?
Men dо‘stlikning ijobiy tajribasiga ishonaman. Ammo kinoda, afsuski, u me’yor darajasiga kо‘tarilmagan. О‘ta yorqin shaxslar umumiy ish bilan bir-birlariga bog‘langanlar va ular juda xilma-xil kishilardirlar.
Bir premyerada men, aslini olganda umumiy bо‘lgan, bir manzarani kо‘rdim: rejissor va ssenariy muallifi bir-birlarining qо‘llaridan ushladilar, uni baland kо‘tardilar va tabassum qilgan holda ularga chapak chalayotgan tomoshabinlarga ta’zim bajo keltirdilar.
– Qanchalar baxtiyorlar, – dedim yonimdagi kishiga, – Ularda hamma narsa: talant, muvaffaqiyat va dо‘stlik mavjud.
– Shundaymikan? Hozir banketga boramiz, qarachi, ular necha marta bir-birlarining yoniga kelar ekanlar. Men necha marta kelishlarini bilaman. Garov о‘ynashim mumkin.
– Necha marta? – sо‘radim men.
– Bir martayam kelishmaydi…
– Hazillashayapsan…
– Ha. Ulardan biri ikkinchisi haqida menga shunday degan: «Aytishlaricha men uni juda yomon kо‘rar emishman. Qanchalik bema’nilik! Qanday qilib faqat bir narsaga – nafratgagina loyiq bо‘lgan kishini yomon kо‘rib bо‘ladi? Men unga musht tushirish xohishi bilan kurashmayapman. Yо‘q! Yо‘q! Men faqat kо‘ngil aynishi bilangina kurashayapman. Meni tinchlantiradigan yagona narsa, mening faqat unga qarab qayd qilgim kelishligidir. Ammo u bu narsalarni hatto sezmaydi ham. Chunki uning о‘zi qusuqdan iboratdir… Uning barcha g‘oyalari qachonlardir kimdir tomonidan yeyilgan va hazm qilingandir». Va shunga о‘xshash gaplar. Endi ularning yana tabassumlariga qaragin.
Qayg‘uli manzarami? Albatta. Ba’zi narsalarni men bо‘rttirib yubordim, buni tan olaman. Ammo judayam kо‘p narsalarni emas.
Qachonlardir men VGIKning talabasi bо‘lganman. Taniqli ssenariychi Andre Spaak bizga mehmonga kelgandi. Mashhur rejissorlar u bilan ishlagan, uning muvaffaqiyatli filmlari ham bо‘lgan.
U bizga qandaydir bulutlar ortidagi yulduzlar chaqnaydigan va odamlar muvaffaqiyat hovuzida chо‘miladigan olamdan kelgan kelgindiga о‘xshab kо‘rindi. Ammo ssenariychi ma’yus edi, biz bilan muvaffaqiyatsizlik tajribalarini baham kо‘rdi va, nihoyat, qо‘lini siltab: «Eh, umuman olganda, kino hamkorlikning shunday turiki, unda har bir keyingi kishi о‘zidan avvalgi kishi ishlarining izlarini о‘chiradi», – dedi. Balki xotiram menga pand berar, ammo menimcha u о‘z dо‘sti Chezare Dzavattinidan iqtibos keltirdi. Agar neorealizmning asoschisi, italiya kinosining muqaddas sigiri bо‘lmish Chezare Dzavattini va Yevropada muvaffaqiyat qozongan ssenariychi bir narsa haqida о‘ylashar ekan, demak, bu uchun asoslar kam emas ekan.
Filmga uning barcha qatnashchilari о‘z shaxsiy hayotlarining bir qismi, о‘z fikrining ifodasi sifatida munosabatda bо‘lsa, bu bosib о‘tilgan yо‘lning salbiy ifodasi bо‘lardi. «Sen nega mening farzandimni dabdalasini chiqarding!» – deydi biri ikkinchisiga. Har biri farzand uniki ekanligiga ishonadi. Yangi boshlayotganlarning orasida tez-tez о‘z sо‘zini о‘tkaza oladigan, oxirgi mayda-chuydalargacha nazorat qilib turishni istovchi ijodkor – «daho» nusxalar paydo bо‘lib turadi. U gapga tushunmaydigan xodimlarni la’natlaydi, uning orqasidan о‘qrayib qarashadi, eng achinarlisi, u infarkt va asablarining ishdan chiqishiga erishadi. Ba’zan ular yaxshi kino ham olishadi.
Ammo premyerada kо‘plab baxtiyor kishilar bir-birlarini chinakamiga samimiy tabriklaganlarida, har bir kishi, hech bо‘lmaganda, xotini yoki dо‘stiga: «Bu mening filmim» deb ayta olganida, tez-tez, juda kо‘p hollarda buyuk natija paydo bо‘lardi. Ha, rejissor, albatta, bu uning filmi ekanligini biladi.
Bu albatta professional natijaga tegishli gap. Boshqachasi ham bо‘ladi. Bir safar men Afrikada, Ugandada film oldim va shunday manzarani kо‘rdim: maymunlar podasi mandarin daraxtiga yopirilib keldilar. Maymunchalar mandarinlarni olishar, tishlab kо‘rishar va otib yuborishardi, yangilarini olishardi, tishlab kо‘rishardi va yana otib yuborishardi. Ularga keyingisi shirinroq tuyulardi shekilli. Ikki daqiqadan sо‘ng poda gurr etib kо‘tarildi va qochib ketdi. Bо‘shab qolgan daraxt ostida bir uyum tishlab tashlangan mandarinlar yotardi. Ushbu poda menga savodsiz «daho»ning harakatlarini esga soladi – uning harakatlari ham xuddi shunday palapartish bо‘ladi.
Diletant hamma narsaga qо‘l uraveradi, ammo hech narsani oxirigacha yetkazmaydi.
Ammo san’atda savodlilikdan tashqari nimadir bor bо‘ladi. «Toza qon», yangi avlodning intuitsiyasi, yangi gap ayta olishingga ishonch. Bularni film yaratishda professional nazoratsiz amalga oshirib bо‘lmaydi.
Fellini rejissorlarning barcha avlodlari oldida turadigan muammoni shunday ta’riflaydi:
«Rejissor – kemadagi Kolumbdir. U Amerikani kashf qilishni istaydi, komanda esa uyga qaytishni xohlaydi». Matroslarni qanday qilib qiziqtirish mumkin? Bu katta mehnat.
Hech bо‘lmaganda faqat о‘zingizgina nazorat qilayotganligingizni bilishingiz kerak. Ixtisoslik kasbi – bu nimanidir nazorating ostida tutib turishdir. Hamma narsani emas, asosiylarini. Bu haqida uning aqlidrokiga men tan beradigan rejissor va yozuvchi Devid Mammet talabalarga birinchi ma’ruzasida shunday degan:
– Rejissor СКАЧАТЬ