Название: Кинода режиссура ва драматургия
Автор: А. Митта
Издательство: Kitobxon
isbn: 978–9943–4497‒2‒5
isbn: 0
"Aleksandr Mitta taniqli kinorejissorlardan biri, «Eshikni oching, qo'ng'iroq chalishyapti» (1966), «Porla, porla mening yulduzim» (1970), «Shoh Pyotr habashni qanday uylantirgani haqida ertak» (1976), «Ekipaj» (1980), «Sarguzashtlar ertagi» (1983), «Sibirda yo'qolgan» (1991) va boshqa qator mashhur filmlar ijodkori, Vinetsiya festivali mukofotining sovrindori. Kinodagi ko'p yillik samarali amaliy faoliyati bilan bir qatorda u uzoq muddat pedagogik faoliyat ham olib borgan – Gamburg universiteti professori lavozimida ishlagan. Ushbu o'quv qollanmasi uning ko'p yillik amaliy faoliyati va pedagogik tajribasini umumlashtirish natijasida yozilgan «Jannat va jahannam orasidagi kino» kitobining tarjimasidir. Unda izchil va qiziqarli tarzda kinorejissura o'quv kursi bayon qilinadi. Qo'llanma rejissura yo'nalishidagi talabalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan, ammo u ssenariy yozishni, kino olishni va unda rollar ijro etishni istagan barcha kishilarga naf keltirishi mumkin."