Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 7

Название: Кинода режиссура ва драматургия

Автор: А. Митта

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978–9943–4497‒2‒5

isbn:

СКАЧАТЬ style="font-size:15px;">      4. Hech narsani shundaygina berib qо‘ymang, personajlarni har bir tomchi axborot uchun kurashishga majbur qiling. Axborotni topish uchun qancha kо‘p mehnat sarf qilinsa, u auditoriya uchun shunchalik qadrli bо‘ladi.

      «Epidemiya» filmida yuqumli kasallik girdobida qolgan shaharning butunlay yо‘q bо‘lib ketish xavfi bо‘ladi. AQSH prezidentining о‘zi butun mamlakatga epidemiya tarqalib ketmasligi uchun shaharga atom bombasi tashlash haqida farmon beradi. Shu payt olimlar uncha uzoq bо‘lmagan joyda qandaydir bir hayvon borligi va uning qoni kasallika qarshi darmon (vaksina) ekanligini fahmlab qolishadi. Olimlar qutqarish yо‘lini axtaradilar.

      Birinchi qadam. Polkovnik Daniels (uni Dastin Xoffman о‘ynagan) aldov yо‘li bilan vertolyotga ega bо‘ladi. О‘lim xavfi ostida u San-Fransiskoga uchadi.

      U yerda, xuddi shunday qiyinchilik evaziga, portda yuk tushirgan kemalar rо‘yxatidan yetarlicha nazoratdan о‘tmagan bittasini aniqlaydi. Kema allaqachon yana dengizga chiqqan.

      Daniels uning qayerda ekanligini bilib oladi va kema tomon uchadi. Dengizda tuman. Kemani topish qiyin. Ammo Daniels kemani topadi va hayotini xavf ostiga qо‘yib, vertolyotdan kema palubasiga sakraydi.

      Kemada u qiyinchiliklarni yenga borib, Amerikaga karantin nazoratisiz kirib borgan maymunning fototasvirini topadi.

      Diqqat qiling – axborot olishning butun jarayoni mayda bо‘lakchalarga – bitlarga bо‘lingan. Ularning har bir bо‘lagiga qahramon katta qiyinchiliklar evaziga erishadi. Bu bilan mualliflar nimaga erishadi? Shunga erishadilarki, tomoshabinlar voqelikka kirishib ketadilar, ular bularning hammasi qanday davom etishini bilishni istashadi. Bu jarayon oshib boruvchi dinamizm bilan amalga oshadi.

      Daniels qо‘lida qurol bilan televideniyega bostirib kiradi va unga darhol efir berishlarini talab qiladi. U ekranda maymunning tasvirini kо‘rsatadi. Bu hayvonni kо‘rgan kishilar maymunni taniydilar.

      Endi maymunni о‘rmondan olib chiqish kerak. Bu esa bizga yangi qiyinchiliklar taklif etadi. Bu paytda esa dushmanlari Danielsni yо‘q qilmoqchi bо‘ladilar.

      Oxir-oqibat u maymunni topib, uni kichkina vertolyotda laboratoriyaga olib ketayotganida, uning orqasidan ikkita ulkan harbiy vertolyot quvlay boshlaydi.

      Qarang:

      – laboratoriyadagi, – harbiy bazadagi, – vertolyotdagi, – dengiz boshqarmasi idorasidagi, – dengiz ustida, tumandagi, – kemadagi, – televideniyedagi, – о‘rmondagi, – tog‘dagi epizodlarda Danielsning vertolyotini tutish uchun harakatlar bо‘ladi. Bularning barchasi maymunni topish va laboratoriyaga olib kelish uchungina sodir bо‘ladi.

      Har bir epizoddagi axborot lо‘nda, kо‘zga kо‘rinib turadi, qiyinchiliklar, mojarolar va xavf-xatar evaziga olinadi. Bularning barchasi qiziqishimizni oxirgi nuqtasigacha yetkazadi.

      Axborotlarni berishda eng muhim momentlar burilish nuqtalari bо‘lib, unda har bir yangi xabar butun voqealar rivojini kutilmagan tomonga burib yuboradi. Bunday burilish nuqtalari hikoyaning darajasini aniqlaydi. Burilish nuqtalari qanchalik g‘ayriodatiy bо‘lsa, hikoya shuncha qiziqarli bо‘ladi.

      Sarguzasht kinolar sirli axborotlar bilan о‘yin kо‘rsatishi ajablanarli emas. Ammo jiddiy filmlar kichik sir-sinoatlar va oldiqochdilarga tо‘xtalib, о‘zini pastga urmaydi-da, deyishingiz mumkin. Shundaymikan?

      Jek Nikolsonning «Kakku»dagi qahramoni – Mak Merfi psixiatrik qamoq kasalxonasiga tushadi. Yarim soat ichida filmda bir oylik real vaqt о‘tadi. Mak Merfi kasalxona haqida bizdan kо‘ra ancha kо‘p narsalarni bilishi kerakka о‘xshaydi. Ammo bunday emas. Nega? Chunki rejissor tomoshabinlar yangi narsani tomchima-tomchi bilib olar ekan, о‘z diqqatlarini bir joyga jamlashlarini istaydi. Kutilmaganda Mak Merfi о‘zining kasalxonaning abadiy tutqini ekanligini: bu yerda majburiy davolanish muddati chegaralanmaganligini bilib qoladi. Demak, alvido erkinlik ekanda? Bu esankiratuvchi xabarni u turmada о‘tirish muddati tugashiga bir hafta qolganida oladi. Rejissor xabardan maksimal darajadagi hissiyotlarni siqib oladi. Yomon hikoyada mualliflar bu muhim ma’lumotni berishga shoshilishlari mumkin edi. Ammo uddaburon hikoyachi eng mazali bо‘lakni uning vositasida voqea rivojini keskin burib yuborish uchun saqlab qо‘yadi.

      IKKINCHI QADAM – HAMDARD BО‘LISH

      GAMLET – BU MEN

      Dramatik voqelikdagi emotsional jalb qilishning keyingi, yanada chuqurroq pog‘onasi – hamdardlikdir. U sinchikovlikdan kelib chiqadi.

      Personaj auditoriyaga yaqin va tushunarli bо‘lganida, tomoshabin personaj bilan umumiy axloqiy qadriyatlarga ega bо‘lganida hamdardlik vujudga keladi. Hamdardlik idintifikatsiyani – tenglashtirishni keltirib chiqaradi. Biz gо‘yoki qahramon bilan birga yashaymiz va harakat qilamiz, hissiyotlarini u bilan baham kо‘ramiz, muammolari bizga yaqin va tushunarli bо‘ladi, biz uning raqiblari ustidan g‘alaba qilishini istaymiz.

      Bu bosqich oyday oydin narsaga о‘xshaydi. Ammo tenglashtirish asosan beixtiyor holda (idrok darajasida) kechishini aytib о‘tish ortiqchalik qilmaydi. Bizning anglanmagan jamoaviy «men»imiz hammamizga tushunarli va yaqin, biz bilan umumiy axloqiy qadriyatlariga ega bо‘lgan personajlarga hamdardlik tuyg‘usini va unga g‘amxо‘rlik qilish hissini uyg‘onishiga olib keladi.

      Bu mavzuga doir ajoyib psixologik asarlar yozilgan, masalan, nemis olimi Karl Yung tomonidan. Ammo falsafasiz ham tushunarli: personaj qanchalik tushunarli bо‘lsa, uning tashvishlari va muammolari ham shunchalik tushunarli bо‘ladi. «Yaxshi bayon qilingan voqelik»da: avval qahramonning kishini о‘ziga tortadigan jihatlarini kо‘rsat, tomoshabinga uni sevishi yoki unga hamdardlik bildirishi uchun yordamlash, undan keyingina tomoshabinning diqqatini uning kamchililiklariga qarat, degan qat’iy qoidalar ham mavjud.

      Siz muharrirga ssenariyni kо‘rsatdingiz. U buni maqtadi, oxirida esa: «Ammo men о‘zimni qahramon qiz bilan tenglashtirish imkoniyatini sezmayapman…», – dedi. Maqtovlarni esdan chiqaring – agar mabodo zaxirangizda boshqa qahramon qizingiz bо‘lmasa, ssenariyingizning ildiziga bolta urildi. Muharrir voqelikdagi asosiy narsa – tenglashtirish ekanligini, chunki u tomoshabinning hissiyotlari rivojlanish imkoniyatiga ega bо‘ladimi yoki u oddiy qiziqish nuqtasida qotib qoladimi, degan savolga javob bо‘lishini yaxshi biladi.

      О‘rta asrdagi yigitchaning, boz ustiga – Shahzodaning muammolaridan kо‘ra biz uchun olis bо‘lgan yana qanday muammo bо‘lishi mumkin? Xorijdan qaytib keldi, о‘qishini tо‘xtatdi, chunki uning otasi vafot qilgan. Shu ham muammo bо‘ldi-yu… Daf’atan ma’lum bо‘ladiki, uning otasi vafot qilmagan, balki о‘ldirilgan ekan. Yana kim tomonidan deng, amakisi tomonidan. Onasi bо‘lsa qotil bilan bir tо‘shakda yotadi. Dо‘stlari uni sotib ketishadi, qaylig‘i Shahzodani sevish yoki unga sotqinlik qilish kerakmi ekanligini hal eta olmay aqldan ozadi…, otasining arvohi «men uchun qasos ol», – deydi. Shahzoda bо‘lsa muammoni yangicha – daliliy ashyolar tо‘plab, aybdorlarni aniqlash yо‘li bilan hal etmoqchi bо‘ladi. Oh, u qо‘liga о‘ch qilichini olmaslikni qanchalar istardi! Ammo olam sotqinliklar va jaholat botqog‘iga botgan. Kimdir yorug‘lik va yaxshilikning yonini olishi kerak-ku!

      – Agar men bо‘lmasam, kim? – deymiz Gamlet bilan birga. Bu yigit nima qiladi? Bizni qiziqtirgan narsani qiladi, qiziqish bilan tо‘xtab qolmaydi. Biz u tomonda bо‘lamiz. Bizning atrofimizda ham shunga о‘xshash muammolar bor. Yuz yillar о‘tdi, ammo havoda hali-hamon yolg‘on, sotqinlik, qon hidi. Biz Gamletga СКАЧАТЬ