Геология ва геоморфология. Ю. Иргашев
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Геология ва геоморфология - Ю. Иргашев страница 6

Название: Геология ва геоморфология

Автор: Ю. Иргашев

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978–9943–10–968–1

isbn:

СКАЧАТЬ rel="nofollow" href="#b00000285.jpg"/>

      2.2-rasm. Intruziv magmatik tog‘ jinslarining yotish shakllari: 1- lakkolit; 2- lopolit; 3- shtok; 4- batolit; 5-dayka; 6-tomir.

      Effuziv jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqib qotishidan hosil bo‘ladi. Bu holda magmaning bosimi tez pasayadi va temperaturasi tez soviydi, tarkibidagi uchuvchan komponentlar tez yo‘qoladi, natijada jinslar to‘la kristallanishga ulgurmaydi. Shuning uchun effuziv jinslarning ba’zi turlari kristalli va massivli (diabaz, bazalt va hokazo), ba’zilari esa shishasimon, g‘ovakli (pemza, obsidian, tuf, pemza va hokazo) bo‘ladi. Diabaz, bazaltlar mustahkam, nurashga chidamli bo‘lsa, pemza va tuflar mustahkamligi past va tez nuraydigan jinslardir. Effuziv jinslar tabiatda asosan gumbaz, qoplama va oqim shakllarida yotadi (2.3-rasm).

      Magmatik jinslar asosan tog‘li hududlarda tarqalgan har xil tipdagi va shakldagi relyef turlarini hosil qiladi.

      2.3-rasm. Effuziv magmatik tog‘ jinslarining yotish shakllari sxemasi: 1- qoplama; 2 – oqim; 3- gumbaz.

      Erigan-qizigan magma vulqon krateri (kanali) va yoriqlari orqali yer yuzasiga otilib chiqib qotganda effuziv jinslar hosil bo‘ladi. Otilib chiqqan magma ma’lum sharoitda tarkibidagi gaz, suv bug‘lari va kislotalarni tez yo‘qotadi. Bunda u lava deb ataladi. Кo‘pincha ular oqim sifatida chiqib, yer relyefining shakliga qarab yoyiladi. Bazalt tarkibli lavaning juda ko‘p miqdorda otilib chiqib, keng maydonga tarqalishidan gumbazsimon hosilalar, granit tarkibli (yopishqoq) magmaning otilib chiqib qotishidan esa qoplamalar hosil bo‘ladi.

      Effuziv tog‘ jinslari (diabaz, bazalt, va h.k.) tarqalgan hududlarda asosan baland, musbat shaklli relyeflar hosil bo‘lsa, g‘ovakli bo‘sh jinslar tarqalgan hududlarda past, manfiy relyeflar hosil bo‘ladi, ular denudatsion jarayonlar ta’sirida o‘ta murakkablashgan relyef shakllarini hosil qiladi.

      Magmatik tog‘ jinslari tarqalgan hududlarda tektonik, strukturali va strukturaviy-denudatsion tipdagi relyeflar hosil bo‘lib, asosan musbat shaklli relyeflardan iborat bo‘ladi.

      2.4. Cho‘kindi tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi, turlari va relyef hosil bo‘lishdagi o‘rni

      Magmatik, metomorfik va qadimgi davrlarda hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar vaqt o‘tishi bilan asta-sekin yemiriladi va nuraydi. Bu jarayon atmosfera, gidrosfera va iqlim ta’sirida sodir bo‘ladi. Jinslar yemirilishi natijasida mayda zarrachalar va bo‘laklar yoki mineral moddalar hosil bo‘ladi. Zarracha va bo‘lakchalar, erigan mineral moddalar, hayvonot va o‘simliklar qoldiqlari quruqlikda, suv havzalarining tubida yig‘ilib, cho‘kindi hosil qiladi va vaqt o‘tishi bilan bu cho‘kindilar tog‘ jinslariga aylanadi va ular umumiy nom bilan cho‘kindi tog‘ jinslari deb ataladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari M.S. Shevsov tomonidan quyidagicha bo‘lingan: chaqiq yoki klastik jinslar; gil jinslar; kimyoviy va biokimyoviy jinslar.

      Cho‘kindi jinslar katta bir guruh bo‘lib, litosferaning 5% ni tashkil qiladi, shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini qoplab yotadi. Cho‘kindi jinslar boshqa jinslardan quyidagi asosiy belgilari bilan keskin farq qiladi: ularning qalinligi bir necha santimetrdan bir necha yuz metr, ba’zan bir necha kilometrgacha yetadi. Ular turli sharoitlarda har xil omillar ta’sirida hosil bo‘lganligi uchun tarkibi va fizik-mexanik xossalari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Cho‘kindi jinslar qatlam-qatlam bo‘lib, asosan gorizontal holatda yotadi. Ularning tarkibida o‘simlik va hayvonlarning toshqotgan qoldiqlarini uchratish mumkin.

      Cho‘kindi tog‘ jinslari hosil bo‘lishiga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi: mexanik yo‘l bilan hosil bo‘lgan jinslar; kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan jinslar; organik yo‘l bilan hosil bo‘lgan jinslar.

      1. Mexanik cho‘kindi tog‘ jinslari. Bu jinslar metamorfik, magmatik va cho‘kindi jinslarning fizik (mexanik) nurashi natijasida hosil bo‘ladi. Nuragan jinslarning o‘z joyida to‘planishi yoki suv, muzlik, shamol va boshqa omillar ta’sirida joydan-joylarga olib borib yotqizilishidan paydo bo‘ladi. Mexanik cho‘kindi jinslar tarkibidagi zarrachalarning o‘lchami va bu ularning tabiiy sementlanganligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: a) dag‘al zarrali (shag‘al, sheben, dresva, shuningdek, konglomerat, brekchiya) yoki psefit jinslar; b) psammit (qum va qumtoshlardan tuzilgan) jinslar; d) argillit va alevrolit jinslar; e) pelit (changsimon va gilli) jinslar.

      Chaqiq jinslar asosan yirik (dag‘al) donali va mayda donali jinslarga bo‘linadi. Yirik donali jinslarga: xarsangtosh (o‘lchami > 200mm), shag‘al (silliqlangan), sheben (qirrali) 200- 20 mm, graviy (silliqlangan), dresva (qirrali) 20 – 2 mm, mayda donaligiga qum kiradi 2-0,05 mm.

      Changli va gilli jinslar. Bu jinslar asosan chang (0,05-0,002 mm) va gil (<0,002 mm) zarrachalaridan iborat bo‘ladi. Bunday jinslarga supes, suglinok, lyoss va glinalar kiradi.

      Chaqiq va gilli tog‘ jinslari tarqalgan hududlarda erozion – denudatsion, erozion, erozion-akkumulyativ va akkumulyativ tipdagi relyeflar paydo bo‘lib, ular asosan past shaklli relyef turlarini, adirlar, baland-past va yassi tekisliklar, daryo vodiylari va boshqalarni hosil qiladi.

      Sementlangan cho‘kindi jinslar. Tabiatda chaqiq va yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki tabiiy sementlar (ohak, magniy, kremniy va gil) ta’sirida sementlanib, jinslar hosil qiladi. Masalan, konglomerat – (shag‘altosh) silliqlangan shag‘alning, brekchiya – (qirrali sheben), gravelit – (silliqlangan) graviyning, qumtoshlar – qumlarning, alevrolitlar – supesning, argillitlar – suglinokning sementlanishidan paydo bo‘ladi.

      Sementlangan cho‘kindi jinslar tez nuraydi, chunki ularning mustahkamligi sementlanish darajasiga, tabiiy sement turiga bog‘liq. Bunday tog‘ jinsi relyeflari – past tog‘larni, tepaliklarni va tog‘oldi hududlarni egallaydi.

      Кimyoviy cho‘kindi jinslar. Bunday tog‘ jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho‘kishidan hosil bo‘lib, dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv havzalarida, sho‘r suvli buloqlarda uchraydi. Кimyoviy tog‘ jinslariga toshtuz, gips, angidrid, ohaktosh va boshqalar kiradi. Bular suvda tez eriydi, nurashga chidamsiz bo‘lib, mustahkamligi pastdir.

      Organik tog‘ jinslari. Dengiz, okean va ko‘llar tubida hayvon, o‘simlik hamda halok bo‘lgan organizmlar qoldiqlarining to‘planishidan organogen jinslar hosil bo‘ladi. Organogen jinslar serg‘ovak bo‘lib, suvda eriydi, tashqi kuch ta’sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga karbonatli jinslardan – ohaktosh, dolomit; kremniyli – diotomit, trepel, opoka va kaustobiolitlar – toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, antrosit, yonuvchi slaneslar, torf, neft, asfalt va boshqalar kiradi.

      Sementlangan mexanik, kimyoviy va organik cho‘kindi jinslar tarqalgan hududlarda tektonik-strukturali, strukturaviy-denudatsion tipdagi relyeflar rivojlanib, tog‘oldi adirlarni, pasttekisliklarni, o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning xilma-xil shakl va elementlarini hosil qiladi.

      2.5. Metamorfik tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi, turlari va relyef hosil bo‘lishdagi o‘rni

      Metamorfik tog‘ jinslari birlamchi cho‘kindi va magmatik jinslarning yuqori temperatura, katta bosim hamda magmaning jinslarga ta’siri natijasida qayta kristallanishidan paydo bo‘ladi. Metamorfik tog‘ jinslari ikkilamchi bo‘lib, birlamchi jinslarning metamorfizm natijasida mineralogik va kimyoviy tarkibi, tuzilishi o‘zgarib, butunlay boshqa jinsga aylanishi va zichligi oshishi bilan ifodalanadi.

      Yer СКАЧАТЬ