Название: Қутлуғ қон
Автор: Ойбек Мусо Тошмуҳаммад ўғли
Издательство: Asaxiy books
isbn: 978-9943-6313-5-9
isbn:
G‘azabdai Mirzakarimboyniig ko‘zlari pir-pir uchdi, rangi oqardi, Yormat tom tomonga ko‘zlarini olaytirib, qochgan bolalarning orqasidan boplab so‘kishni mo‘ljalladi-yu, lekin qayerda, kimlar o‘rtasida turganini darhol esiga olib, tovushini halqumda bo‘g‘di, lablari mudhish qiyshayib, qimirladi, barmoqlari bilan tomga do‘q qildi.
Yo‘lchi kulgidan o‘zini tuta olmay, bir chetga burildi: «Rosa tomosha bo‘ldi, bolalar o‘chlarini oldi!» dedi ichida.
Hassakashlar qatorida, skameykada yonma-yon o‘tirib, xushxo‘r, xushta’m qiyomdan va nisholdadan boshlarini ko‘tarmay, soqol-mo‘ylovlariga oqizib-tomizib, kavshayotgan imom – maktab domlasi va bir mudarris ham, bu munosabat bilan bolalarga husni axloqi ta’lim xususida bir oz dahanaki jang qilishdi.
III
Vaqt shom bilan xufton orasi edi. To‘yning yumushlaridan endigina qutulgan Yo‘lchi to‘qqiz yog‘ochli, pastgina, kun tushmas, zax uyda, shishasi yarmidan uchgan kichkina lampani tutatib, yolgaz o‘tirar edi. Bu uy —«xizmat-korxona», boyning tashchqari hovlisining quyi tomonida, baland, ko‘rkam uylaridan chetda, bir burchakka tiqilgan, shuning uchun ko‘zga chalinmas edi. Uyning to‘riga churuk qora namat tashlangan. Quyi tomoni yalang‘och yer, taxmonda bir eski yashik. Uning ustida ikkita uvada ko‘rpa, toshday qattiq, kir, «shalvrak» yostiq. Daladan biron yumush bilan qaytgan xizmatkorlar bunda qo‘nar edi. Bu kun Yo‘lchi bu uyga birinchi daf’a kirgan edi. U «mo‘l-ko‘l» to‘yda yumush bilan ovora bo‘lgani va o‘zining tortinchoqligi orqasida, qornini unchalik to‘yg‘iza olmagan. Sovuq devorga orqasini suyab o‘ylar edi: «Hamma o‘zini biladi, o‘zim bo‘lay deydi. Qornim to‘qmi-ochmi, qarindosh xo‘jayinlarning parvoyi palagiga ham kelmaydi».
Eshik ochildi, Salimboyvachcha go‘yo bu uyga kirgali hazar qilganday, boshini tiqdi.
– Yo‘lchiboy, shu yerdamisan?
– Assalom, – Yo‘lchi o‘rnidan turdi, – to‘yda ko‘rinmadingiz, Salim aka?
– Do‘konda edim. Yormat yo‘q, sen izvoshni qo‘sh, bir yerga borib kelamiz.
– Izvosh? – hayronlik bilan ko‘zini katta ochdi Yo‘lchi.
– Ko‘rmagansan-a… Bir oydan beri minamiz-ku, yangi ot, yangi faytun. Katta maydondagi saroyda. Ha, qo‘shishni, haydashni bilasanmi?
– Urinib ko‘ramiz.
– Tez bo‘l!
Izvosh yangi shahar ko‘chalaridan birida, derazalaridan elektr yorug‘i ko‘ringan bir qavatli, yangi bino qarshisida, bir necha izvoshlar qatoriga taqalib to‘xtadi. Salimboyvachcha aravadan tushib: «Meni shu yerda kutasan», dedi-da, zinadan tez-tez hatlab, binoning ichiga kirib yo‘qoldi.
Kecha juda qorong‘i va tumanli edi. Keng, tekis ko‘chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira sovuq nur sepadi.
– Qalaysan, uka! – birov kelib turtdi. Yo‘lchini. Yo‘lchi bu kishining yuzini ko‘rmasdanoq ovozidan tanidi.
– Ha, salomatmisiz, Jo‘ra aka! – qo‘lini uzatdi unga.
– Qachon olibdi, oti chog‘roq ko‘rinadi, – ko‘zini dam otga, dam aravaga tikib, dedi Jo‘ra.
– Yaqinda olishibdi. Birinchi haydashim, Yormat aka haydab turar ekan shekilli.
– Bu kecha otamlashar ekanmiz. Bu yomon hunar. Izg‘irin urgan bargday sovuqda bujmayasan, zerikasan.
– qayerga keldik? – so‘radi Yo‘lchi.
– Ishing bo‘lmasin. bu yer arshi-a’lo. Uncha-munchaga nasib bo‘lmaydigan joy… Pullarni shu yerda soviradi boylar. Qani, beri kel, xangamalashamiz.
* * *
– Xo‘sh, nima buyuramiz? —so‘radi labini yalab Salimboyvachcha.
– Qattiqrog‘i bo‘lsin, men konyak, – javob berdi paxtachi Jamolboy.
– Qo‘ying, men qizil ichaman, – dedi Salimboyvachcha. Salimboyvachcha katta gavdasi bilan stulni qisirlatib, yo‘g‘on, go‘shtdor qo‘llarini qorday oq surp to‘shalgan stolga qo‘ydi.
– Ta’bi shumo…? Abdishukur, ayting!
– Menmi? – Muallimning to‘satdan bergan savoli qarshisida dovdiragan bola kabi, taraddudlanib, javob berishga urindi Ashdishukur, – menmi? Menga nima rom kelishini o‘zim ham bilmayman. Lekin, doktorlar konyak buyuradilar, mayli, konyak bo‘lsin…
– Siz har vaqt Jamolboy akam bilan cho‘qishtirasiz, bizga jo‘r bo‘ling, qizil iching! – Salim hazillashdi Abdishukurga.
– Bu kishi mening valine’matim, pirim bo‘ladi, – jiddiy javob berdi Abdishukur.
– Qiziq. Ilmsiz, hatto qo‘l qo‘yishni bilmaydigan odam qanday qilib sizdek ilmli odamga pir bo‘ladi? – ko‘zlarini ayyorcha qisdi Salim.
– Tarixdan ma’lumki, ko‘p avliyolar tamom omi bo‘lganlar. Payg‘ambarimiz ham omi edilar, Salimjon! – javob berdi kulib Abdishukur.
– Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib bo‘lmaydi – dedi Jamolboy pixillab.
Ofitsiant bir shisha konyak, bir shisha qizil vino olib keldi, bir ozdan so‘ng turkistoncha va kavkazcha kaboblar taqdim etdi.
Stakanlar bo‘shalgan sari, yuzlar qizarib, gapning kalavasi chuvala boshladi.
– Iching, Salimjon, iching, Abdishukur! —xitob qildi Jamolboy, – besh kunlik dunyoni kayfchog‘lik bilan shiringina o‘tkazish kerak. Kecha bir oz karta o‘ynab, ketidan toza ichibmiz, Maskovdan kelgan bir favurkonchi o‘risning to‘rt ming so‘mini yutibman. Ichishda ham qochirdim uni, azbaroyi xudo! «Sart» ham shunaqa ichadimi, deb hayron bo‘ladi. Qani, sovib qolmasin, ichinglar!
Yolg‘iz boylarga ham katta amaldorlarga muyassar bo‘luvchi bunday hashamatli restoranda o‘tirgani uchun xursand bo‘lgan, kayfi ko‘tarilgan Abdishukur Umar Xayyomning mana shu ruboiysiii yoddan o‘qib ketdi:
Chandon bixuram sharob, kin bo‘yi sharob,
Oyad zi turob, chun ravam zeri turob,
To bar sari xoki man rasad maxmure
Az bo‘yi turobi man shavad mastu xarob.
So‘ng bundan hech nima tushunmay, ko‘zlarini baqraytirgan do‘stlariga bu ruboiyning ma’nisini tushuntirish uchun shoshildi.
– O‘zi juda lazzatli bayt ekan, – zavqlanib gapirdi Jamolboy, – shuni tojiki qilmasdan, o‘zimizcha to‘qisangiz bo‘lmasmidi?
– Kechirasiz, buni ruboiy deydilar. Shoir Hakim Umar Xayyomniki…– javob berdi Abdishukur.
– Xah, munday deng. Sizga bunaqa baytlarni to‘qish СКАЧАТЬ