Қутлуғ қон. Ойбек Мусо Тошмуҳаммад ўғли
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Қутлуғ қон - Ойбек Мусо Тошмуҳаммад ўғли страница 19

Название: Қутлуғ қон

Автор: Ойбек Мусо Тошмуҳаммад ўғли

Издательство: Asaxiy books

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-6313-5-9

isbn:

СКАЧАТЬ hovlidagi naqshli, qubbali eshiklari keng, yaxlit oynali derazalari, tarnovlarning tepasida gerdaygan tunuka xo‘rozchalari, ganch uymalari, bo‘yoqlari bilan ko‘rkam – haybatli ikki mehmonxonaning birida qat-qat shoxi ko‘rpachalarda, issiq tanchaga suqilib Mirzakarimboy o‘tirar edi. Do‘kondan xoh erta, xoh kech qaytsin, u to‘ppa-to‘g‘ri shu uyga kirar edi. Faqat, ovqatni o‘g‘illari, kelin va nabiralari bilan birlikda yeyishni (mehmonlar bo‘lmaganda) o‘zi uchun shart qilib olgan. Bu kun peshin namozini Eski jo‘vadagi «Xotin machit»da o‘qib, bozordan barvaqt qaytgan edi. U tokchadan cho‘tni olib, miyasini ishg‘ol etgan «hisob-kitob»ni bir-ikki marta cho‘tga ag‘dargandan so‘ng, ko‘zoynak taqib, «Chohor darvesh»ni varaqlab ko‘zdan kechira boshladi. U ba’zi vaqt Xo‘ja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»ini ham o‘qir edi. Hali bir betni o‘qib bitirmasdan, o‘g‘li Hakimboyvachcha kirib keldi. Dadasi bilan ko‘rishib movut chakmonining etagini ehtiyot bilan qayirib, tanchaga o‘tirdi. Farg‘ona safaridan qaytgan o‘g‘li bilan gaplashish uchun, boy kitobni yopdi.

      – Qachon kelding? Muncha tez?

      – Ertalab kelgan edim. Bankada aylanishib qoldim, – dedi-da, so‘zlab ketdi. Birinchi «sort» paxtalarni ikkinchi, balki uchinchi «sort» bahosiga sotib olganini, yana sakkiz ming pud paxta uchun pul tashlab kelganini va hokazoni bildirdi, qo‘qonlik boylarning, «ishbilarman» yor-do‘stlarning salomini topshirdi. Mirzakarimboy paxta savdosining turli tomonlarini sinchiklab bilib olgandan so‘ng, o‘g‘lining «kori»dan xursand bo‘ldi.

      – Buni omad deydilar. Bu to‘g‘rida birovga og‘iz ochma, savdo ishiday nozik ish jahonda yo‘q. Dadam rahmatlik baqqol edi. Bir kunda qancha sabzi-piyoz sotadi, buni hech kimga, uy ichidagilarga ham aytmas edi, he-he-he…– kuldi u o‘g‘liga tikilib.

      – Dada, endi paxta zavod qurmasak bo‘lmaydi. Modomiki, paxtachi bo‘ldim, zavodsiz iloj yo‘q. Garchi siz norozi bo‘lsangiz ham, ishni boshlab yubormoqchiman. Qo‘qonda nomerda bir o‘ris injener bilan tanishdim, bu to‘g‘rida maslahatlashdim. Ammo, siz «xo‘p» desangiz olam guliston.

      Mirzakarimboy «qix-tuf»dan so‘ng:

      – «Bu kor xayr…» Sendan ilgari men o‘zim tarafdorman. Lekin picha sabr qil, – u bir nafas sukunatdai keyin o‘g‘liga iljayib qaradi.– Balki zavod qurish uchun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelmas, biz tayyor zavodni, ishlab turgan zavodni qo‘lga olarmiz ham juda arzonga olarmiz!

      – Eh, qani endi, do‘ndirma ish bo‘lar edi-da! —Hakimboyvachcha labini yalab qo‘ydi.

      – Haligi gapimni sir deb bil! – davom etdi chol.– Paxta bozori misoli qaynab toshgan bir daryo… Birdan o‘zni otish ham yaramaydi. Oldin daryoning chuqur, sayoz joylarini bilish kerak. Ko‘rib turibman, ko‘p odamlar bu daryoning ostida yer tishladi, ko‘plar girdobga yo‘liqib, cho‘p-xasday gir-gir aylanadi, qo‘lini cho‘zib, qutqar, deydi. Qaysi mard ularni qutqarardi! Eh-he… Men bankaning chilani… Hammasining siri manga ravshan, o‘g‘lim.

      – Chakana-chukanalar shunday, dada. Ammo yo‘g‘onlar, beli baquvvatlarning ishi borgan sari avj olmoqda.

      Mirzakarimboy kuldi.

      – Otangiz bor, belingiz baquvvat-da, o‘g‘lim!

      – Siz savdo ishida juda dadil odamsiz, – bir qadar ranjib dedi Hakimboyvachcha, – sizdan dadilrog‘i, xudo biladi, musulmonlar orasida yo‘q, yo juda oz. Hayronman, nimaga zavodga qadamni bunchalik cho‘chib bosasiz.

      – Qiziq gaplarni gapirasan. Axir, soqolim gazlama savdosi bilan oqardi. Men dadil bo‘lmay, kim dadil bo‘lsin yana.

      Bir muddat ikkisi ham jim qolishdi. Chol hali kitob o‘qiganda ilgan oltin bandli ko‘zoynagini olib kursiga qo‘ydi.

      – Man bir vaqt sanga yo‘l chizib bergan edim-ku, shundan chiqma, paxtani birinchi qo‘ldan ol. Dehqonlarga pulni qishda tarqat. Dehqon qip-qizil yalang‘och, ahvoli tang. Unga pul kerak. Pul bilan oyog‘iga kishan ur. Shunday qilsang xohlagan shartingga ko‘naveradi. Kuzda hamma paxta seniki, o‘g‘lim. Hozircha bundan afzal yo‘l yo‘q.

      – Hali ham shu yo‘ldaman-ku.

      – Yana kengaytir!

      Mehmonxona eshigi ochildi. Bo‘ynini qisib, ko‘rishmoq uchun uzoqdan qo‘llarini cho‘zib Abdishukur kirdi.

      – O‘tiraveringlar, ziyoratlariga keldim, – u ota va bolaning qo‘llarini ta’zim bilan juda samimiy siqib o‘tirdi.

      – Baquvvatmisiz, otajon?

      – Alhamdulillo…

      – Shaharda ko‘rinmay qoldingiz, mulla Hakim aka? – boyvachchaga qarab, ko‘zlarini javdiratdi Abdishukur.

      – Qo‘qonda edim.

      – Qalay, xursandmisiz? Juda soz. Do‘stlarning xursandligi – mening xursandligim. Shunday emasmi, ota?

      Abdishukur yana cholga ta’zim qilda.

      Mirzakarimboy indamadi. U o‘g‘li bilan boshlagan jiddiy suhbatni kesgan bu “gazetparast mahmadona”ning kelishini jilla yoqtirmay, boshini egib, xomush o‘tirsa ham, Hakimboyvachcha durust, muomalada bo‘lda. U Abdishukurning xo‘jayini va do‘sti bo‘lgan Jamolboy bilan pul ham savdo muomalalarida buni qurol qilmoqchi edi. Shuning uchun bir qancha zamondan buyon Abdishukur bilan yaxshi aloqada bo‘lishga tirishar zdi.

      Kursi ustiga dasturton yozilib, meva-cheva to‘la patnis qo‘yildi. Samovardan chiqqan bug‘ uyni tutdi. Abdishukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirda. Gap orasida qo‘ltig‘idan sariq qog‘ozli, yupqa bir kitobchani chiqarib, Hakimboyvachchaga uzatdi.

      – Zotan, kelishdan maqsadim shu edi, janobingizni madh etibdilar, sizga ko‘rsatishga oshiqdim.

      – «Oyna»…– o‘qidi kitobchaning nomini, so‘ng varaqlay boshladi Hakimboyvachcha.

      – Bu iima tag‘in? —Abdishukurga shubhali nazar bidan qaradi Mirzakarimboy.

      – Bu, otajon, majmua, joriyda, – dedi Abdishukur, – oyda ikki daf’a Samarqandda bosilib, ahli ilm orasida tarqaladi. Nima keragi bor, deysizmi? – yumshoqqina kulib, davom etdi Abdishukur.– Maqsadi diniy, dunyoviy har nav foydali yozuvlar millat islomiyaning ko‘zini ochish, haqiqat yo‘lni ko‘rsatishdir. Muharriri ilmda kamolotga yetgan nodir iisonlardan…

      – Ajab zamona ekan! —Boshini chayqab gapirdi Mirzakarimboy, – har xil gaplar chiqadi: majmua, joriyda… foydasi bormi?! Mana banka degan so‘z chiqdi. Ko‘rdik, foydasi, manfaati juda zo‘r, veksel degan so‘z chiqdi. Uni ham ko‘rdik, benihoyat zarur narsa, kredit, protsent, zavod, kompaniya, yana birmuncha so‘zlar borki, hammasi nuqul foydali narsalar. Sizlarniki-chi? Joriyda, yana nima, majmua!.. Tavba!

      – Taqsir, – tushuntirish uchun shoshildi Abdishukur— siz sanagan so‘zlarning ildizi mana shu majmuada… Bolalaringiz majmuani mutolaa qilsa, siz foydali hisoblagan nimarsalardan yana yaxshiroq, mo‘lroq foyda chiqarishga malaka hosil qilgan bo‘ladi.

      Hakimboyvachcha “Oyna”ni varaqlab, “madh”ni topa olmaganini Abdishukur sezib, toqatsizlandi, boyvachchaning qo‘lidan kitobchani so‘rab olib, kerakli joyini topdi.

      – Mana, o‘qing, Hakim aka! – dedi. Hakimboyvachcha diqqat bilan ichida, o‘qir ekan, yuziga tabassum yoyildi. O‘qib bo‘lib ix-ix-ix, deb kuldi-da, dadasiga qaradi.

      – Ovozingni СКАЧАТЬ