Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Марк Твен
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Tom Soyerning boshidan kechirganlari - Марк Твен страница 7

Название: Tom Soyerning boshidan kechirganlari

Автор: Марк Твен

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-882-1

isbn:

СКАЧАТЬ Nima sovg‘a qilmoqchisan, Meri? Aytib qo‘yaqol.

      – Yaxshi narsa deb aytdim-ku, demak, yaxshi narsa.

      – Bilaman, Meri, bilaman. Xo‘p, sabog‘imni takrorlayman!

      Chindan ham u saboqlarini zo‘r berib takrorlashga kirishdi, astoydil diqqat qilishi orqasida va sovg‘ani tezroq qo‘lga kiritish maqsadida saboqlarini juda yaxshi o‘zlashtirib oldi.

      Buning uchun Meri o‘zining yangigina, o‘n ikki yarim sent5ga sotib olgan qalamtaroshini Tomga hadya qildi. Tom esa, buning uchun o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi. Qarindoshining shafqatliligi yuragining eng chuqur yerlarigacha ta’sir qildi: chindan ham bu qalamtarosh «rostakam» Berlou firmasining pichog‘i bo‘lib, shu sababli unga mahobatli bir hadya bo‘lib ko‘rinar edi. Tom shu pichoq bilan darhol bufetni yo‘nib, endi komodni yo‘nmoqchi bo‘lib turganida, birdan uni maktabga borish uchun kiyinishga chaqirib qoldilar.

      Meri unga suv quyilgan tos bilan bir bo‘lak sovun berdi; u eshikdan tashqariga chiqib, tosni kichkina kursi ustiga qo‘ydi-da, sovunni suvga botirib olib, joyiga qo‘ydi. Keyin yenglarini shimarib, suvni sekingina yerga to‘kdi va oshxonaga kirib, eshik orqasiga ilig‘lik turgan sochiq bilan yuz-qo‘llarini yaxshilab arta boshladi. Biroq, Meri uning qo‘lidagi sochiqni tortib oldi.

      – Tom, uyalmaysanmi, – deb qichqirdi Meri. – Bunday yomon bola bo‘lish yaxshimas! Yaxshilab yuvinib olsang bir narsa bo‘ladimi?

      Tom biroz uyaldi, Tosga yana qaytadan suv to‘lg‘azdilar. Bu gal Tom Tosning tepasiga borib, go‘yo jur’at va botirlik bilan bir dam qarab turdi-da, og‘ir nafas olib, yuvinishga tutindi. U ko‘zlarini ocholmay, oshxonaga ikkinchi marta kirib, devorda osig‘lik turgan sochiqni qo‘li bilan paypaslab axtara boshlaganida, yuzidan oqib turgan suv va sovun ko‘piklari uning chinakam yuvinganligiga shubha qoldirmas edi. Shunday bo‘lsa ham, uning sochiq bilan artilgan basharasi kutilganidek natijani bermas edi, chunki, yuzining toza bo‘lgan qismi, go‘yo niqob kiygandek, peshonasidan iyagigacha bo‘lib, undan yuqorisiga va pastiga, ya’ni peshonasining ustiga hamda bo‘yniga suv tegmay, xuddi qora halqadek bilinib turardi. Meri uni o‘z qo‘li bilan yuvintirishga kirishdi, shundan keyingina u, ko‘chaga chiqsa kishi uyat qilmaydigan ozoda bola bo‘ldi. Sochlari moylanib, taralib, silliq qilib qo‘yilgan, sochlarining uchidagi jingalaklari esa chiroylik va mutanosib ravishda ko‘rinar edi. (U o‘zi har qa-chon sochlarini diqqat bilan silar va uni tep-tekis, xuddi boshiga yopishib turgandek qilib, qo‘li bilan yotqizishga tirishardi: uning fikricha, sochlari jingalak bo‘lib ko‘tarilib tursa, qiz bolaga o‘xshab qolgandek bo‘lar, bu hol butun umr bo‘yi baxtsizlikka duchor qilar emish). Shundan keyin Meri uning ikki yildan beri faqat yakshanba kunlarigina kiyib yuradigan toza kostumini olib berdi. Kostum: «u-bu» deb atalar edi. Bu so‘z, unga tegishli kiyim shkafida kiyimlarning qanchalik ko‘pligini bildiradi. Kiyinib bo‘lgandan keyin, xolasi uning uyoq-buyog‘ini tuzatib, nimchasining hamma tugmalarini qadarkan, ko‘ylagining yelkaga tushib turadigan keng yoqasini sirtga chiqarib qo‘ydi. Ustini cho‘tka bilan tozaladi-da, boshiga savat qalpog‘ini ham kiygizib qo‘ydi.

      Bu ishlarning hammasi, uning tashqi qiyofasini ancha bezagan bo‘lsa-da, u uyalib, o‘zini o‘ng‘aysiz holatda his qilayapti, deb o‘ylash mumkin edi. Haqiqatan ham shunday bo‘lib chiqdi: chunki u hech vaqt o‘zini bunchalik yuvingan, ozoda holda ko‘rgan emas edi, – mana shuning uchun bu hol uni qiynar va hayajonlantirardi. U: «Shoyad, Meri etigimni unutsa», deb umid qilgan edi, lekin uning bu umidi puchga chiqdi. Meri, odat bo‘yicha etikni moylab kiydirmoqchi bo‘lib, uning oldiga olib keldi. Shundan keyin u chidolmasdan: «Meni doim o‘zim istamagan ishlarni qilishga majbur etadilar», – deb zorlana boshladi. Meri unga nasihat qilib:

      – Kel endi, Tom, sen ham aqlli bola bo‘l! – dedi.

      Keyin Tom ming‘illay-ming‘illay etigini kiya boshladi. Meri ham tez vaqt ichida kiyinib olganidan keyin, uchovlari birgalashib yakshanba kunlik maktabga qarab jo‘nadilar. Tom bu maktabni jon-u dili bilan yomon ko‘rar, Meri bilan Sid esa uni yaxshi ko‘rar edilar.

      Maktabda saboq soat to‘qqizdan o‘n yarimgacha davom etib, keyin cherkov ibodati boshlanar edi. Meri bilan Sid ikkalasi po‘pning va’z-nasihatlarini eshitishga o‘z xohishlari bilan qolganlaridan Tom ham noiloj qolishga majbur bo‘lar edi.

      Cherkovning kursilariga uch yuzga yaqin odam sig‘ardi; bu kursilarga yostiq qo‘yilmas edi. Cherkov binosi – kichkina, ko‘rimsizgina bo‘lib, tomi ustida qarag‘ay taxtalardan qilingan va ingichka quvurga o‘xshagan narsa cho‘qqayib turardi; bu – cherkov qo‘ng‘irog‘i edi. Tom, cherkov eshigi oldiga yetganida, sheriklaridan bir qadam keyinda qolib, o‘ziga o‘xshash yasangan o‘rtog‘iga qarab:

      – Hoy, Bill, sariq bileting bormi? – dedi.

      – Bor.

      – Qanchaga berasan?

      – Qanchaga olasan?

      – Bir parcha lakritsa6 va qarmoq beraman.

      – Qani, ko‘ray-chi.

      Tom buyumlarni ko‘rsatdi. Bu narsalar bolaga yoqqandan keyin, u, sariq biletni shularga ayirboshladi. So‘ngra Tom ikkita katta marmar soqqani uchta qizil biletga va yana bir necha arzimas narsalarni ikkita zangori biletga ayirboshladi. Tom ko‘chadan o‘tib boruvchi harbiy bolani to‘xtatib, har xil rangdagi biletlarga yonidagi bor narsalarini alishmoqchi bo‘lganligini aytdi. Bu hol o‘n-o‘n besh minut davom etdi. So‘ngra u, yasangan bir to‘p sho‘x bolalar bilan birga cherkovga kirib o‘z joyiga o‘tirib oldi-da, birinchi uchragan bola bilan janjallasha boshladi. Ularning bu janjaliga jiddiy qiyofali keksa muallim aralashdi; muallim orqasini o‘girishi bilanoq Tom oldingi safda o‘tirgan bolaning sochidan tortdi. U bola orqasiga qayrilib qaraganida, Tom qo‘lidagi kitobi bilan uning burniga turtdi. Bir minut o‘tar-o‘tmas Tom qo‘lidagi to‘g‘nog‘ichini ikkinchi bir bolaga suqib oldi va uning «voy!» deb dodlashini eshitmoqchi bo‘ldi, lekin buning uchun muallimdan yana tanbeh eshitdi.

      Buning ustiga, Tomning sinfidagi bolalarning hammasi terilib olingandek nuqul sho‘x, notinch va odobsiz bolalar edi. Saboqlarni so‘rashga kirishganlarida, bolalarning hech biri ham tayyorlanmagani ma’lum bo‘ldi. Bolalarning har biri saboqni boshdan oyoq so‘zlab berishga to‘g‘ri kelar edi.

      Ular u-bu qilib valdirash bilan bir amallab saboqni o‘tkazdilar va har biri mukofot tariqasida bittadan ko‘k bilet oldi; ko‘k bilet Tavrotdan yod olingan ikki suraning haqi edi. O‘nta ko‘k bilet bir qizil biletga to‘g‘ri kelar va shunga alishtirib olish mumkin edi; o‘nta qizil bilet esa bir sariq biletga to‘g‘ri kelar, o‘nta sariq biletga ega bo‘lgan alohida o‘quvchiga esa, direktor sodda muqovalik Tavrot berardi. (U vaqtda shu Tavrotning bahosi 40 sent turar edi).

      Mukofot tarzida rassom Dorening rasmlari bilan bezalgan Tavrot va’da qilinganida ham, ikki ming satr oyatni yod olish uchun kitobxonlarimizdan qanchasining kuchi yetar edi? Meri esa astoydil diqqat bilan shu xilda ikki yil o‘qib mukofot tariqasida ikkita Tavrot oldi. Bir nemis bolasi esa shunday Tavrotdan to‘rtta yoinki beshtasini oldi. Bir vaqt u, sidirg‘asiga uch ming satr oyatni o‘qib chiqdi; ammo bunday zo‘r berishlik uning uchun foydali bo‘lmadi va o‘sha kundan boshlab u qariyb aqldan ozib qolgan edi, bu esa maktab uchun katta baxtsizlik bo‘ldi, chunki avvallari tantanali voqealarda, ya’ni xalq ko‘p yig‘ilgan vaqtlarda direktor bu bolani chaqirib olib, Tomning so‘zi bilan aytganda «safsata sotdirar» edi. Boshqa o‘quvchilardan faqat kattalarigina o‘z biletlarini saqlar va Tavrot olish uchun o‘z saboqlarini uzoq vaqtlar takrorlar edilar. Chunki bu mukofot kamdan-kam berilar va uning berilishi katta hodisa hisoblanar edi. Tom, ehtimol, bunday mukofotni xohlamayotgandir, lekin shunisi СКАЧАТЬ



<p>5</p>

Sent – yigirma besh tiyin.

<p>6</p>

Lakritsa – eshak miya o‘tidan ishlangan chuchmal-shirin tamli dorivor.