Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Марк Твен
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Tom Soyerning boshidan kechirganlari - Марк Твен страница 10

Название: Tom Soyerning boshidan kechirganlari

Автор: Марк Твен

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-882-1

isbn:

СКАЧАТЬ haqida juda ko‘p narsalar o‘qidiki, ibodat qilish uchun kelganlar uning munojotlarini qiyomatga qadar cho‘zilar, deb o‘yladilar…

      So‘ngra domla ibodat qilishga kirishdi. Bu ibodat yaxshi, keng ma’noli, saxiy, har bir mayda narsani o‘z ichiga sig‘diruvchi ibodat edi: chunonchi, u shu yerdagi cherkov, uning mayda bolalari, shu shaharchadagi boshqa cherkovlar to‘g‘risida, shaharchaning o‘zi, bizning butun okrug, bizning shtat to‘g‘risida, shtatimizdagi chinovniklar to‘g‘risida, Qo‘shma Shtatlar to‘g‘risida, Qo‘shma Shtatlardagi cherkovlar to‘g‘risida, kongress8 to‘g‘risida, prezident to‘g‘risida, ministrlar to‘g‘risida, dahshatli bo‘ronlarda ishlovchi qashshoq dengizchilar to‘g‘risida, Yevropa monarxiyasi va Sharq despotiyasi zulmi ostida ezilgan million-million qullar to‘g‘risida, Tavrot haqiqati yorug‘i bilan oqartirilganlar to‘g‘risida, ko‘rishga ko‘zlari, eshitishga quloqlari yo‘qlar to‘g‘risida, uzoq dengiz orollaridagi majusiylar to‘g‘risida aytilgan bir ibodat edi. Bu duolarning hammasi hozir aytmoqchi bo‘lgan so‘zlar har narsadan oliy bo‘lgan dargohga yetib, unumdor yerga tushgan dondek yaxshi hosildor bo‘lg‘ay. Omin! – degan duolar bilan tamomlanardi.

      Shu yerda xotin-qizlar kiyimlarining shaldiragan ovozi eshitildi, cherkovga kelganlar esa o‘tirishdi. Kitobimizning shu sahifalarida hayoti tasvir etilayotgan bola, qilinayotgan ibodatlardan juda mamnun emas edi. U qattiq chidash berib, ibodat tamom bo‘lishini sabrsizlik bilan kutib o‘ltirdi. U joyida o‘tirolmas edi: u duoning ayrim so‘zlariga e’tibor bermasdan, ba’zi bir yerlariga ixtiyorsiz ravishda quloq solib qolardi. Chunki u, bu duolarga ko‘pdan odatlanib qolgan. Ammo domla, ibodatga biror yangilik kirgizib qolsa, Tomning quloqlari buni darhol sezib olar va uning butun vujudi nafratlanar edi. U ibodatning uzilishini vijdonsizlik va noinsoflik deb hisoblar edi.

      Domlaning shunday duo munojotlari o‘rtasida Tomning diqqatini uning oldidagi kursiga qo‘nib o‘tirgan bir pashsha o‘ziga tortdi. Bu pashsha o‘zining harakatlari bilan Tomni og‘ir qiynoqqa solar, u tinch va osoyishtalik bilan o‘zining ingichka oyoqlarini bir-biriga suykar, o‘sha oyoqlari bilan boshini ishqar, ishqagandayam shunday g‘ayrat va jasorat bilan ishqar ediki, go‘yo boshi tanasidan ajralib chiqqandek bo‘lar, bo‘ynining ingichka ipi ko‘rinar edi. Keyingi oyoqlari bilan qanotlarini silar va o‘zining butun shu tariqa bezanishlarini hech bir shoshmasdan tinchgina, go‘yo o‘zi uchun qo‘rqinchli hech bir narsa yo‘qligiga ishongandek, bemalollik bilan bajarar edi. Chindan ham, uning uchun qo‘rqinchli hech narsa yo‘q edi, garchi bu pashshani tutib olish uchun Tomning qo‘li qichisa ham, lekin u hozir, ibodat vaqtida bunday ishga jur’at qilolmas edi, basharti u bu ishni qilsa, abadiy gunohkor bo‘lib, o‘z joniga jabr qilgan bo‘lar edi. Biroq, domla duosini o‘qib bo‘layozgan vaqtda Tomning qo‘li o‘z-o‘zidan oldinga cho‘zildi-da, domla «omin» deyishi bilan, pashsha uning qo‘liga ilindi. Biroq, xolasi uning bu qilig‘ini payqab qolib, tezdan pashshani qo‘yib yuborishga majbur etdi.

      Domla Tavrotdan bir parchani o‘qib bo‘lib, gulduragan va bir tekis tovushi bilan va’z boshladi. Uning ovozi shunday zeriktirarli ediki, hademay ko‘p kishi mudray boshladi. Va’zchi esa gunohkorlarga berilajak azoblarni so‘zlab qo‘rqitar, abadiy rohat o‘rinlari tayyorlanib qo‘yilgan gunohsiz kishilarning sonlarini esa juda kam ko‘rsatar ediki, uning so‘zicha, bir hovuchgina keladigan gunohsiz kishilarni qutqarish uchun ovora bo‘lish ham arzimaydi, degan natijani chiqarish mumkin edi.

      Tom, va’z kitobining sahifalarini sanab chiqdi; u va’z kitobining betlarini doim sanab chiqishga ulgura olsa ham, va’zning o‘zini yodida saqlab qololmas edi. Biroq bu safar uning ma’nolaridan ham ba’zi narsalar uni qiziqtira boshladi. Domla, odamni larzaga keltiradigan buyuk bir manzarani – dunyodan o‘tgan barcha kishilar mahshargohga yig‘ilajagini, yo‘lbars esa qo‘zichoqning oldiga borib yotajagini va go‘dak bir bola ularni olg‘a yetaklab ketishini tasvir qildi. Bu manzaraning jonlanishi va axloqi Tomni hech bir hayajonlantirmas edi. Tomni faqat butun yer yuzi xalqi oldida o‘sha bolaning hissasiga tushgan muhim rol hayron qoldirardi: uning ko‘zlari chaqnab ketdi va bu yo‘lbars qo‘lga o‘rgangan bo‘lsa, o‘sha bola rolini o‘ynashga tayyorligini bildirar edi. Biroq bu yerda safsatalar ko‘payib, Tomning qayg‘usi yana yangilandi.

      Birdan u, o‘z cho‘ntagida qandaydir bir xazina borligini esiga tushirdi-da, darrov uni cho‘ntagidan olishga shoshildi. Bu – katta, jag‘lari baquvvat, Tomning aytishicha «chaqag‘on qora qo‘ng‘iz» edi. Qo‘ng‘iz bir piston qutichasiga berkitib qo‘yilgan. Tom qutichani ochishi bilanoq qo‘ng‘iz daf’atan uning qo‘lini chaqib oldi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola darrov qo‘ng‘izni bir tomonga irg‘itib, u chaqib olgan barmog‘ini og‘ziga soldi. Qo‘ng‘iz chalqanchasiga yerga tushib qolib, ag‘darilolmay, tipirchilab yotar edi. Tom unga tikilib qarab turar va uni qaytib olgisi kelar edi. Lekin qo‘ng‘iz ancha olis yerda bo‘lib, unga bo‘yi yetmas edi. Bu qo‘ng‘iz ibodat so‘zlari va nasihatlarga qiziqmagan ko‘pgina kishilar uchun ancha ermak bo‘ldi; ular, qo‘ng‘izning yotgan joydan turib olish uchun ag‘darilishga urinayotganini butun diqqatlari bilan kuzatib turar edilar.

      Shu vaqt cherkov ichiga tasodifiy ravishda kichkina it – pudel adashib kirib qoldi. U yozning issiq havosidan entikib yolg‘iz o‘zi qamoqda yotaberganidan zerikib, har xil qiziq narsalarni ko‘rgisi va yangi taassurotlarni olgisi kelar edi. Uning ko‘zi qo‘ng‘izga tushdi. Xafachiligidan osiltirib, sudrab yurgan dumini tezda ko‘tarib, likillata boshladi. U o‘z oldidagi bu o‘ljaning atrofida aylanib, olisdan iskab, uzoq vaqt tekshirib turdi; keyin dadillik bilan yaqinroq keldi-da, og‘zini ochib qo‘ng‘izni tishlab olmoqchi bo‘ldi, uddasidan chiqolmadi, yana ikkinchi marta, uchinchi marta ham shunday bo‘ldi. Bu ish, aftidan, unga ma’qul bo‘lib qoldi shekilli, qorni bilan yerga yotib oldi. Qo‘ng‘iz uning oyoqlari oralarida qoldi; it boyagiday harakatlarini davom ettirdi, bo‘lmadi. Keyin u, o‘zining bu ishidan zerikdi-da, erinchakligi tutib, mudray boshladi. Uning boshi sekin-asta yerga engashib, iyagi qo‘ng‘izga tegib ketdi, qo‘ng‘iz uni chaqib oldi. Pudel angillab, boshini silkitgan edi, qo‘ng‘iz undan ikki qadam nariroqqa borib yana chalqanchasiga tushib qoldi. Yaqin o‘rtada o‘tirganlar buni ko‘rib, kulgilarini ichlariga sig‘dirolmay o‘tirar edilar. Ko‘plari esa iljaygan yuzlarini yelpig‘ich va ro‘molcha bilan bekitib olgan edilar. Tom bundan benihoyat mamnun va xursand edi.

      Pudelning ko‘rinishi anqovroq edi, – aftidan, u o‘zining ahmoq bo‘lib qolganini o‘zi ham sezgan bo‘lsa kerak, – shunday bo‘lsa ham uning yuragida keki bor va o‘ch olishni istar edi. Shuning uchun u sekin-asta qo‘ng‘izning yoniga kelib, ehtiyotlik bilan unga hamla qila boshladi. Goh u, goh bu tomondan qo‘ng‘izning ustiga tashlanar, shunda uning oldingi oyoqlari qo‘ng‘izga tegay-tegay der, ba’zan uning atrofida yurib tishlarini shaqillatar, boshini qimirlatganida, quloqlari shalpillar edi. Nihoyat, uni bu ish ham zeriktirdi; u, oldida uchib yurgan pashshalar bilan shug‘ullanib ko‘rmoqchi bo‘lgan edi, lekin bu ham uni uncha qiziqtirmadi. Tumshug‘ini yerga tegizay-tegizay deb, birdan yurib ko‘rdi, lekin ko‘p o‘tmay bundan ham zerikdi; bir-ikki marta esnab, ijirg‘anib, og‘ir nafas oldi-da, qo‘ng‘izni butunlay esdan chiqarib yuborib, uning ustiga o‘tirib oldi. Shu vaqt ajoyib bir hodisa yuz berdi. Pudel jonining boricha akillab cherkov ichida yugura boshladi. Xuddi mehrobning oldidan yugurib o‘tib, eshikka chopdi, akillab vovullashdan bir nafas to‘xtamay, eshik oldidan yana orqasiga yugurdi. Chunki, qo‘ng‘iz uning qornidan mahkam tishlab olganicha, jag‘larini bo‘shatmay yopishib yotar edi. U qancha ko‘p urinib yugursa, qornining og‘rig‘i shuncha kuchayar edi, natijada it hech tinmay aylana berishidan junlari hurpayib, misli ko‘rilmagan sur’at bilan uchib yuruvchi bir quyruqli yulduzga aylangan edi. Ish shuning bilan tugadiki, aqldan ozgan it, jon achchig‘ida o‘zini bir tomonga tashlab, o‘z xo‘jayinining tizzasiga borib yiqildi, xo‘jayini bo‘lsa, uni derazadan tashqariga otib yuborgan edi, uning angillagan ovozi sekin-asta uzoqlashib borib, keyin o‘chdi.

      Cherkovdagilarning hammasi qizarishib, o‘zlarini qahqahlashdan zo‘rg‘a tiyib qolgan edilar. Hatto domla ham, o‘qiyotgan СКАЧАТЬ



<p>8</p>

Amerika parlamenti.