Oltin yurakli Avtobola. Anvar Obidjon
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Oltin yurakli Avtobola - Anvar Obidjon страница 3

Название: Oltin yurakli Avtobola

Автор: Anvar Obidjon

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-985-9

isbn:

СКАЧАТЬ nima gap o‘zi?

      – Shu desang, menga ota yo‘llik bo‘lib qolgan tog‘am qamoqda yotibdi. Arzimagan ishga.

      Kamolning yuragi nimadandir bezillab, Zargarga tiyraklanib boqdi.

      – Agar… chindanam arzimagan ish bo‘lsa…

      – Senga o‘xshagan donolar hozir tanqisroq, – deb hasratlandi Bekxo‘ja. – Arziydigani qaysi-yu, arzimaydigani qaysi – buni ortiqcha surishtirib o‘tirishmaydi. Ayniqsa, gap tillaga borib taqaldimi, tamom – ellik gramm pullaganniyam, ellik kilo o‘marganniyam bir xil tayoqda savalashadi. Shu insofdanmi?

      Qimmatbaho sovg‘aning zig‘irttak ko‘lankasida ulkan iltimos yashirinib yotganini nihoyat anglab yetgan Kamol tuyqus noqulay ahvolga tushdi. Chaynayotgani bo‘g‘ziga qadalib, qo‘lidagi shingil uzumni qaytarib idishga tashladi.

      – Sen aytmoqchisanki… Kechirasan-u, xotinimning ishiga sira aralashmaganman.

      – Juda to‘g‘ri qilasan, – Bekxo‘ja kutilmaganda uning gapini ma’qullab, ta’zimnamo bosh qimirlatdi. – Hadeb xotin kishining ishiga suqilaverish – bachkanalik. Ammo… zarur bo‘pqolsa…

      Zargar etsiz jag‘ini silaganicha bir muddat kalovlanib turdi. Keyin Kamolning ko‘ziga, «na iloj, umidim bitta sendan», degandek iltijoli boqib, davom etdi:

      – Umuman… xotiningga hech narsa dema. Mabodo, taqinchoqlarni qayerdan olganingni surishtirib qolsa, mayli, unda meni to‘g‘rimda ozgina gapirib berarsan. Gap orasida tog‘amning musibatidan azoblanayotganimni qistirib o‘tsang, yomon bo‘lmasdi.

      Kamolning tili tutilib, ensasi qotganicha turib qoldi. Bekxo‘ja ichimlik quyilgan qadahni unga uzatayotib, ochiqdan ochiq yalinchoqlikka o‘tdi:

      – Jon do‘stim, yordamingni ayama. O‘zim yarimjon odamman. Tog‘amsiz yanayam og‘ir kunga qolaman. Xudo xayringni bersin.

      «Xudo xayringni bersin…» Haliyam o‘sha-o‘sha Bekxo‘ja!

      … O‘qituvchi o‘sha kuni uning javobidan uncha qoniqmadi:

      – Mazang yo‘q, Bekxo‘ja. Bu safarcha «to‘rt» qo‘yaman.

      – Shoshmang! Bitta «besh» qarz qipturing. Mana ko‘rasiz, kelasi gal…

      – «Besh»niyam o‘shanda olaverasan!

      – Jo-o-n, domlajon… Xudo xayringizni bersin…

      – Iye! Sovet maktabini machit qilvording-ku! «Ikki» senga!

      – Shoshmang! Uzr… Bilasiz-ku, ayam kichkinaligimda eskicha o‘qitgan. Til qurg‘ur o‘rganib qolgan bo‘lsa, nima qilay? Ana, hammadan so‘rang, o‘zim xudoga qarshiman. Xohlasangiz, avliyolarni ahmoq deyishim mumkin. Hukumatimiz bor, nimadan qo‘rqaman?

      … Ha, bu baribir o‘sha Bekxo‘ja!

      Kamol qadahni ixtiyorsiz ravishda qo‘lga oldi-yu, barmoqlari kuya boshlagandek, yana stolga qo‘ydi. Bekxo‘jadagi tullaklikni bolalikdayoq ko‘p marta ko‘rib-kuzatgan Kamol uning surbetlarcha yaltoqlanishidan ortiqcha ranjib o‘tirmadi. Ammo uni oddiy molparastlar safiga qo‘shib, laqillatish uchun eng siyqa va arzon tuzoqdan foydalanayotgani juda alam qildi.

      – Demak, bu… xamir uchidan patir ekan-da? – shunday deya, u minnatli sovg‘ani zargarning oldiga tashladi. – Olaqol, og‘ir kuningga yarab qolar.

      Himoyasizdek shumshayib ko‘ringan «parranda» bir siltanishdayoq tuzoqni uzib yuborganidan Bekxo‘janing ko‘ngli zil ketdi. Shunday bo‘lsa-da, qiyofasidagi osoyishtalikni saqlab qolishga erishib, xotirjam qosh chimirdi.

      – Bo‘pti, unda ochiqchasiga gaplashaylik, – Bekxo‘ja jilla xijolat tortmay, g‘ariblik niqobini yechdi. – Senda aql ko‘p, menda – pul. Ikkalasini birlashtirolsak, juda uzoqqa borardik.

      – Falsafangga tushunmadim.

      – O‘zingni go‘llikka solma.

      Bekxo‘ja fikrini biroz jamlab olmoqchi bo‘ldimi, sixdan tishida kabob sidirib, erinchoqlik bilan chaynashga tushdi.

      – Sen iste’dodlisan, – nihoyat luqmani yutib, falsafasini sharhlashga kirishdi u. – Iste’dodli odamning dushmani ko‘p bo‘ladi. Bugungi qarsaklar tez orada orqadan tushadigan tarsaklarga aylanishi turgan gap. Aks holda, mantiq izdan chiqadi.

      Bekxo‘ja Kamolning ko‘zlariga bir daqiqa dohiyona tikilib turgach, bir-ikki tamshanib qo‘yib, so‘zida davom etdi:

      – Sen intiluvchansan. Intiluvchan bo‘lgandayam – besabrsan, tezkorsan. Yo‘l tekis bo‘lsa, o‘lguningcha yuguraverasan. Afsuski, hayotda to‘siq ko‘p. Ulardan birma-bir oshib o‘tishga bardoshing yetgandayam, ancha narsani yutqazasan: vaqting ketadi – bir, holdan toyasan – ikki, asosiy maqsaddan chalg‘iysan – uch. Lo‘nda qilib aytganda, orzu shohsupasiga eltuvchi pillapoyaning oxirgi uch-to‘rt pog‘onasini boy berasan. Ammo qo‘lingda bir tutam pul ko‘rindi deguncha, g‘animlaring homiylarga, to‘siqlar ko‘priklarga aylanadi. Pul shunaqa kuchli narsa. Istasang, o‘sha qudratni senga men beraman. Qulay tomoni shundaki, qarzga emas.

      – Birinchidan, hech qanaqa dushmanim yo‘q, – bu safar jahlini yutib, sokin so‘z qotdi Kamol. – Bo‘lgandayam, erkakchasiga kurashgan yaxshi.

      Bekxo‘ja gavdasini ortga tashlab, hafsalasi pir bo‘la boshlagandek, shipga bo‘zrayib boqdi, uzun barmoqlarini o‘ynatib, stolni tiriqlatishga tutindi.

      Hali, kelib-kelib, senga kuyinib o‘tiribmanmi? Go‘dak ekansan-ku! Qiziq, so‘rg‘iching qaysi cho‘ntagingda turganikin?

      Gerdayib o‘tirishini ko‘ring. Pokizaman demoqchimi? O‘lsam, haykal qo‘yishadi, deb o‘ylaydi-da. Kimning go‘ri hashamatliroq bo‘lishini hech kim oldindan aytolmaydi.

      Bekxo‘ja labini himarib qo‘yib, “chirmandasi”ni to‘xtatdi.

      – Bilaman, halol yigitsan, – endi nodon do‘stga achinayotgan alpozda hazin so‘zlay boshladi u. – Lekin boshqalar-chi? Bugun sen olmagan pul ertaga birovning qo‘liga o‘tib, o‘zingga qarshi ishlatilishiyam hech gapmas. Pul degan maraz dev kim haq-u, kim nohaqligini surishtirib o‘tirmaydi, kimga tobe bo‘lsa, o‘shanga xizmat qiladi.

      – Qora xizmatlarni bajaradi! Ezgulikka devning nima aloqasi bor?

      – Nega bo‘lmasin? – birdan jonlanib ketdi Bekxo‘ja. – Ezgu ishlar qilmoqchi ekansan, bemalol qilaver. Ezgulik dushmanlarini devlaring bilan Sulaymondek yanchib o‘t, demoqchiman xolos. Bu dunyo shunaqa, g‘aflatda qoldirmasang, g‘aflatda qolasan.

      Bekxo‘ja bilan butunlay boshqa-boshqa o‘zanlar ekanligiga endi batamom iqror bo‘lgan Kamol suhbatni ortiq davom ettirgisi kelmadi. Ketishga shaylanib o‘rnidan turarkan, zargarga dimog‘dor boqib dedi:

      – Pul guldor qog‘oz xolos. Ilm-u fan o‘tdayam kuymaydi.

      Kamol hech bir mulozamatsiz «xayr» deb qo‘ygach, salmoqli odimlab eshik tomonga yo‘naldi. Ostonadan hatlayotgan damda ortidan Bekxo‘janing dag‘dag‘ador tovushi eshitildi:

      – Ilm-u fan yaratgan mo‘jizalar pulga sotib olinadi. Pul kuchli!

* * *

      Oradan СКАЧАТЬ