Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн страница 22

Название: Suv ostida sakson ming kilometr

Автор: Жюль Верн

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-603-2

isbn:

СКАЧАТЬ orqali namoyish etilgan edi. Birinchilari orasida yelpig‘ichsimon gorgoniylar, dengiz organchalari, suriya bulutlari, moluk marjonlari, alsioniyning ajoyib nusxasi, odamni hayratga soladigan yelpig‘ich yaproqlar, Reyunyon orolidan ko‘zchalar va madreporlarning juda katta kolleksiyasi bor ediki, bular orasida Antil orollaridan olingan «Neptun aravachasi» ayniqsa diqqatni o‘ziga tortardi. Bu yerga marjonlarning turli xillari yig‘ilgan bo‘lib, odatda, ularning to‘dalari butun-butun orollarni, asrlar o‘tishi bilan esa ehtimol qit’alarni ham vujudga keltirishi mumkin bo‘ladi. Dengiz yulduzlarining bir necha turlari, dengiz ko‘zachalari (goloturiy), dengiz tipratikanlari, ilondumlilar va boshqalar bu yerga kosasi tikanaklar hamda nayzachalar bilan qoplangan tikanterililarning namoyandalari sifatida qo‘yilgan.

      Mening o‘rnimda asablari zaifroq konxiolog bo‘lganida, molluskalar kolleksiyasi o‘rin olgan narigi vitrinani ko‘rishi bilanoq yuragi yorilib o‘lardi. Bu eksponatlar bebahodir va ularni tavsiflash uchun butun bir tomni bag‘ishlash lozim bo‘lur edi. Shuning uchun ham eng diqqatga sazovorlarini sanab o‘tish bilan kifoyalanaman. Kapitan Nemo kolleksiyasida Hind okeanining sidirg‘a qizg‘ish jigarrang ustiga mutanosiblik bilan joylashgan oq dog‘li chiroyli bolg‘asi; hamma yog‘i mayda donachalar bilan qoplangan va yaltillab turadigan «imperator spondiliysi», bunga istagan Yevropa muzeyi yigirma ming frankni ayamasdi; topilishi deyarli mumkin bo‘lmagan avstraliya bolg‘asi; nafas tegsa sochilib ketadigan darajada mo‘rt senegal yuraksimonlari – qo‘sh-tabaqa, oq ohak naychalarining chetlari jimjimador va ishqibozlar yuksak baholaydigan bir necha Yavana dengiz leykalari; Amerika suvlarida uchraydigan sariq-yashil, Yangi Zelandiya sohillarida yashaydigan to‘q kulrang, Meksika qo‘ltig‘ida uchraydigan toshbaqasimon chig‘anog‘i bilan ajraladigan bo‘g‘inoyoqlilarning juda ko‘p xillari; bulardan tashqari, oltingugurtli juda g‘alati tellinlar, siter va venuslarning qimmatbaho navlari, sadaf tangachali marmar kubarna; yana Hindistonda tanga o‘rnida ishlatiladigan «ilonboshi» chig‘anoqlarining hamma turlari; Sharqiy Hindistonning «dengizga shon-sharaf» degan eng qimmatbaho chig‘anog‘i; nihoyat, olimlar juda chiroyli nomlar bilan atashgan nafis va mo‘rt chig‘anoqlar – minorachalar, yantinlar, mitrlar, kaskalar, bagretslar, arfalar, tritonlar, pterotserlar, patellalar, gialeylar, kleodorlar bor edi.

      Ayrim vitrinalarda elektr yog‘dusida chaqnab turgan mislsiz chiroyli marvarid shodalari: Qizil dengiz qa’ridan olinadigan pushti rang marvarid, turli molluskalar badanidan chiqadigan va deyarli barcha dengiz hamda okeanlarda uchraydigan yashil, sariq, ko‘k, qora marvaridlar turardi.

      Bu marvaridlardan ba’zilari kaptar tuxumidan kattaroq edi. Ular sayyoh Tavernening Eron shohiga uch millionga sotgan marvarididan ham qimmatroq, chiroyda esa men dunyoda eng chiroyli deb hisoblaganim imom Masqatiyning marvarididan ham afzalroq edi.

      Xullas, bu kolleksiyani baholash sira mumkin emas edi. Kapitan Nemo bunday kolleksiya uchun millionlarni sarf etgan bo‘lishi kerak.

      Bu quloq eshitmagan boyliklar qayerdan olingan ekan deb o‘ylayotganimda birdan kapitan menga murojaat qilib qoldi:

      – Kolleksiyalarimni ko‘ryapsizmi, professor?

      U chindan ham naturalistning diqqatini jalb etishga molikdir. Ammo men uchun ular yanada qadrliroq, negaki, bularning har birini o‘z qo‘llarim bilan yig‘ganman va yer yuzida bu vitrinalar uchun biror narsa bermagan dengiz yo‘q.

      – Kapitan, bu boyliklarni har ko‘rganda quvonishingizning sababini yaxshi tushunaman. Yevropa muzeylaridan birontasida ham bunaqa kolleksiya yo‘q! Ammo men zavqlanishimning hammasini muzeyni ko‘rishga sarflasam, unda kemani ko‘zdan kechirganda nima qilaman? Men odob va kamsuqumlikni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, sirlaringizni bilib olishga harakat qilaman, ammo oldindan aytib qo‘yay, «Nautilus»ning o‘zi, uni harakatga keltirayotgan kuch, kemaning shu qadar tez yurishini ta’minlayotgan mexanizmlar meni ko‘proq qiziqtirmoqda. Bu salon devorida qanday xizmatni o‘tashi menga noma’lum bo‘lgan asboblarni ko‘rib turibman. Men so‘ramoqchi bo‘lgan…

      – Janob Aronaks, – deya mening so‘zimni bo‘ldi kapitan, – men sizning bu kemada erkin odam ekanligingizni ilgaridan aytib qo‘ydim, binobarin, «Nautilus»da sizning borishingiz man etilgan bironta burchak yo‘q. Kemani istaganingizcha ko‘rishingiz mumkin va men bajonidil sizga hamroh bo‘lib, uni ko‘rsatishga tayyorman.

      – Sizga qanday minnatdorchilik bildirishga ham hayronman, kapitan. Iltifotingizni suiiste’mol qilmaslikka harakat qilaman. Bir narsani bilib olishimga ijozat bersangiz, fizikaga doir mana bu asboblar nimaga ishlatiladi?

      – Xuddi shunday asboblar, professor, kayutamda ham bor, bularning nimaga ishlatilishini o‘sha yerda aytib beraman. Ammo hozir sizga ajratilgan kayutaga boraylik. Axir siz «Nautilus»da qanday sharoitda yashashingizni bilishingiz kerak-ku.

      Men kapitan Nemoga ergashib tor yo‘lakdan ketaverdim. Kema tumshug‘iga yetgach, kapitan Nemo meni kayutaga, to‘g‘rirog‘i, karavot, tualet stolchasi, kreslolar va boshqalar bilan jihozlangan juda chiroyli keng xonaga boshlab kirdi.

      Benihoya minnatdorchilik bildirdim.

      – Sizning kayutangizdan menikiga o‘tish mumkin, – dedi kapitan eshikni ocha turib, – meniki-dan esa biz hozirgina chiqib kelgan salonga kirsa bo‘ladi.

      Biz kapitanning kayutasiga kirdik. Temir karavot, ish stoli, bir necha stul, umivalnik – butun jihoz shundan iborat edi. Eng zarur narsalar, ortiqcha hech nima yo‘q.

      Kayuta nim qorong‘i edi. Kapitan Nemo stulga ishora qildi:

      – Marhamat, o‘tiring.

      Men o‘tirdim. U biroz indamay turdi-da, so‘ng so‘zlay ketdi.

      O‘n ikkinchi bob

      HAMMA NARSA ELEKTR VOSITASIDA

      – Mana bu yoqqa qarang, professor, – deb so‘z boshladi kapitan Nemo xona devorlarida osig‘liq turgan asboblarga ishora qilib. – Bular «Nautilus»ni boshqarishga xizmat qiladigan apparatlar. Bu yerda ham salondagiday bular hamisha mening ko‘z oldimda bo‘ladi va «Nautilus»ning okeanning qayerida turganini va yo‘nalishini aniq ko‘rsatadi. Mana bu «Nautilus»dagi havo haroratini ko‘rsatadigan termometr; bunisi barometr, u havo bosimini aniqlaydi va bu bilan havoning o‘zgarishini oldindan aytib turadi, gigrometr atmosferada namlik miqdorini ko‘rsatadi; kema yo‘nalishini ko‘rsatadigan kompas, quyosh balandligiga qarab joyning kengligini aniqlaydigan sekstant; geografik uzunlikni belgilaydigan xronometrlar; nihoyat, kunduzgi va tungi kuzatuv trubalari, «Nautilus» suv sathiga chiqqanda, men bular yordamida ufqni kuzataman.

      – Bu asboblarning hammasi, – deb javob berdim men, – kemachilikda ishlatib kelinmoqda va bularning hammasi menga ilgaridan tanish. Biroq mana bu yerda menga ma’lum bo‘lmagan allaqanday asboblar bor. Ehtimol «Nautilus»ni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari ana shularga bog‘liqdir. Mana bu harakat qilib turadigan milli katta siferblat manometr emasmi?

      – Ha, bu manometr. U kema tashqarisidagi suv bosimini o‘lchaydi va bular «Nautilus»ning suvga qancha cho‘kkanini ko‘rsatib turadi.

      – Mana bular zondlarmi?

      – Ha, faqat yangi konstruksiyadagisi. Bular turli suv qatlamlaridagi haroratni o‘lchaydigan termometrik zondlar.

      – Mana bu asboblar-chi? Bularning nimaga ishlatilishiga aqlim yetmay turibdi.

      – Buning uchun, professor, oldin sizga ba’zi bir narsalarni tushuntirishga to‘g‘ri keladi, – deb javob berdi kapitan Nemo.

      U birpas jim turdi-da, keyin so‘z boshladi:

      – Tabiatda СКАЧАТЬ