Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн страница 26

Название: Suv ostida sakson ming kilometr

Автор: Жюль Верн

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-603-2

isbn:

СКАЧАТЬ chunki okean qa’rida yolg‘iz o‘zi suzadi. Bo‘ronlar ham qo‘rqinchli emas, negaki okean sathidan bir necha metr chuqurlikda hamisha to‘la osoyishtalik hukmron. Siz ajoyib degan kema ana shunaqa, professor! Agar ixtirochi hamisha o‘z kemasiga injener-konstruktorga nisbatan ko‘proq, injener-konstruktor esa kapitanga nisbatan ko‘proq ishonishi rost bo‘lsa, mening birato‘la ham kema ixtirochisi, ham konstruktori, ham kapitan sifatida «Nautilus»ga qanchalik cheksiz ishonch bilan qarashimning sababini tushunsangiz kerak!

      Kapitan Nemo juda ko‘tarinki ruhda gapirar edi.

      Ko‘zlarida chaqnab turgan yolqin, jonli harakatlari uni tamoman o‘zgartirib yuborgan edi. Men o‘zimni to‘xtata olmadim va kapitan Nemoga biroz g‘alati tuyulishi mumkin bo‘lgan savol berdim:

      – Demak, sizning injenerlik ma’lumotingiz bor ekan-da?

      – Ha, – deya javob berdi u. – Men yer yuzida yashagan paytimda London, Parij va Nyu-Yorkda o‘qigan edim.

      – Xo‘sh, bu ajoyib suvosti kemasini qanday qilib yashirincha qura oldingiz?

      – Uning har bir qismi, janob professor, dunyoning turli burchaklarida qilingan, buning ustiga zavodlarga ular boshqa maqsadlarda foydalaniladi deb aytilgan. «Nautilus»ning tag to‘sini Fransiyadagi Krezo zavodida yasalgan; eshkak vali – Londondagi Pena K°da; parragi – Glazgodagi Skottda; rezervuarlari – Parijdagi Kayil va K°da; dvigatellarini Germaniyadagi Krupp zavodlari; tumshuq qismini shved fabrikanti Motan; o‘lchov asboblarini Nyu-Yorkdagi aka-uka Gart va hokazo. Buyurtmani tayyorlovchilar mening chizmalarimni hamisha boshqa-boshqa nomlar bilan olar edilar.

      – Ammo, – dedim men, – bu qismlarni olish bilan ish bitmagan-ku – ularni yig‘ish, montaj qilish kerak bo‘lgan-ku.

      – Men okean o‘rtasida yo‘qolib ketgan va odam yashamaydigan bir orolda verf49qurib oldim. U yerda men o‘rgatgan ishchilar, sodiq do‘stlarim o‘zimning kuzatuvimda «Nautilus»ni yig‘ishdi. Kema yig‘ib bo‘lingach, olov bizning oroldagi barcha izlarimizni yo‘q qilib tashladi. Agar qo‘limdan kelganida, orolchani portlatib yuborardim.

      – Kema sizga juda qimmatga tushgan bo‘lsa kerak?

      – Oddiy temirdan yasalgan kema vaznining har bir tonnasi taxminan bir yuz yigirma besh ming frankdan tushadi. Mening «Nautilus»imning og‘irligi bir ming besh yuz tonna. Demak, u asbob-uskunalari bilan kamida ikki million frank turadi, unda saqlanayotgan kolleksiyalar va san’at buyumlarini qo‘shib hisoblaganda to‘rt-besh million frankdan kam emas.

      – Ruxsat bersangiz, yana bir so‘nggi savol, kapitan?

      – So‘rang, professor.

      – Siz juda boymisiz?

      – Men juda boyman, hatto Fransiyaning o‘n milliardli davlat qarzini sira qiynalmay to‘lashim mumkin va bu bilan boyligim kamayib, kambag‘allashmasdim ham.

      Men bu g‘alati odamga tikilib qoldim. U mening soddadillik bilan ishonayotganimdan foydalanmayotganmikin? Buni kelajak ko‘rsatishi kerak edi.

      O‘n to‘rtinchi bob

      «QORA DARYO»

      Yer kurrasining uch yuz oltmish bir million kvadrat kilometri suvdan iborat. Bu suvning hajmi bir ming uch yuz yetmish million kub kilometrga tengdir. Demak, yer yuzidagi suvning vazni bir ming uch yuz yetmish kvintillion tonnadir.

      Bu sonning naqadar kattaligini idrok etish uchun shu narsani bilish kerakki, milliard oldida bir qanchalik kichik raqam bo‘lsa, kvintillion oldida milliard ham shunchalik ushoq sondir yoki boshqa so‘z bilan aytganda, milliardda qancha bir bo‘lsa, kvintillionda shuncha milliard bor.

      Yer yangi paydo bo‘lgan kunlarda olov davridan so‘ng suv davri boshlangan. Boshda okean butun yer yuzini qoplagan edi. Keyinchalik, asta-sekin siluriy davrida, tog‘larning paydo bo‘lish jarayoni boshlandi. Okeandan tog‘ uchlari chiqdi. So‘ng orollar paydo bo‘ldi; ular suv toshqinlari natijasida yana yo‘qoldi, so‘ngra yana paydo bo‘lib, mustahkamlandi va qit’alarni vujudga keltirdi; nihoyat quruqlik biz hozir ko‘rib turgan holga keldi. Quruqlik suvdan bir yuz qirq million olti yuz ming yetti kvadrat metr joyni tortib oldi.

      Qit’alarning joylashishiga qarab yer yuzidagi suvni besh asosiy qismga bo‘lish mumkin:

      Shimoliy Muz okeani,

      Janubiy Muz okeani,

      Hind okeani,

      Atlantika okeani va

      Tinch okean.

      Tinch okean shimoldan janubga har ikki qutb doirasi orasida va g‘arbdan sharqqa Osiyo bilan Amerika o‘rtasidagi uzunlikda bir yuz qirq besh gradus joyni egallab yotibdi. U okeanlar ichida eng osoyishtasi; u vazmin, salobat bilan oqadi va unda suv ortiqcha ko‘payib, kamayavermaydi, shu bilan birga seryog‘indir. Mening odatdan tashqari sayohatim ana shunaqa okeandan boshlandi. – Istasangiz, professor, – dedi menga kapitan Nemo, – qayerda turganimizni – qayerdan sayohatga chiqib ketayotganimizni aniqlab olishimiz mumkin. Hozir soat chorakam o‘n ikki. Men hozir «Nautilus»ga zudlik bilan okean sathiga ko‘tarilishini buyuraman. Shu so‘zlarni aytib, kapitan elektr qo‘ng‘iroq tugmachasini uch marta bosdi. Nasoslar rezervuarlardagi suvni siqib chiqara boshladilar. Manometr mili harakatga kelib, siferblat bo‘ylab yuqoriga chiqib, bosim tobora kamayib borayotganini ko‘rsatardi. Nihoyat, u nolga kelib to‘xtadi. – Biz suv sathiga ko‘tarildik, – dedi kapitan Nemo. Men markaziy trap tomon yurib, uning temir zinapoyalaridan yuqoriga ko‘tarildim va ochiq lyukdan «Nautilus» palubasiga chiqdim. U suvdan sakson santimetrcha chiqib turar edi. «Nautilus»ning urchuqsimon korpusi darhaqiqat uzun sigarani eslatar edi. Men uning ustki qoplamasi yerdagi o‘rmalovchilarning badani singari tangachasimonligiga e’tibor berdim. Barcha kemalar «Nautilus»ni dengiz maxluqi deyishlarining sababini endi tushundim.

      «Nautilus» korpusida yarim berkitilgan qayiq palubaning o‘rtasida uncha katta bo‘lmagan do‘nglik hosil qilgan edi. Kema tumshug‘i va quyrug‘ida devorlari qiya, uncha baland bo‘lmagan, qalin qabariq billur oynali ikkita kabina do‘ppayib turardi. Old tomonda «Nautilus» rul boshqaruvchisi uchun hujra, orqada yo‘lga yog‘du sochadigan yorqin elektr projektor bor edi.

      Dengiz juda ajoyib, osmon tiniq edi. Uzun kema keng okean to‘lqinlarida bilinar-bilinmas chayqalardi. Sharqdan esayotgan yengil shabada suv sathini jimirlatar edi. Tiniq, ko‘zga yaqqol tashlanib turgan ufq atrofni bemalol kuzatish imkonini berardi.

      Dengiz sathi tamoman bo‘m-bo‘sh edi. Na orolcha, na qoya ko‘rinardi. «Avraam Linkoln» ham ko‘rinmas edi.

      Bizni bepoyon, ulug‘vor bo‘shliq o‘rab olgan edi.

      Kapitan Nemo peshinda ko‘zlarini sekstantga50 tikdi va quyoshning balandligini aniqladi – bu unga joyning kengligini bildirardi. Kuzatayotganida uning biror muskuli ham qimir etmas va sekstant marmar haykal qo‘lida ham shunchalik qimirlamay turmas edi.

      – Peshin bo‘ldi, – dedi u. – Professor, pastga tushsakmikin?

      Men dengizga so‘nggi marta nigoh tashladim. Uning suvi sarg‘ishroq bo‘lib, bu Yaponiya sohillariga yaqinlashayotganimizdan dalolat berar edi.

      Shundan so‘ng kapitanning ketidan salonga tushdim.

      U yerda kapitan Nemo xronometr vositasida joyning uzunligini СКАЧАТЬ



<p>49</p>

Verf – kema yasaydigan va remont qiladigan joy.

<p>50</p>

Sekstant – astronomiya va geodeziyada ishlatiladigan burchak o‘lchash asboblaridan biri.