Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн страница 24

Название: Suv ostida sakson ming kilometr

Автор: Жюль Верн

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-603-2

isbn:

СКАЧАТЬ style="font-size:15px;">      – Kemaga qanday qilib qaytasiz?

      – Men o‘zim qaytmayman. «Nautilus»ning o‘zi keladi.

      – Sizning buyrug‘ingiz bilanmi?

      – Ha, mening buyrug‘im bilan. Men u bilan elektr simi vositasida aloqa bog‘layman. Kemaga qaytmoqchi bo‘lganimda telegramma beraman.

      – Darvoqe, – deya xitob qildim men bu mo‘jizalardan hayratga tushib,– bundan osonroq yo‘l yo‘q.

      Kema ustiga olib chiqadigan trap katagining oldidan, uzunligi ikki metr keladigan kayuta yoniga o‘tdik, u yerda Ned Lend bilan Konsel lunjlarini to‘ldirib, ajoyib nonushtani tushirayotgan edilar. Bu kayutaning yonida uzunligi uch metrli oshxona joylashgan edi. Shu yerning o‘zida keng omborxonalar bor edi.

      Oshxonada elektr bilan ovqat pishirilar edi. Platina taxtachalarga parchinlangan simlar qizib, oqish rang bo‘lib, yopish, qaynatish va qovurish uchun plitalarga kerakli miqdorda harorat berib turar edi. Elektr dengiz suvini qayta ishlab, kemaga yetarli miqdorda juda ajoyib, ichishga yaroqli suv beradigan destillyatsiya apparatlarini ham qizitar edi.

      Oshxonaning yonida vannaxona joylashgan edi.

      Undan narida kubrik – komanda uchun xona bo‘lib, uzunligi besh metr edi; ammo eshigi berk bo‘lganidan men u yerdagi ahvolga zimdan qarab «Nautilus»ning ekipajida necha kishi borligini aniqlay olmadim.

      Xuddi shu yerda kubrikni mashina bo‘lmasidan ajratib turgan suv o‘tkazmaydigan to‘rtinchi to‘siq bor edi. Biz to‘siqdagi eshikdan o‘tib, yuksak malakali injener kapitan Nemo «Nautilus»ni harakatga keltiradigan mashinalarni o‘rnatgan zalga kirdik.

      Juda yaxshi yoritilgan zalning uzunligi kamida yigirma metr kelardi. Zal ikkiga bo‘lingan edi. Birinchisida elektr energiya hosil etadigan elementlar, ikkinchisida kema parragini harakatga keltiruvchi mashinalar turar edi.

      Zaldagi allaqanday g‘alati bir hid meni taajjubga soldi.

      Kapitan Nemo sarosimaga tushib qolganimni sezdi.

      – Bu natriy olganda ajraladigan gazning hidi, – dedi u. – Hechqisi yo‘q, arzimagan noqulaylik. Biz baribir har kuni ertalab butun kemani shamollatib olamiz.

      Men «Nautilus» mashinalarini qiziqib tomosha qildim.

      – Ko‘rib turibsizki, – dedi kapitan Nemo, – men Rumkorf elementlaridan emas, balki Bunzen elementlaridan foydalanyapman. Rumkorf elementlari menga kerakli quvvatni berolmasdi. Bunzen batareyalari menda ko‘p emas, ammo har biri ham juda kuchli. Batareyalar hosil etgan elektr zalning qarama-qarshi tomoniga uzatiladi va u yerdagi ulkan elektr motorlarni harakatga keltiradi. Bular esa o‘z navbatida transmissiyalarning juda murakkab sistemasi orqali eshkak valini aylantiradi. Bu valning diametri oltmish santimetr, uzunligi yetti yarim metr. Shunday katta bo‘lishiga qaramay, val aylanishining tezligi sekundiga bir yuz yigirmataga yetadi.

      – Siz tezlikni…

      – Soatiga ellik milya.

      Bu yerda allaqanday sir bor edi, ammo surishtirib olishga yuragim dov bermadi. Qanday qilib elektr shu qadar kuchli energiya berishi mumkin? Bu misli ko‘rilmagan, deyarli cheklanmagan kuchning manbayi qayerda? Buning siri yuqori tok beriladigan katushkalarning yangi namunalaridamikin yoki transmissiyalar sistemasidami?

      Bunga sira aqlim yetmasdi.

      – Kapitan Nemo, – dedim, – men muvaffaqiyatlar oldida bosh egaman va bunga qanday erishganingizni o‘ylab ham o‘tirmayman. Men «Nautilus»ning «Avraam Linkoln» atrofida manyovr qilganini ko‘rdim va u naqadar katta tezlik bilan suza olishini bilaman. Ammo birgina tezlikning o‘zi bilan ish bitmaydi-ku. Qayoqqa borayotganingni ham ko‘rib turish kerak-ku. Kemani yuqoriga, pastga, chapga, o‘ngga yo‘naltirish imkoniyati ham bo‘lishi kerak-ku. Siz bularning hammasini bosim yuzlab atmosferaga yetadigan juda chuqur yerlarda qanday boshqarasiz? Qanday qilib okean sathiga ko‘tarilasiz? Nihoyat, o‘zingiz tanlab olgan suv qatlamida kemaning to‘g‘ri harakat qilishiga qanday erishasiz? Bu qadar ko‘p savol berib, odobsizlik qilmadimmikin?

      – Mutlaqo, professor, – deb javob berdi kapitan biroz ikkilanishdan keyin. – Axir siz bu suvosti kemasidan hech qachon ketmaysiz-ku. Qani, salonga yuring. Mening ishlaydigan xonam o‘sha yerda. Ana o‘sha yerda «Nautilus» haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsani aytaman.

      O‘n uchinchi bob

      BIR NECHA RAQAMLAR

      Bir necha daqiqadan so‘ng biz salondagi divanda sigara chekib o‘tirar edik.

      Kapitan Nemo menga «Nautilus» ham uzunasiga, ham ko‘ndalangiga ko‘rsatilgan chizmalarni berdi. So‘ng tushuntira boshladi.

      – Mana bu, janob Aronaks, siz turgan kemaning chizmalari. U uzun silindr shaklida bo‘lib, chekkalari konusga o‘xshaydi. Ko‘rinishdan sigaraga o‘xshaydi, sigarasimon shakl Londonda bunday konstruksiya uchun juda qulay hisoblanadi. Silindrning u boshidan bunisigacha uzunligi roppa-rosa yetmish metr bo‘lib, o‘rtasida eng keng joyi eniga sakkiz metr. Men tezyurar kemalardagiday odatdagi mutanosiblik bo‘yicha enining uzunligiga nisbatini birga o‘n qilib olmadim, biroq shunga qaramay men olgan mutanosiblikda ham kema tumshug‘idagi qarshilik uncha ko‘p emas va siqib chiqarilgan suv suzishga xalaqit bermaydi. Bu miqdorlar «Nautilus»ning maydoni va hajmini hisoblash imkonini beradi. Sirti bir ming o‘n bir kvadrat metr, hajmi bir ming besh yuz kub metrdir. Shunday qilib, kema suvga to‘la cho‘kkanda, u bir ming besh yuz kub metr yoki bir tonna suvni siqib chiqaradi.

      Suv ostida suzishga mo‘ljallangan bu kema planini tuzayotganimda o‘z oldimga u suvga tushirilganda hajmining o‘ndan to‘qqizi dengizga cho‘kishi va o‘ndan biri esa suvdan chiqib turishi kerak, degan vazifani qo‘ydim. Shunday bo‘lganda kema o‘z hajmining o‘ndan to‘qqizini yoki bir ming uch yuz ellik kub metr suvni siqib chiqarishi, vazni ham shuncha tonna bo‘lishi kerak edi. Binobarin, men ana shu og‘irlikdan ortiqchasiga yo‘l qo‘ymasligim kerak edi. «Nautilus»ning ikkita korpusi bor: biri ichki va ikkinchisi tashqi; ular o‘zaro ikki tavrli kesimi bo‘lgan temir to‘sinlar bilan biriktirilgan; bu to‘sinlar kemani juda mustahkam tutadi. Chindan ham shunday qurilma tufayli ichi kovak «Nautilus» quyma jismday mustahkam. Uning qoplamasi egilmaydi; pishiq qilib ulangani va bir xil materialdan bo‘lgani uchun eng notinch dengiz ham unga cho‘t emas. Bu ikki korpus po‘lat taxtalardan iborat. Ichki korpus taxtalarining qalinligi salkam besh santimetr va uning vazni uch yuz to‘qson tonna. Tashqi korpus, balandligi ellik va eni yigirma besh santimetr hamda og‘irligi oltmish tonnali kemaning tag to‘sini, mashinalar, ballast46, barcha boshqa uskunalar, jihozlar, ichki devorlar va tirgovuchlar – hammasining umumiy vazni salkam to‘qqiz yuz tonna, ichki korpusining uch yuz tonnasi bilan qo‘shib hisoblaganda, zarur miqdordagi bir ming uch yuz ellik tonna bo‘ladi. Tushuna oldingizmi?

      – Tushundim.

      – Shunday qilib, – deya davom etdi kapitan,– «Nautilus» suv sathida turganida, shu og‘irligi bilan uning o‘ndan bir qismi tashqarida turadi. Binobarin, agar kemada ana shu o‘ninchi qismining og‘irligiga teng hajmda, ya’ni bir yuz ellik tonna sig‘imli rezervuar bo‘lganda va bu rezervuarlar suv bilan to‘latilsa, «Nautilus» bir ming besh yuz kub metr yoki xuddi shu miqdor og‘irlik – bir ming besh yuz tonnani siqib chiqarib, suvga to‘la cho‘kar edi. Amalda ham shunday qilinadi. «Nautilus»da rezervuarlar bo‘lib, bular uning pastki qismida joylashtirilgan. Kranlar ochib yuborilsa bas, ular suvga to‘lib, kema dengiz sathi bilan bab-baravar bo‘lib cho‘kadi.

      – Ofarin, СКАЧАТЬ



<p>46</p>

Ballast – kemaning muvozanatini saqlash uchun qo‘yilgan yuk.