Название: PEDAGOGIKA
Автор: J. Hasanboyev
Издательство: Asian Book House
isbn: 978-9943-5878-0-7
isbn:
A)Ota-ona xohishiga B) O‘quvchilarning bilimiga
D) Bilim va kasbiy qiziqishga E) Jamoa fikriga
Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamoq bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navuiy
2-MAVZU: PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI
Reja:
1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya. O‘qitish, ma’lumot).
2. Pedagogika fanining metodologik asoslari.
3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.
4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mavzuning maqsadi:
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari, kategoriyalari, metodologik asoslari, tarmoqlari va uning ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot berish hamda pedagogika faniga qiziqishni uyg‘otish.
Mavzuning vazifalari:
– pedagogika fanining ijtimoiy ahamiyati, maqsadini yoritish;
– pedagogika fanining metodologik asoslarini ko‘rsatish;
– pedagogika fanining va boshqa fanlar bilan aloqalarini asoslash;
– pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarining vazifalarini belgilash va hokazo.
Tayanch ibora va atamalar: pedagogika, tarbiya, ta’lim, ma’rifat. ma’naviyat, madaniyat, ta’limning milliy modeli, ma’lumot berish, o‘qitish, bilim, pedagogikaning asosiy funksiyasi, didaktika, xususiy didaktika, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, maktabshunoslik, oila pedagogikasi, maktab ta’limi pedagogikasi, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, oliy ta’lim pedagogikasi, xususiy pedagogika, defektologiya, qiyosiy pedagogika, milliy pedagogika.
2.1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, o‘qitish, ma’lumot)
Pedagogika – tarbiyaning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir, Pedagogika – yunoncha, pais – bola, agogos – yetaklash – bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarining cfzgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir.
Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda. qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og‘zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblarda asoslab berilgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o‘z mavqevini mustahkamladi.
Pedagogika fani ta’riflari to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud.
«Pedagogika – tarbiya haqidagi ta’limot. tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta’lim sohasiga tegishli bilimlar yig‘indisi»;
Unda yosh avlodni va kattalarni tarbiyalash haqida bahs yotadi. Ta’riflarni umumlashtirib, pedagogika tushunchasini quyidagicha ifo- dalash mumkin (2.1.1 – shaklga qarang).
Ta’riflarda keltirilgan tarbiya, ta’lim va ma’lumotlar berish ter- minlari haqida qisqacha ma’lumotni keltiramiz:
1. Pedagogika fani tarbiya jarayonining qonuniyatlari tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi.
«Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi».
2.1.1-shakl. «Pedagogika» da ta’lim-tarbiya va ma’lumot hosil qilinishi.
Demak, tarbiya – ijtimoiy hodisa bo‘lib, insonning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat bilan birga paydo bo‘lib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat bo‘lib, u avloddan avlodga o‘tib boraveradi.
Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, adolatga nisbatan qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.
2. Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya’ni, o‘qituvchi va o‘quvchi fao- liyati) jarayon bo‘lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini ham bajaradi.
O‘qitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.
O‘qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi.
2.1. «Ta’limning milliy modeli – O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yangilangan sog‘lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish. ta’lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual ma’naviy va axloqiy saviyasiga ko‘ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo‘yicha belgilangan nazariy-metodologik. amaliy pedagogik yondashuvlar majmuyi. Ta’limning milliy modelida ma’naviy intellektual jihatdan barkamol shaxsning o‘z ijodi, qobiliyatini to‘la namoyon etishini ta’minlash ko‘zda tuti- ladi».
3. Ma’lumot berish – bu o‘rganilayotgan obyekt (ta’lim-tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchi va h.k.)ning muhim xususiyatlari va xossalari haqidagi ma’lumotlarni ifodalash jarayoni bo‘lib, unda obyekt to‘g‘risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi.
Ma’lumot berish – bunda nafaqat o‘qitish, balki o‘ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim. hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dun- yoqarashlar majmuyi.
Bilimlar-odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan va umumlashgan tajribasi. Ilmiy bilimlar obyektiv olamni ancha to‘g‘ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas. ular hammasi o‘zgarib, takomillashib boradi.
Bilimlar СКАЧАТЬ