PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 4

Название: PEDAGOGIKA

Автор: J. Hasanboyev

Издательство: Asian Book House

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-5878-0-7

isbn:

СКАЧАТЬ oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

      Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizidagi ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.

      Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.

      O‘zbekiston Respublikasida quyidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat koisatadi:

      Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish. shaxsning ijodiy ta’lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspi-antura, adyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi dip- lomga ega bo‘lish huquqini beradi.

      Har ikki daraja (aspirantura, doktorantura)da ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.

      Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo‘ladilar.

      Maktabdan tashqari ta’lim – maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik vajismoniv shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texni kaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarni qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.

      4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy-tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy-tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning. ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

      Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan: «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».

      5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi. kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

      «Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».

      «Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o‘quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag‘batlantiradi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

      Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisba- tan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab. yetishtirish yo‘lida uzluksiz ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash majbariyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylanadi.

      Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o‘zbek xalqining milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanib kelingan bo‘lib, u o‘zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatchilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni paytda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi.

      Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan.

      1.3. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar

      O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro sifatida yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».

      Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglashiladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?

      O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.

      O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

      O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

      1. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

      2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.

      3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.

      4. O‘qituvchi pedagogika СКАЧАТЬ