PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 21

Название: PEDAGOGIKA

Автор: J. Hasanboyev

Издательство: Asian Book House

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-5878-0-7

isbn:

СКАЧАТЬ siyosati asosiy omil bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2008-yilning «Yoshlar уiIi» va 2010-yilning «Barkamol avlod yili» deb e’lon qilinishi hamda ushbu yillar bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishlarning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma’nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib, belgilab berdi. Bunda «Sog‘lom hayot», «Sog‘lom turmush tarzi», «Sog‘lom avlod», «Sog‘lom millat», «Sog‘lom e’tiqod», «Sog‘lom xalq», «Sog‘lom ong», «Sog‘lom muhit», «Barkamol avlod», «Komil inson» va shu kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati ifodalanib, hozirda xalqi- miz turmush faoliyatining asosiga aylana boshladi. Bular Vatanimiz ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini yuksaltirishda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

      Xalq sog‘lom turmush tarzi muhiti yaratilganligini quyidagi omillar orqali anglash mumkin:

      – milliy qadriyatlarga sadoqat ruhining mavjudligi;

      – jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabat-

      ning mavjudligi;

      – tinch va farovon hayot yaratishga intilish;

      – ijtimoiy ma’naviyatni yuksaltirishga intilish;

      – sihat-salomatlik («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Uni- versiada» va boshqa shu kabi respublika miqyosidagi musobaqalar) masalalarining doimiy ravishda davlat va jamiyat e’tiborida turishi;

      – sog‘lom muhitning har bira’zosi o‘zsog‘ligi haqida qayg‘urishni kundalik vazifasi deb bilishligi va boshqalarni ham ushbu yo‘nalishga da’vat eta olish qobiliyatiga egaligi;

      – sog‘lom muhit a’zosi o‘z qadriga yetishni bilsin, ya’ni bunda «Kecha – > Bugun —> Ertaga» degan tizim asosida fikr yurita olishi;

      – sog‘lom muhitning har bir a’zosi ortiqcha, reaksion, mantiqsiz fikrlardan xoli boimog‘i lozim, ya’ni ular ongida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmasligi lozim.

      Bu omillar inson ongi, dunyoqarashi va munosabatlarini muntazam ravishda takomillashib borishini baholay olish imkoniyatini beradi. Bunda «Kecha – > Bugun—> Ertaga» tizimining uzluksizligi va uzviyligi bor. Bu yerda «Kecha» so‘ziga o‘tmishdagi boy merosimiz haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri keladi, ya’ni buyuk qomusiy olimlarimiz va hadis ilmi sohiblarining ijodi, faoliyatini ibrat- namuna qilib ko‘rsatish hamda tarixiy-badiiy adabiyotlardagi, jumladan, «Alpomish». «Go‘ro‘g‘li», «Avazxon» va boshqa dostonlardagi botir pahlavonlarning odamiyligi, insonparvarligi, mehnatkashligi, do‘stlik va muhabbatga sadoqatlari ham shu yo‘nalishdagi ma’lumotlardir.

      Yuqoridagi tizimning «Bugun» so‘ziga barkamol avlod tarbiyasiga hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘ri keladi. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari», «O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini tubdan isloh qilish», «O‘rta umumiy ta’limni rivoj lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi tadbirlarning qabul qilinishi, shuningdek, yoshlarimizga bugungi kunda rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘z intellektual salohiyatini rivojlantirib kelishiga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda turli yoshlarimiz kamolotiga mos sport musobaqalarining tashkil etilishi yoshlarimizning har tomonlama kamol topishiga keng imkoniyatlardir.

      Hozirgi kundagi yoshlarimizda o‘z ma’naviy yetukligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar mavjud. Shu sababli ham ularning zimmasida o‘zlarini ma’naviy sog‘lom qilish evaziga jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada yuksaltirishga muhim hissa qo‘shishdek muqaddas burch turibdi. Ana shundagina bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi. Bu o‘z navbatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tay- yorlashni kafolatlaydi.

      Mavzularni miistahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

      1. «Shaxs» tushunchasiga ta’rif bering.

      2. «Shaxsning rivojlanishi» deganda nimani tushunasiz?

      3. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillar nimadan iborat?

      4. Shaxsning shakllanishiga muhit qanday ta‘sir ко‘rsatadi?

      5. Shaxsning rivojlanishida tarbiyaning rolini tushuntiring.

      6. Bola shaxsining yosh davrlari qanday guruhlarga bo‘linadi?

      7. Nima uchun o‘smirlik davr ini «bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri» deyiladi?

      8. О‘smirlik davrida bola shaxsining rivojlanish jarayonini izohlang.

      9. Barkamol shaxs tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?

      10. Barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirish bosqichlarini tushuntiring.

      11. Barkamol shaxs tarbiyasida g‘ovaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik nimani anglatadi?

      12. Barkamol shaxs tarbiyasining та‘naviy-marifiy asoslarini izohlang.

      Test savollari 1. Shaxs bu…

      A) Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli ongli faoliyatning subyekti bo‘lmish induvid

      B) Ongli mavjudot

      D) Nutqi va ongli rivojlangan insonlar

      E) Hamma javoblar to‘g‘ri

      2. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…

      A) Biologik omil, muhit, tarbiya

      B) Inson faoliyatini boshqarish

      D) Tarbiya

      E) Biologik omil, muhit

      3. Go‘daklik davriga qaysi davr kiradi?

      A) Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr

      В) Chaqaloqlik, tug‘ilgandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr

      D)Maktabdagi tarbiya yoshi

      E)Barcha javoblar to‘g‘ri

      4. Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri qanday davr deb ataladi?

      A) Bolalik davri

      B) Maktabgacha tarbiya davri

      D) o‘smirlik davri

      E) Balog‘at davri

      5. «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarining muallifi kim?

      A) Yan Komenskiy

      B) Ushinskiy

      D) Yusuf Xos Hojib

      E) Abdulla Avioniy

      6. «Individ» so‘zining ma’nosi…

      A) Yagona. bo‘linmas, yarim shaxs

СКАЧАТЬ