PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 17

Название: PEDAGOGIKA

Автор: J. Hasanboyev

Издательство: Asian Book House

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-5878-0-7

isbn:

СКАЧАТЬ shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

      Mavjud ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

      Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda, shaxs rivojlanishiga ta’sir etadi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.

      Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

      1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola o‘z ona tilini, atrofini o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni ta’lim olish yo‘li bilan o‘rganadi. Ma’lum bilim ko‘nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.

      2. Tarbiya yordamida kishining tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar. ko‘r, soqov va h.k) bilan tug‘iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sog‘lom kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin.

      3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta. qimor o‘ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o‘rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.

      4. Tarbiya – istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta’minlashda ilg‘or rol o‘ynaydi.

      Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola mavjud bo‘lgan mikromuhit mazmunini, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyati belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o‘quvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilari bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu munosabatlar bolaning rivojlanishida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bolaga ularning ta’siri o‘zaro muomala-munosabatida bo‘ladi. Ana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o‘zi uchun andoza tanlaydi.

      Ijtimoiy munosabatlar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki jamiyatda bola kattalar, tengdoshlar, tarbiyachilar va turli jamoalar qurshovida bo‘ladi, u savollar beradi, kuzatadi, mulohaza qiladi. Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga. yaxshini yo‘londan ajratib olishga, o‘z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi. axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o‘zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi. Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kunlik harakat zarur. Faoliyat yordamida bola atrof-muhit bilan munosabatda bo‘ladi, shu orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, tafakkur qilish darajasi yuksaladi, xarakter sifatlari takomilla- shib, kamol topadi.

      3.2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi

      Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat – o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta’lim-tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kel- maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina, uning tug‘lna layoqatini uyg‘otadi, iste’dod qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.

      Tarbiyalash jarayoni

      Tug‘ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yig‘laydi. Ammo ular katta bo‘lganlarida, turli mavqega ega bo‘ladi. Nima uchun?

      Bola o‘z onasidan tug‘ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qornida tarbiya oladi.

      Tarbiya insonning o‘z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kim o‘z onasidan «yo‘lon» bo‘lib tug‘ilmaydi. Tug‘ilgandan keyin ham hech bir ota-ona o‘z bolasini yo‘lon bo‘lishini xohlamaydi, balki uni ardoqlab o‘stiradi.

      Har qanday vomonlik, gunoh ishlar tarbivasiz (bilimsiz. ma’naviy qashshoq)likdan kelib chiqadi.

      Shaxs kamolotida tarbiyaning o‘rni haqida Demokritning quyidagi fikri qimmatlidir: «Insonni inson qilib o‘stiruvchi narsa bu tarbiyadir».

      Shaxs faoliyatida ta’lim-tarbiya va ilm muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli inson buyuk shaxs bo‘lib yetishadi. Ulardan ayrimlarini ibrat – namuna sifatida keltiramiz.

      Alisher Navoiy – she’riyat mulkining sultoni, uning adolatli jamiyat qurish haqidagi ta’limoti ma’lum va mashhur. U 4–5 yoshlaridayoq she’r yozishni mashq qilgan. Vatanimizda bir necha joylar: o‘quv yurtlari, viloyatlar va tumanlar, xo‘jaliklar, ko‘cha va xiyobonlar, teatrlar, metro beketlariga buyuk bobokalonimiz no‘llari bilan ataladi hamda haykallar o‘rnatilgan. Bulardan tashqari Moskva va Tokio (Yaponiya) shaharlarida uning haykallari bor. Navoiy uning taxallusi bo‘lib, «navo‘ – bu kuy degan ma’noni, «navoiy» so‘zi esa «kuy egasi», «kuvlovchi» ma’nolarini antilatadi.

      Demak, to‘g‘ri tarbiya insonni ilmli, bilimli, ongli, madaniyatli, ma’rifatli qiladi va hattoki, komil inson darajasigacha yuksaltiradi.

      Inson tarbiya orqali komillik sari «ko‘kka bo‘y cho‘zadi» va unda eng yaxshi «yo‘ldosh» hayotda olinadigan ibrat-namuna va kitob mutolaa qilish orqali bilimli-ma’rifatli bo‘ladi.

      Qobiliyat va iste’dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqishi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi IV asr) omma orasida gapirgan nutqlari dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Demosfen duduq, ovozi qaltiroq, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. Uning bir yelkasi oldinga turtib chiqib turar edi. Demosfen kamchiliklarini tuzatish uchun o‘zi ustida tinimsiz ishladi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib olib, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgandi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o‘qidi, ovozini charxladi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha yelkasi har gal oldga chiqqanda, qilich yelkasiga sanchilar edi. Demosfen shu tariqa haftalab uydan chiqmasdan notiqlikni o‘rganish uchun mashq qildi. Oxir-oqibat o‘zi ko‘zlagan maqsadga erishdi va atoqli notiq sifatida shuhrat qozondi.

      Mashhur kishilar hayotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridan asosiy narsa – uzluksiz izlana bilish, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetishish yo‘llarini izlash omilidir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularga fan asoslarini chuqur singdirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi va uni ro‘yobga chiqarish uchun СКАЧАТЬ