PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 18

Название: PEDAGOGIKA

Автор: J. Hasanboyev

Издательство: Asian Book House

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-5878-0-7

isbn:

СКАЧАТЬ o‘qishdan orqada qoluvchi o‘quvchilardan qutilish yo‘llarini qidiradilar. Ularni yo sinfda qoldirish yoki boshqa maktabga o‘tkazish yo‘llarini izlaydi va bunga erishadi ham. Bu kabi choralarni qo‘llash bilan biz o‘quvchilar tarbiyasini tashkil etishda ko‘zlagan maqsadga erisha olmaymiz.

      Fanlardan o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato, o‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi, har bir o‘quvchining yoshini va psixologik xususiyatini chuqur o‘rganishi, uning qiziqishi va istaklarini aniqlashi, ularni hisobga olgan holda pedagogik chora-tadbirlarni qo‘llashdir. Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.

      Xulosa qilib aytganda, rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek, pedagogika fanining eng muhim vazifasi – shaxs rivojlanishini har jihatdan o‘rganishdir va o‘qituvchining ishda muvaffaqiyat qozonish sharti – o‘z o‘quvchilarining xislat va xususiyatalirini bilish.

      3.3. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

      Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga muvofiq kelishi muhim sanaladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning ruhiy xususiyatlarini bilishi, ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro‘y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi.

      Shaxsning rivojlanib, kamol topishi. hayotning hamma bosqichida bir xil bo‘lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan yosh avlod o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalar- ning. O‘quvchi – tarbiyalanuvchilarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.

      Bu o‘ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Yosh xususiyatlarni hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrida bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir. Shundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi.

      Tibbiyot, odam anatomiyasi. yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi va psixologiyasi hamda pedagogika fanlari asoslariga ko‘ra, bolaning yosh davrlarini quyidagi guruhlariga bo‘lish mumkin (3.3.1- shakl).

      3.3.1-shakl

      Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan yosh davrining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlardagi o‘zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha to‘xtalamiz.

      Go‘daklik davri. Yangi tug‘ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo‘ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo‘lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo‘lib, bu faollik, avvalo. qo‘l va oyoqlarning refleks yo‘li bilan harakatlanib turishida ko‘rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo‘ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5–6 haftalarda yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi. Begona odamlarni «yoqtirmay» bezovtalanadi.

      Go‘daklik davrida bola birmuncha tajriba to‘plashi bilan uning idrok va tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. Odatda, besh-olti oylik bola o‘tiradigan bo‘ladi, so‘ngra emaklab, tik yurishga harakat qila boshlaydi, 1–2 yoshda qadam qo‘yib, yura boshlaydi.

      Bola yarim yoshdan oshgach, «g‘uldirab» so‘zlaydi hamda atrofdagilarning gaplarini tushuna boshlaydi va unda asta-sekin passiv nutq o‘sadi, ikki yoshga qadam qo‘ygach, faol nutqni o‘zlashtirib, gapira boshlaydi. Nutq va tafakkurning o‘sishi bilan bolaning atrof- dagi kishilarga munosabati murakkablashib, o‘ziga xos mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ushbu holat bola ruhiyatining o‘sishiga yordam beradi. Yasli davriga qadar bola aniq gapiradigan va o‘zi mustaqil yura oladigan bo‘ladi. Shuningdek, bolaning harakatchanligi, tafakkur va nutqi zo‘r berib taraqqiy etadi. Bu davrdagi bola tafakkuri «predmet tafakkuri» bo‘lib, u o‘zi idrok qilgan, ko‘rgan narsalar haqida fikr yuritadi. Uning tafakkuri predmetlarga munosabatida ko‘rinadi.

      So‘z yuritilayotgan davrda, bolaning hissiy kechinmalari yuzaga kela boshlaydi. Dastlab ta’m bilish hamda teri sezgilari orqali qabul qilishlarga nisbatan organik hislar namoyon bo‘ladi. Keyinchalik ehtiyoj, erkalanish va yaqinlariga mehribonlik sezgilari, g‘azablanish, qo‘rqish hamda zavqlanish kabi sezgilar namoyon bo‘ladi.

      Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko‘rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o‘yin o‘ziga xos o‘rin

      tutadi, o‘yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo‘ladi. Bolani o‘yinning mazmunidan ko‘ra o‘ynalayotgan buyumlar (o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlar) hamda o‘zining harakatlari ko‘proq zavqlantiradi.

      Mazkur yosh davrida. bola faoliyatida ixtiyorsiz faollik bilan bir qatorda, ixtiyoriy diqqat ham o‘sa boshlaydi. Bu davr bola «men» ligining vujudga kelishi bilan ham xarakterlidir. U tevarak-atrofdagi bolalar bilan o‘zini solishtiradi, o‘zining ulardan ustun jihat- larini qidira boshlaydi. Bunday holatlar uning «men, o‘zim» so‘zini keng qo‘llashda seziladi.

      Olti yoshga qadar bola dunyoni. ijtimoiy borliqni to‘laligicha idrok etadi. Uning atrofdagilar bilan munosabat doirasi kengayib boradi. Bu esa uning nutqi va tafakkurini yanada o‘stiradi. Munosabatlar doirasining kengayib borishi, unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi.

      Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri aniq tafakkur bo‘lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o‘sha narsalar haqida fikr yuritadi. Shu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalarga qiyoslab. tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Atrorfdagilar bilan muomalada bo‘lish asosida bolada ma’naviy qarash shakllanadi, endilikda u turli harakatlarni «yaxshi». «yo‘lon» deya baholab boradi. Bu davrda bola hayotda o‘yin bilan birga faoliyatning boshqa turlari ham ahamiyatli bo‘lib boradi, dastlabki mehnat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi: rasm chizadi, loydan, qumdan shakllar yasavdi. Shuningdek, ular kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqni bajarib boradilar. Ularni kuchlari etadigan ishlarga jalb qilish yaxshi samara beradi.

      Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to‘lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e’tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko‘ra maktabga, ta’lim olish- ga to‘la tayyor bo‘ladi.

      O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6–7 yoshdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davrga qadar bola hayotida muhim o‘rin tutgan o‘yin faoliyati o‘z o‘rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o‘qish faoliyatiga bo‘shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas’uliyatli mehnat» ga o‘tish qiyin kechsa-da, u asta- sekin bunday sharoitga ko‘nika boradi.

      Kichik maktab yoshi o‘quvchilari ijtimoiy borliq haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsalar ham ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini bilishga qiziqadi. Maktabda tashkil etilayotgan ta’lim jarayoni bolaning aqliy faoliyati uchun zarur bo‘lgan fazilatlarning tarkib topishini ta’minlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar jismoniy jihatdan bir maromda o‘sadi, o‘g‘il va qizlar gavda tuzilishi jihatdan bir-birlaridan deyarli farq qilmaydi. Ularning bo‘yi o‘rtacha 120 sm, og‘irligi 22 kg atrofida bo‘ladi. Suyaklarda tog‘aylik holati o‘sadi. Naysimon ilik suyaklari, asosan, eniga o‘sadi, tuzilishi takomillashib boradi va 12 yoshda bu suyaklar СКАЧАТЬ