Название: Беш болали йигитча
Автор: Худойберди Тухтабоев
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-08-835-1
isbn:
To‘lg‘on xolam frontga ketgan ikki o‘g‘li bilan ukasiga atab uchta xaltada quruq meva olib chiqibdi, borgan kuniyoq darrov bergin, onang soppa-sog‘ yuribdi deb qo‘ygin, dedi-yu, ko‘ngli buzilib ketdi shekilli, to‘satdan yig‘lab yubordi. Ketidan Parpi buvam bilan xotini To‘xta xolamlar chiqishdi. Buvam otamning ota avlodidan bo‘lar ekan. Umuman, qishloqda bizning urug‘larimiz juda kam. Bor-yo‘g‘i shu Parpi buvam, xolos. Opamning bo‘lsa urug‘laridan hech kim qolmagan deyishadi. Parpi buvam bilan To‘xta xolam ham o‘g‘illariga atab sovg‘a-salomlar olib chiqipdi. Buvam hassaga tayanib, oqsoqlana-oqsoqlana zo‘rg‘a yurib chiqti. Ko‘zini mo‘ltillatib boshi-boshi qilgancha ichkariga, erkaklarning oldiga kirib ketdi-yu, o‘tirganlardan bitta-yarimtasi ko‘ngliga yoqmadi shekilli, darrov orqasiga qaytib chiqdi.
– Polvon, qani beri kelchi, – deb dadamni chaqira boshladi, so‘ng hovli o‘rtasida tik turgan kelini yotqizib, yonma-yon o‘tirishgach, xo‘rsina-xo‘rsina so‘zini davom ettirdi: – Xudo nasib qilib o‘g‘illarimni ko‘radigan bo‘lsang, uchovining ham peshanasidan o‘pib qo‘ygin, xudoyo boshlari toshdan bo‘lsin. Mana bunisi – o‘risvoyga, ichida quloqchin bor, darrov kiyib olsin, nomard kelinim er qilib ketganini aytma, ko‘ngli eziladi… Mana bunisi – Anorvoyga, tezroq bergin, ichida patiri bor, qotib qolmasin tag‘in. Mana bu, ola xalta, esingda bo‘lsin, olasi, kenjatoyimga… Esizgina, bola g‘o‘r edi-ya! Endi o‘n oltiga to‘luvdi-ya! Meli baqqolning chaquvi bilan ketdi bola… Eson-omon qaytib kelsalaring, bu ziqna baqqolning ta’zirini o‘zlaring berasizlar. Inshoollo, o‘sha kunlarga yetaylik… Kenjatoyimga aytgin, rasmini jo‘natsin, juda sog‘indim, har kuni tushimga kiradi… Tavba qildim-ey, nuqul oyog‘imni uqalaydi, degin… Bolala-chaqangdan tashvishlanma, xudo jonimni omon qo‘ysa, bularni xo‘rlatmayman, o‘rtadagi devorni ertagayoq buzib, hovlini bitta qilib olamiz. Mana Orifing ham katta yigit bo‘lib qoldi.
– Amaki, o‘zim yetimlik bilan o‘sib, yuragim to‘la qon edi, – sekingina dedi otam uning ovozi qaltirab ketgandek bo‘ldi. Ko‘zlarida miltillab yosh tomchilari ko‘rindi. Katta odam yig‘lasa, g‘alati tuyularkan. O‘zimni o‘ng‘aysiz seza boshlab, teskari o‘girilib oldim. Parpi buvam ertalab seni o‘zim kuzatib boraman, endi uyga kirib, oyoq qurg‘urga kepak qizdirib bosaychi, zora og‘rig‘i bosilsa deb, chorvoq orqali uylariga chiqib ketdi.
Ichkarida ancha-muncha odam to‘planib qoldi. Qo‘shnimiz, hozir kolxoz omboriga tungi qorovul bo‘lib ishga kirib olgan Meli baqqol, To‘ron amakim, urushda bir oyog‘ini yo‘qotib kelgan qiziqchi Roziq tog‘am, soy bo‘yida yashaydigan chapaqay Xo‘janazar aka, yoshyalanglar, keksalar kelishdi. Otam kuzda xumga musallas solib, ustini suvab qo‘ygan ekan, men ketsam buni kim ham ichardi deb, bugun o‘sha chapaqay Xo‘janazar aka ikkovlari suzishgandi, choynakda olib kirib har joy-har joyga quyib chiqdim. Mehmonlarga sho‘rva tortgach, men ham ostona yoniga cho‘kib, kattalarning gapiga quloq solib o‘tirdim. Urushdagi ahvoldan, biznikilar juda qattiq jang qilayotganligidan, bozordagi narx-navo oshib borayotganligidan nolib gaplashishardi. Bir xil yurtlarda qattiq ocharchilik boshlanib ketibdi. Odamlar ko‘chalarda sulayib qolayotgan emish, qo‘shni qishloqda o‘n bir kishi shishib o‘libdi. Bittasi sholining to‘ponidan non yopgan ekan, tandirda yonib ketibdi. Qo‘shni qishloqlik Dehqon shapka degan odam Isfaradan bug‘doy olib kelayotgan ekan, yo‘lda o‘ldirib ketishibdi.
Parpi buvam uyida o‘tirolmadi shekilli, darrov orqasiga qaytib chiqib, davraga qo‘shildi-yu, qiziq-qiziq gaplardan gapirib odamlarni kuldirishga tushdi.
– Roziqvoy, bu Girmonni bitta ko‘zi oldida, bitta ko‘zi orqasida bo‘ladi deyishadi, shu rostmi? – so‘radi buvam.
– Men bunaqasini kurganim yo‘q, – deb qo‘ydi Roziq tog‘a sho‘rva ho‘plab.
– Yo‘q, men haligi lashkarboshisini aytyapman.
– Unisiyam siz bilan menga o‘xshagan bir odam.
– Sen uni o‘z ko‘zing bilan ko‘rdingmi?
– Ko‘rganman.
– Ko‘rgan bo‘lsang, qani ayt-chi, o‘sha Girmon kofirmi, musulmonmi?
– Kofir.
– Kofir bo‘lsa, demak, bitta ko‘zi oldida, bitta ko‘zi orqasida bo‘lishi to‘g‘ri, sen payqamabsan. Qadimgi kitoblarda shunday deb yozilgan… Xo‘b, mayli, bunisini qo‘yaylik. Qani aytchi, o‘sha Girmonning har bitta o‘qi aravaning gupchagidek keladi, deyishyapti, shu to‘g‘rimi?
– To‘g‘ri, – tasdiqladi Roziq tog‘am, – lekin biznikilar ham ularnikidan qolishmaydi.
– Demak biznikilar ham zo‘r degin?
– Bo‘lmasam-chi, shunday o‘qlarimiz borki, nima desam ekan, hovlidagi kelini ko‘rdingizmi?
– Ko‘rdim.
– Har bitta o‘qimiz ana o‘sha kelidek keladi!
– Bay-bay-bay, – deya yoqasini ushladi Parpi buvam, – o‘sha o‘q bilan ham o‘ldirib bo‘lmayaptimi? Joni to‘ng‘iznikidan ham qattiq ekanda. Ha, ishqilib hukumat omon bo‘lsin.
Musallasni hammadan ko‘ra ko‘proq To‘ron amaki ichib, hammadan oldin mast bo‘lib qolgan ekan, oldiniga ko‘zlarini g‘alati suzib kulimsiragancha o‘y surib o‘tirdiyu, keyin to‘satdan tutaqib ketdi. Katta mushti bilan dasturxondagi tozalanmagan suyakni bir urdi-da:
– Roziq! – deb chaqirdi.
– Nima deysan? – so‘radi Roziq tog‘a ham hushyor tortib.
– Nima deb aljiyapsan o‘zing?
– Aljiganim yo‘q.
– Mana, dushmanni mendan so‘ra, elliktasini o‘ldirganman! Yoki yolg‘onmi?
– G‘irt yolg‘on! – dedi Roziq tog‘am boshqalarga qarab ko‘zini qisib.
– O‘zing yolg‘onchisan… Men o‘n marta nayzabozlik jangiga kirdim, har kirganimda beshtadan nemisni o‘ldirdim, ko‘kragiga mana bunday qilib nayza sanchib o‘ldirdim, bildingmi? Sen… sen… Parpi buva, men bitta nemisni kallasini qiyiqqa tugib, olib kelayotgan edim… Mana shu o‘zimizning Qo‘qonga kelganda, ug‘irlatib qo‘ydim, kisovur bolalar o‘g‘irlab ketishibdi…
– Yolg‘on, qip-qizil yolg‘on! – deb Roziq tog‘am o‘tirganlarga birma-bir qarab chiqadi.
– Yolg‘onmi? – qo‘ltiqtayog‘iga suyanib o‘rnidan tura boshladi To‘ron amaki.
– Yolg‘on! Agar ellikta nemisni o‘ldirgan bo‘lganingda qahramon bo‘larding. Ko‘ksing to‘la orden bo‘lardi!
– Orden dedingmi?
– Orden bor.
– Qani ko‘rsat-chi?
– Hoy Roziq, sen men bilan ko‘p pachakilashaver-ma, bildingmi! Men orden talashib urushganim yo‘q, qongaqon, jonga-jon deb urushdim, bildingmi. Gospitaldan chiqayotganimda yangi borgan askar bolalarga ordenlarimni esdalikka ulashib berdim. To‘ron tog‘angdek urushinglar dedim, bildingmi! Sen Roziq cho‘loq, razvedkachiman, shuhrat ordenim bor deb kerilaverma… Men… men serjant To‘ron O‘runov bo‘laman, generallar bilan qo‘l berib so‘rashganman! Serjant O‘runov slushayet, bildingmi..
To‘ron СКАЧАТЬ