Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 24

Название: Кинода режиссура ва драматургия

Автор: А. Митта

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978–9943–4497‒2‒5

isbn:

СКАЧАТЬ ishonib qolish mumkinmi? Yо‘q. Bu reja chuqur о‘ylab kо‘rilgan va aniq farqlanadigan bо‘lishi kerak. Peripetiyalar bu konstruktiv tuzilmada bizga yaxshi yordam qilishi mumkin.

      Qadimiy yunonlar bizga yaxshigina sovg‘a qilishgan. Undan foydalanmaslik ahmoqlik bо‘lardi. Hali ham shubha qilayotgan kishilar bо‘ladigan bо‘lsa, dramaning eng zukko faylasuflaridan biri bо‘lmish Fridrix Nitsshening sо‘zlarini о‘qing: «Dramada sahna va yorqin obrazlarning tuzilishi shoir sо‘z va tushunchalarga yuklay olganidan kо‘ra chuqurroq donishmandlik kasb etadi».

      KONFLIKT YUZMA-YUZ OLISH, YAKKAMA-YAKA KURASHDA G‘ALABA QOZON

      Shunday tushunchalar borki, ular hayotda sizga shunchalar tanish, gо‘yoki ular haqida gapirib о‘tirish ham zarur emasga о‘xshaydi – shusiz ham hammasi tushunarli. Konflikt nima ekanligini hamma biladi. Bu ikki tomon bir-biri bilan bahslashayapti, urushayapti, jang qilayapti, bir-birini о‘ldirishayapti deganidir. Butun umrimiz davomida biz atrofimizda minglab konfliktlar bilan duch kelamiz, ular haqida о‘z tajribamizdan bilamiz, televizor oqali kо‘ramiz, gazetalardan о‘qiymiz. Ammo kasbiy manfaat bu atamaga diqqat bilan qarashga majbur qiladi.

      Konflikt – dramaning kalit sо‘zidir. Drama kishilarning birbirlariga nisbatan qiladigan xatti-harakatlari bilan shug‘ullanadi, shu tufayli konflikt doimo bizning diqqat markazimizda bо‘ladi. Dramadagi har bir hissiy yoki intellektual qadriyatlarni biz faqat personajlarning konflikti orqali olamiz. Kishilarning dramadagi xatti-harakatlari mohiyatiga kо‘ra konfliktlidir. Agar konflikt yashirin yoki kuchsiz bо‘lsa, biz uni topamiz va rivojlantiramiz. Buni qanday qilish kerakligi – bizning kasbimizdir.

      Kasbimizda tez-tez bо‘lib turadiganidek, havaskorning soddadil tasavvurlari kasb ustasining tajribasi bilan tо‘qnash kelib qoladi. Ekrandagi voqealar qiziqarli bо‘lishi uchun drama tarkibida konfliktlar karkasi kundalik turmushda о‘z tirikchiligi bilan mashg‘ul kishining mantiqiga mos kelmaydgan bir holatda tuziladi. Ta’kidlaymiz, karkasi, ammo personajlarning xatti-harakatlari emas. Kundalik turmushda siz deyarli hech qachon odamning niyati haqida uning yuzi yoki tashqi kо‘rinishidan bila olmaysiz. Qotil sizning rо‘parangizda о‘tiradi, araq ichadi, siz bilan chо‘qishtiradi, tabassum qiladi. Va real hayotda qotilning miyasiga kirib, ayni shu daqiqada u о‘z tasavvurida sizning bо‘yningdan bо‘g‘izlayotganini aniqlaydigan dohiyona ziyraklik mavjud emas. Dramada bо‘lsa – buning uddasidan chiqamiz. Dramada biz ochiq va sirli, oddiy va murakkab narsalarni muvozanatga keltiramiz. Biz insonlar sir-sinoatini ochmoqchi bо‘lamiz, ammo bu narsaning tabiiy, gо‘yoki о‘z-о‘zidan sodir bо‘lishini istaymiz. Buning birgina yо‘li bor – u ham bо‘lsa, odamlarning konflikt paytidagi xatti-harakatlaridir. Sо‘z, odatda, aldaydi va haqiqiy niyatni yashiradi. Faqat xatti-harakatlargina odamlar yuzidan niqobini yechadi va ularning haqiqiy basharasini kо‘rsatadi. Bu xatti-harakatlar kishilarning о‘z ehtiyojlaridan kelib chiqishi lozim. Xatti-harakatlar muallifdagi emas, balki kishilardagi manmanlikni kо‘rsatishi kerak. Kishilarni konfliktda yuzma-yuz qо‘yish orqaligina biz bayon qiluvchining niyatlarini shunchalik chuqur bekita olamizki, ular hech kimning xayoliga kelmaydi.

      Bir safar taniqli amerikalik romannavis va ssenariynavis Mario Pyuzo shunday degan edi: «Bizlar, dramaturglar, kо‘cha harakatini tartibga soluvchilarga о‘xshaymiz. Faqat bitta farqimiz bor: biz telba tartibga soluvchilarmiz. Hayotda tartibga soluvchilar xavfsizlikni ta’minlaydi, biz esa dramada qarama-qarshi kelayotgan mashinalarni faqat bir-biri bilan tо‘qnashtirish haqida о‘ylaymiz. Biz halokatlarning yaratuvchilarimiz».

      Haqiqatan ham, real hayot janjallar, bahslar, mushtlashishlardan qochish uchun qilinadigan harakatlar bilan tо‘liq. U kelishuvlar va odatiy urf-odatlardan iborat. Dramadagi 10 daqiqa ba’zi kishilarning butun hayoti davomida sodir bо‘ladiganidan kо‘ra kо‘proq konfliktlarni kо‘rsatadi. Bu konfliktlarni kо‘rish, ularga kirishib ketish, hamdardlik qilish va hayajonlanish – mana nima uchun biz kinoga tushamiz. Ammo biz ancha-muncha shartli bо‘lgan bu tuzilma mutlaqo tabiiy, hayotiy chiqishini istaymiz. Bunga qanday erishish kerak? Konfliktni rivojlantrishga va unga emotsional kirishib ketishga yordam beruvchi qoidalar bor.

      Birinchi qoida: konfliktda yorqin, aniq ifodalangan kuchlar kurashadilar. Yaxshilik yomonlik bilan kurashadi. Yomon bolalar yaxshi bolalar bilan mushtlashishadi. Konfliktlarning eng yorqin uchqunlari kelishib bо‘lmaydigan kuchlarning tо‘qnashuvida, shayton farishta bilan jangga kirganda chaqnaydi. Murakkab shakllarda yomonlik yaxshilik niqobi ostida yashringan bо‘ladi. Farishta shunchalik yaxshi о‘ranib olgan bо‘ladiki, uni birdaniga tanib bо‘lmaydi. Bir-biri bilan kelisha olmaydigan raqiblarni – protagonist va antagonistni – topish hamda bilib olish – bu bizning vazifamizdir. Bizning muammomiz – personajlarning murakkab va kо‘pma’noli, ma’nosi о‘zо‘zicha kо‘rinib turmaydigan konfliktlariga oydinlik kiritishdir.

      Har bir yosh ijodkorning hayotiy tajribasi uning tasavvuri tufayli tug‘ilgan, hali hech kim tomonidan bayon qilinmagan va hech bir tanilmagan personajlar va holatlarni о‘rtaga tashlaydi. Personajlar – sizning noyob boyligingizdir, ammo ularni konfliktda tanib olish usullari anchayin universaldir. Personajlardagi farq qanchalik kuchli bо‘lsa, konflikt shunchalik yaxshi rivojlanadi.

      Tafovutlarni topish – ijodkorning vazifasidir, bu tafovutlarni konfliktda yuzma-yuz qо‘yish – kasb ustalarning texnologiyasidir.

      Chexov personajlaridagi tafovutlarga qaraymiz. Tanlab о‘tirmasdan qо‘lga tushgan istalgan bir novellani olsangiz ham g‘ayrioddiy va sо‘nggi chegarasiga yetkazilgan tafavutlarni kо‘rishingiz mumkin.

      A.Chexovning «Verajon» («Verochka») hikoyasi

      Ivan Alekseevich Ognev va Verochka – yolg‘iz, bir ijtimoiy darajadagi yoshlar. Ularning muhabbatiga nima xalaqit qiladi? Qiz 21 yoshda, yigit 29 da. Juda munosib, shunday emasmi? Verochka sarvqomat, chiroyli. U Ognevga butun vujudini qamragan, olovli muhabbatni izhor qiladi. Qiz lov-lov yonmoqda. Yigit bо‘lsa mutlaqo jonsiz, sovuqqalb, hissiyotlarga uquvi bо‘lmagan shaxs. Verochka titraydi va lovullab yonadi. Ognevning qalbi bо‘lsa muz emas, balki hatto toshning bir bо‘lagi. Verochka kо‘z yoshlari orasidan unga: «Men… men sizni sevaman», deb muhabbatini izhor qilmoqda. Ognevda esa bu izhor taraddud va qо‘rquv uyg‘otadi… U seva olmasligini aniq tushunadi: «Veradan yaxshi ayolni hech qachon uchratmaganman va hech qachon uchratmayman ham. O, it qarilik! 30 yoshdagi qarilik…»

      Chexov bizga qarama-qarshi tomonlarning – sevgiga boy, о‘zini sevgan kishisiga baxshida qilishga chanqoq otashin ojiz hilqat va begona sayyoradan kelganday ta’sirsiz, hissiyotsiz qahramonning ajablanarli konfliktini ochib bergan. Kо‘rayapsizki, qarama-qarshi tomonlar – nafaqat qonun doirasidagi kishilar va jinoyatchilar, boylar va о‘g‘rilar, kovboylar va hindular ekan.

      Oddiy ishchi formulani bilib olaylik: konfliktda farishta va iblis singari qarama-qarshi tomonlarning konfliktini izlash kerak. Muhabbat va qalb pokligini ifodalovchi barcha narsalar – bu farishtaga xos, nafrat, loqaydlik, о‘lim olib keluvchi barcha narsalar – iblisga xosdir. Muhabbatga layoqatsizlik – bu о‘lim. Bu tashxis: «30 yoshdagi qarilik». Badiiy tо‘qimadagi ikkita g‘aroyib hayotiy va tutruqsiz xarakterlar. Karkasda bо‘lsa farishta iblis bilan tо‘qnashayapti.

      Mana bu esa «Zinajon» («Zinochka») hazil-mutoyibasi – bu yerda farishta iblis bolasi bilan: birinchi muhabbati oldida ojiz yoshgina guvernantka Zinochka va uning orqasidan poylab yuruvchi о‘quvchisi, sakkiz yoshli tо‘polonchi, xо‘jayinlarning о‘g‘li duch keladi. Chexov xuddi muhabbat singari kuchli bо‘lmish nafratning tug‘ilishi hodisasining paydo bо‘lishini ifodalaydi. Bu narsa mana, 100 yildan sо‘ng ham aql bovar qilmaydigan, hayratga soluvchi, yorqin holatdir. Personajlarning: muhabbat olovi og‘ushidagi ojiz hilqat va befahm, muhabbat nimaligini СКАЧАТЬ