Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 23

Название: Кинода режиссура ва драматургия

Автор: А. Митта

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978–9943–4497‒2‒5

isbn:

СКАЧАТЬ qahramonning – kichik mansabdor Bashmachkinning shineli juda eskirib qoladi. Bashmachkinga izg‘irin va shamol xavf soladi. Peripetiyada baxtsizlikka tomon harakat boshlangan.

      Bashmachkin shinelini yamamoqchi bо‘ladi, ammo u yirtilib-titilib ketadi. Qahramonni sovuq qiynaydi, unga kasallik xavf soladi. Pog‘onama-pog‘ona u umidsizlikning eng sо‘nggi chegarasiga tushib boradi.

      Butunlay noiloj ahvolga tushib qolgach, uning qalbida qahramonlik qilish niyati tug‘iladi. U yarim yil davomida pul jamg‘aradi va yangi shinel tiktiradi.

      Baxt sari harakat boshlandi. U sahnama-sahna qat’iy bir yо‘nalishda: bir baxtdan ikkinchisiga, undanda kattaroq baxtga tomon intiladi.

      Boshida, yetishmovchiliklar va baxtsizliklar orasida, birgina kelajakdagi baxt haqidagi orzu qahramon qalbini qizdiradi. U xuddi bayroq singari uni g‘alabalar sari yetaklaydi.

      Nihoyat u g‘alaba qildi – shinel tikildi. Ammo bu narsa – issiqlik bag‘rida bо‘lish – tо‘kis baxtmikan?

      Peripetiyalar qahramonni oxirigacha – tо‘kis baxtgacha olib borishi kerak. Gogol ham bizni bosqichma-bosqich yanada yuksaklikka olib chiqadi. Bashmachkin, xizmatdagi eng sо‘nggi deb hisoblangan odam, bexosdan о‘zini hurmat qilish darajasiga erishadi. U о‘z departamentida kun qahramoniga aylanadi. Umrida birinchi marta xizmatdoshlari unga e’tibor qiladilar. Buni shinel qiladi.

      Ammo peripetiyalar Bashmachkinni baxt og‘ushi sari yuksaklikka tortadi. Devon boshlig‘ining о‘zi uning sharafiga qabul marosimi tashkil qiladi. Bashmachkindagi sо‘nib qolgan tuyg‘ular jonlanadi, u о‘zini erkakday his qila boshlaydi.

      Endilikda u yolg‘iz ham emas – shinel uning birdan-bir dо‘sti bо‘lib qoladi. U, xuddi sevikli yor singari, uni issiq bag‘riga oladi. U birinchi marta hayotdagi tо‘kis baxtni his qiladi. Kambag‘al amaldor uchun bularnig barchasi baxtning mumkin bо‘lgan eng yuqori chо‘qqisi edi.

      U baxt chо‘qqisiga erishganida bexosdan peripetiyalar buziladi va hammasi rasvo bо‘ladi. Qanday qilib?! Dahshat!

      Bashmachkinni tunab ketishadi. U yana bir о‘zi, sovuq urayapti. U g‘am-anduhda. Qahramon shineldan ayriladi va «baxtsizlik sari» peripetiya bо‘yicha umidsizlik qa’riga qulaydi.

      Ammo bu hali tо‘liq baxtsizlik emas. Bu baxtsizlik sari harakatning boshlanishi. «Baxtsizlik sari» peripetiyasi qahramonni tо‘liq mag‘lubiyat sari sudraydi.

      Keyingi bosqich – amaldorlarning loqaydligi uning yо‘qolgan sevgilisini topish uchun qilgan urinishlaridan noumid qiladi. «Umidsizlik sari» peripetiya chizig‘i oxirigacha chizilgan edi.

      Birdaniga yangi peripetiya yuzaga keladi. Peterburgda Qasos ruhi paydo bо‘ladi. Bashmachkin fantastik figura kо‘rinishida dramani о‘zining juvonmarg qilingan afsonaviy baxti uchun qasos sari yuqori kо‘taradi. Mana shunda kulminatsiya va katarsisga yetib kelinadi.

      Siz bu kichik durdona asarni о‘qimoqdasiz. Hammasi shunchalik tabiiy, shunchalik jonli. Ishonish qiyin, bir yarim asrdan sо‘ng ham bu asar nozikligi, kinoyalari, dunyo bechorahollariga rahmu shafqati bilan bizni ta’sirlantiradi. Biz hissiyotlarimiz oddiy dramatik peripetiyalarning aniq yо‘llanmalariga kо‘ra paydo bо‘layotganini va rivojlanayotganini aslo payqamaymiz. Turli-tuman, umidlari va baxtsizliklari, kundalik g‘amgin tashvishlari va kutilmagan bayramlari bо‘lgan kо‘p kishilik va yolg‘iz sahnalari bir-birining о‘rniga keluvchi butun bir qissada ular uchtagina. Keskin burilishlar personajlar baxt yoki baxtsizlik sari qilayotgan harakatlari oxirigacha yetgan paytlarida yuzaga keladi.

      Daholar durdona asarlarida erishadigan g‘ayrioddiy hodisa oddiy va aniq tuzilmalarga asoslangan ekanligini tanqidchilar payqamaydilar va payqashlari ham kerak emas. «Sindi Kroufordning taz bо‘g‘imi va nozikta’b qayrilgan qobirg‘alari deyarli yog‘ qatlamisiz muskullar tо‘qimasi tufayli kuchaytirilgan plastik effektni ta’minlab beradi», – degan jumlani eshitish g‘alati bо‘lardi. Ammo rassomlar modellarini chizayotganlarida bosh suyagini ham, muskullarini ham yodlarida saqlab turishadi – о‘n yillik akademik ta’lim davrida bu narsalarni ularning kallalariga rosa quyishadi. Bizga ham dramaning skeleti qay tarzda tuzilganini, ularga qanday muskullar quvvat berishini bilib qо‘yish yomon bо‘lmasdi.

      Balki biz dramatik peripetiya ta’sirining eng yaxshi namunasini inson dahosining eng poetik va dramatik yaratig‘ida – Injilda kо‘rarmiz.

      Iso hayotining kulminatsiyasida Sirli Oqshom fojiaviy peripetiyaning boshlanishiga aylanadi.

      1. Iso dо‘stlari orasida baxtiyor.

      2. Ammo U Unga xoinlik qilishlarini biladi.

      3. Uni xibsga oladilar va mahkamaga tortadilar.

      4. U adolatsiz ravishda о‘limga hukm qilinadi.

      5. Uni qiynoqlar bilan qatl qiladilar.

      Tо‘liq mag‘lubiyat va g‘am-anduh deb hisoblanadigan bir paytda shiddatli ravishda baxt va tо‘liq g‘alaba sari yо‘nalgan peripetiya vujudga keladi.

      1. Tana g‘oyib bо‘ladi.

      2. Ruh yuksaklikka kо‘tariladi.

      3. Iso g‘oyalarining abadiy hayoti boshlanadi.

      Peripetiya maksimal rivojiga erishadi.

      Dramatik peripetiya:

      1. g‘oyalarni tо‘plangan holda ifodalash;

      2. ularni ifodali ijro etish;

      3. auditoriyani maksimal jalb qilish uchun shakl beradi.

      Dramatik peripetiyada falsafiy teranlik tabiiy ravishda emotsional hayotning barcha darajalari bilan birlashadi.

      San’at asarida bizni barcha xarakterlar va fikrlar boyligidan tashqari ijodkor tomonidan yaratilgan dunyoning qandaydir ichki tartibi, uning arxitekturasi о‘ziga tortadi. Biz simfoniya yoki haykalning kamolotidan nafaqat modelning yoki shaklning gо‘zalligi tufayli, balki bizda tuzilmaning mutanosibligini baholash qobiliyati bо‘lgani uchun ham g‘ayrishuuriy bir tarzda zavq-shavq olamiz. Ba’zan, kamgina narsada juda kо‘p narsalar ifodalanganligidan, ba’zan, bir butunning qismlari qanchalik о‘zaro mutanosib ekanligidan.

      Ijoddagi bizning butun hayotimiz – bu, chiroyli qilib aytganda, о‘lim xaosiga qarshi turishdir. О‘lim parchalaydi, buzadi, ijod esa faoliyatining barcha shakllarida nimanidir quradi. San’at – bu kuchg‘ayratning istiorasidir.

      – Daholarning qurilmalarida konstruksiyalarning oddiyligi buyuk intellektning intuitiv ishlashi natijasi sifatida namoyon bо‘ladi. Biz ularni tushunganimizda bu oddiylik cheksiz kо‘p narsalar zamiriga qо‘yilgani ma’lum bо‘ladi. Yosh iqtidorlar kо‘pincha umidsizlik qichqiriqlarinigina olib kiradilar: dunyo dahshatli, unda yoshlarga о‘rin yо‘q. Dard qonab turadi ularda. Ha, shundan san’at yaratiladi. Albatta, chorasizlikning о‘zi energiya tо‘plamini saqlaydi. Ammo larzaga tushgan tomoshabinning о‘z-о‘zini javobsiz ifoda etishi – bu shaxsiy foydalanish uchun tо‘qilgan afsonadir. San’at – bu tuyg‘ular almashinuvidir, uning drama shakli esa – bu almashinuvning butun dunyoga tarqaladigan tarmog‘i uchun joylanish о‘ramidir.

      Ziyrak, aqlli kishilar allaqachon dramatik konstruksiyada alohida mazmun mavjudligiga e’tibor qaratganlar. Shopengauer shunday degan edi:

      «Drama inson borlig‘ining eng mukammal ifodasidir».

СКАЧАТЬ