.
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу - страница 10

Название:

Автор:

Издательство:

Жанр:

Серия:

isbn:

isbn:

СКАЧАТЬ va siqilishiga sabab bo‘ladi.

      V bob. QATLAMLARNING YOTISH HOLATLARI

      5.1. Qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotishi, ularning relyef hosil bo‘lishidagi o‘rni

      Cho‘kindi yotqiziqlari odatda gorizontal yoki biroz qiya holatda yotadi. Qatlamlarning bunday shaklda yotishi qayta-qayta buzilishlar, o‘zgarishlar va siljishlarga duchor bo‘lmagan hosilalarda keng tarqalgan.

      Кo‘pgina cho‘kindi yotqiziqlari u yoki bu darajada tektonik jarayonlar ta’siriga duchor bo‘lganliklari sababli gorizontal holatdan qiya holatga o‘tgan bo‘lib, buzilishlar yoki dislokatsiyalar ularga ta’sir ko‘rsatgan bo‘ladi. Dislokatsiyalarga uchragan qatlamlarning eng ko‘p tarqalgan shakllariga monoklinal yotish misol bo‘laoladi.

      Monoklinal burma qatlamlarning dastlabki yotish holatining eng oddiy o‘zgargan shakli bo‘lib, gorizontal sathga nisbatan qiyshayishi bir tarafga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda gorizontal holatdan qiya holatga o‘tgan har bir qatlamning qiyalik tekisligi belgilanadi. Uning ustki (ship) qismi va ostki (tag) qismi shartli ravishda belgilanadi, shunga ko‘ra makonda yotish elementlari: cho‘ziqlik chizig‘i, qiyalik azimuti va qiyalik burchagi ajratiladi (5.1-rasm).

      5.1-rasm. Qatlamlarni yotish elementlari: AB – cho‘ziqlik chizig‘i, vg – qiyalik chizig‘i; ABV (α) – qiyalik burchagi.

      Qatlamning cho‘ziqlik chizig‘i deb qatlamning yer yuziga chiqib qolgan va bir tarafga cho‘zilib ketgan qismi bo‘ylab, ularni gorizontal tekislikka tegib turishidan hosil bo‘lgan chiziqqa aytiladi.

      Qatlamning gorizontal tekislikka nisbatan og‘ishi qiyalik burchagi yordamida aniqlanadi. Uning qiymati 0 dan 900 gacha o‘zgaradi. Qiyalik burchagi aniqlangach, uning azimuti topiladi. Uni topish uchun tog‘ kompasining burchak o‘lchagichidan foydalaniladi.

      Qatlamning qiyalik azimuti meridian chizig‘i bilan qiya tomoni o‘rtasida hosil bo‘lgan gorizontal burchak orqali ifodalanadi. Qatlamlar holatini o‘lchash natijalariga ko‘ra, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:

      G‘ShG‘ 2800 < 300. Demak, qatlamning yo‘nalishi g‘arb, shimoliyg‘arb tomonga 2800, qatlamlanish tekisligi esa gorizontal tekislikka nisbatan 300 burchak ostida yotadi. Qiyalik burchagi o‘lchangach, qiyalik azimuti o‘lchanmasa ham bo‘ladi, chunki bu ikkala azimut birbiridan 900 ga farq qiladi.

      Qatlamlarning yotish holatlarini bilishdan tashqari, ularning birbiriga nisbatan mos yoki nomos yotishini ham bilish lozim. Dengiz va okeanlarda cho‘kindi jins to‘planish jarayoni natijasida oldin hosil bo‘lgan qatlamlar ustiga birin-ketin yoshroq yotqiziqlarning parallel holda yotishi mos yotish deb ataladi (5.2-rasm, a).

      5.2-rasm. Qatlamlarning mos (a) va nomos (b) yotishi.

      Agar ma’lum geologik davrda hosil bo‘lgan qadimiy (qari) jins qatlamlari dislokatsiyaga uchrab yuqoriga ko‘tarilsa, unda cho‘kindi to‘planishi to‘xtaydi, keyinchalik shu maydon cho‘kib yana cho‘kindi yotqizilishi davom etsa, yotqiziqlarning ketma-ketligi hamda geoxronologik jadvalda ko‘rsatilgan davrlar ketma-ketligi buziladi. Qatlamlarning bu holda yotishi stratigrafik nomoslik hisoblanadi. To‘rtlamchi davr tog‘ jinslari burmalangan qatlamlar ustida gorizontal holda yotsa, bu tektonik nomoslikka misol bo‘laoladi (5.2-rasm, b).

      Qatlamlarning monoklinal yotishi Respublikamiz hududida ko‘p uchraydi. (Masalan, Surxondaryo tog‘lararo botig‘ida Bobotog‘ tog‘ tizmalarida).

      5.2. Qatlamlarni va yer yuzasi relyefini xaritada ifodalash usullari

      Gorizontal yotgan jinslarni tasvirlash. Agar tog‘ jinslari gorizontal holda yotgan bo‘lsa, u vaqtda qatlamlar orasidagi chegara chizig‘i gorizontal chiziq (bir xil absolyut balandlikdagi nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq)qa parallel yotishi yoki ular bilan ustma-ust tushishi lozim. Yer yuziga chiqib, gorizontal holda yotgan har qanday qatlamlarning chegara chizig‘i bir xil absolyut balandlikka ega bo‘ladi va relyef ko‘rinishi bilan aniqlanadi (5.3-rasm, a). Agar o‘rganilayotgan maydon tekislikdan iborat bo‘lsa, u vaqtda xaritada faqat yer yuzida yotgan yosh qatlamgina ko‘rsatiladi. Maydon jarliklar yoki daryo vodiylari bilan kesilgan bo‘lsa, ularning devori va tubidagi ochilmalarda qadimgi qatlamlarning yer yuzasiga chiqib qolganini ko‘ramiz. Ochilmalarning yuqori qismida asosan yosh, pastki qismida esa qadimiy qatlamlar joylashgan bo‘ladi (5.3-rasm, b). Qatlamlar qalinligi kam bo‘lib, ularning yer yuzasiga chiqqan qismi ko‘p bo‘lsa, xaritada ularni tasvirlaydigan ranglar ham xilma-xil bo‘ladi.

      Qatlamlarning yer yuzasiga chiqib qolgan qismi ularning qalinligini to‘laligicha ifodalay olmaydi. Tik yonbag‘irliklarda ko‘rinib turgan qatlam qalinligi haqiqiy qalinlikka yaqin bo‘lsa, qiya yonbag‘irliklarda haqiqiysidan anchagina ko‘p ko‘rinishi mumkin (5.4- rasm).

      5.3-rasm. Qatlamlarning gorizontal yotishini tasvirlaydigan geologik xarita:

      a) – geologik xarita; b) – AV va VG chiziqlari bo‘yicha kesma; 1 – ohaktosh; 2 – gil tuproq; 3 – qum; 4 – mergel.

      5.4-rasm. Gorizontal holatda yotgan jinslarning yer yuziga chiqqan qismi kengligining relyefga bog‘liqligi.

      Monoklinal yotgan jinslarni tasvirlash. Yer yuzasiga nisbatan bir tomonga ma’lum bir burchak ostida qiya holda yotgan qatlamlar monoklinal qatlamlar deb ataladi. Geologik xaritalarda bunday qatlamlar uzunchoq (yo‘l-yo‘l) ko‘rinishda tasvirlanadi. Relyefning pastki tomoniga qarab qatlamlar yoshi kamayib boradi (5.5- rasm). a)

      5.5-rasm. Qatlamlarning monoklinal yotishini tasvirlaydigan geologik xarita:

      a) geologik xarita; b) AB chiziq bo‘yicha kesma; 1 – shag‘al aralashgan qum; 2 – qum; 3 – lyoss; 4 – alevrolit; 5 – qumtosh; 6 – gips; 7 – gil tuproq; 8 – ohaktosh; 9 – bo‘r.

      Qiya holda yotgan qatlamlar chegarasi bilan gorizontal chiziqlar nisbati har xil bo‘lib, u qatlamlarning yotish burchagi va relyefning xarakteriga bog‘liq. Yer yuzasining past-balandlikdan iborat joylarida qatlamlar yer betiga chiqib, 100 dan 800 gacha burchak ostida qiya bo‘lib joylashsa, juda ham murakkab ko‘rinishdagi relyef hosil bo‘ladi.

      Qiya holda joylashgan qatlamlar normal yoki to‘nkarilgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Normal holatdagisida yosh qatlamlar qadimgilarining ustida stratigrafik mos holda joylashgan, to‘nkarilganlarida esa buning aksi bo‘ladi (5.6-rasm).

      Geologik xaritalarda qatlamlarning yotish elementlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash usuli 5.7- rasmda ko‘rsatilgan.

      5.6-rasm. Normal (a) va to‘nkarilgan (b) holda yotgan qatlamlar.

      5.7-rasm. Qatlamlarning yotish elementlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash (sonlar yotish burchagi qiymatini ko‘rsatadi): a) gorizontal yotish; b) normal qiya holda yotish; d) to‘nkarilib qiya holda yotish; СКАЧАТЬ