Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари. Чарльз Диккенс
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари - Чарльз Диккенс страница 32

Название: Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари

Автор: Чарльз Диккенс

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-27-701-4

isbn:

СКАЧАТЬ shunda oqsoch zinapoyadan zipillagancha chiqib kelib, mister Grimuig kelganini xabar qildi.

      – Bu yoqqa chiqyaptimi u? – surishtirdi mister Braunlou.

      – Ha, ser, – javob berdi oqsoch. – U kishi, uyda yog‘li bulkadan bormi, deb so‘radilar, men, ha, deb javob berganimdan keyin, choy ichgani kelganlarini aytdilar.

      Mister Braunlou kulib qo‘ydi va Oliverga qarab, mister Grimuig eski oshnasi ekanini tushuntirdi, bolaga uning o‘zini sal qo‘polroq tutishiga parvo qilmaslikni aytdi, negaki, u aslida nihoyatda olijanob odam, mister Braunlouning bunday deyishga asosi bor ekan.

      – Men pastga tusha qolaymi, ser? – so‘radi Oliver.

      – Yo‘q, – javob qildi mister Braunlou, – shu yerda qolishingni istardim.

      Xuddi shu payt xonaga yo‘gon hassa tayanib, bir oyog‘i sal oqsabroq barvasta keksa jentlmen kirib keldi; egnida moviy frak, yo‘l-yo‘l nimcha, novvotrang dag‘al ip gazlamadan cholvor bilan qo‘njlik, yashil hoshiyali soyaboni, kengbar oq shlyapa. Nimchasi ostidan mayda burmali ko‘ylagi chiqib, undan pastroqda esa uzundan-uzun soatining po‘lat zanjiri salanglab turibdi, zanjirning uchiga bo‘lsa bittagina kalit osib qo‘yilibdi. Oq galstugining uchi apelsindek qilib tugilgan, aftida zohir bo‘lgan tirish-burushlar antiqa, ta’rif-tavsifga bo‘y bermaydigan darajada. So‘zlashayotganda boshini bir tomonga qiyshaytirib, qiya boqish odati bo‘lib, g‘alati bir tarzda to‘tiqushga o‘xshab ketardi. U xonaga kirar-kirmas xuddi shu qiyofada to‘xtadi va apelsin po‘chog‘i bo‘lagini tutgan qo‘lini olg‘a cho‘zgan ko‘yi norozi, vaysaqi ovoz-la xitob etdi:

      – Buni qarang! Ko‘ryapsizmi? Juda g‘alati va ajoyib narsa emasmi bu? Kimnikiga kirmay, zinapoyasidan sho‘rlik tabiblarning mana shunaqangi ko‘makchisini topaman-a. Bir paytlar mana shu apelsin po‘chog‘ining kasofatidan oqsoq bo‘lib qolganman, keyin desangiz, oxir-oqibatda ajalim shu apelsin po‘chog‘ida ekanini ham bilaman. Ko‘rasiz, xuddi shundoq bo‘ladi, ser! Apelsin po‘chog‘i o‘limimga sabab bo‘ladi, agar shu to‘g‘ri chiqmasa, o‘z boshimni o‘zim g‘ajishga ham tayyorman, ser!

      Mister Grimuig o‘zining har bir bayonotini aynan shu qoyilmaqom ibora bilan xulosalab, shu ibora bilan ta’kidlardikim, bu juda g‘alati ko‘rinardi, xo‘p, ilm-fan hatto jentlmen (agar istasa) o‘z boshini o‘zi yeya oladigan darajaga yetadi ham deya qolaylik, o‘shanda ham mister Grimuigning kallasi shunchalik katta ediki, eng xushchaqchaq, eng abjir odam ham (bordi-yu, qalindan-qalin upa qatlamini mutlaqo hisobga qo‘shmagan taqdirdayam) bir o‘tirishda bu kallani yeb tugatishga umid bog‘lashi amrimahol edi.

      – O‘z boshimni o‘zim g‘ajiganim bo‘lsin, ser! – takrorladi mister Grimuig hassasi bilan polni do‘qillatib urgancha. – Shoshmang! Bu qanaqasi bo‘ldi? – qo‘shimcha qildi u Oliverga qarab qo‘yib, ikki qadam orqaga tisarilarkan.

      – Bu oldinroq gaplashganimiz yosh Oliver Tvist bo‘ladi, – dedi mister Braunlou. Oliver ta’zim bajo keltirdi.

      – Inonamanki, o‘zlari bu o‘sha isitmada alahlab yotgan bolakay demoqchi bo‘lmasalar kerak? – dedi mister Grimuig orqasiga tisarilgan ko‘yi. – Birpasgina sabr qiling! Hech nima demay turing! Shoshmang-chi… – dedi duduqlanib mister Grimuig isitma qarshisidagi har qanday vahimasi barham topib va tantanavor tarzda yangilik kashf etib, – bu o‘sha apelsin yegan bolaning o‘zimi? Mabodo, bu o‘sha apelsin po‘chog‘ini zinapoyaga tashlagan bolaning naq o‘zi bo‘lmasa, ser, o‘z boshimni o‘zim g‘ajiganim bo‘lsin, qo‘shimchasiga buning boshini ham!

      – Yo‘q, buning apelsini yo‘q edi, – dedi mister Braunlou kulib. – Bas, yetar! Shlyapangizni qo‘yingda, bu yosh do‘stim bilan suhbatlashing.

      – Meni bu masala nihoyatda tashvishga soladi, ser, – dedi serzarda keksa jentlmen qo‘lqopini yechayotib. – Butun boshli ko‘chamizning boshdan-oyog‘igacha apelsin po‘chog‘i sochilib yotadi doim, yana shunisi ham ma’lumki menga, uni muyulishda turadigan jarrohning o‘g‘illari tashlashadi. Kecha kechqurun yoshgina juvon po‘choqni bosib toyib ketib, bog‘imning panjarasi oldida ag‘darilib tushsa bo‘ladimi? O‘rnidan turishi bilan qarasam, juvon jarrohning unsizgina ichkariga imlab turgan qizil fonusiga28 javdirayapti-da. «Kirmang o‘shanikiga! – deb qichqirdim men derazadan. – Qotil u! Yo‘lga qopqon qo‘yadi u!» Illo, bu gapim rost. Bordi-yu, shundoq bo‘lmasa…

      Gap shu yerga kelganda jizzaki keksa jentlmen hassasi bilan polni do‘qillatib tushirdi, bu qilig‘i og‘iz bilan aytmagan paytlarida, uning odatdagi iborasi o‘rniga o‘tishini bilishar edi. So‘ngra, hassasini qo‘lidan qo‘ymay o‘tirdi-da, enli lentada osilib turgan dastali buklama ko‘zoynagini rostlab Oliverga to‘g‘rilagandi, bola o‘zi kuzatish nishoniga aylanganini ko‘rib, qizarib ketdi-da, yana bir bor ta’zim qildi.

      – Bu o‘sha bola-ya, shundoqmasmi? – dedi nihoyat mister Grimuig.

      – Xuddi o‘sha, – javob qaytardi mister Braunlou.

      – Ahvoling qalay? – so‘radi mister Grimuig.

      – Ancha tuzukman, tashakkur sizga, ser, – javob berdi Oliver.

      Mister Braunlou go‘yoki devonavash do‘stining biror yoqimsiz gap aytib yuborishidan xavfsiraganday, Oliverdan pastga tushib, missis Beduinga ayt, choy buyursin, deb tayinladi, bola bajonidil itoat etdi, negaki, mehmonning gap-so‘zlari-yu xatti-harakati uncha yoqmagandi.

      – Yaxshi bola, a, to‘g‘rimasmi? – so‘radi mister Braunlou.

      – Qaydam, – javob qildi mister Grimuig ijirg‘anibroq.

      – Bilmadim deng?

      – Ha, bilmayman. O‘g‘il bolalarning hammasi bir go‘r, farqi yo‘q ularning. O‘g‘il bolalarning faqat ikki toifasini bilaman: qiltiriq bolalar, go‘shtdor bolalar, vassalom.

      – Xo‘sh, Oliver bulardan qay biriga kiradi?

      – Qiltiriqlariga. Bir og‘aynimning o‘g‘li go‘shtdor bola; ular bolalarini juda ajoyib bola deyishadi; boshi yum-yumaloq, ikki yuzi qip-qizil, ko‘zlari chaqnoq. Juda bema’ni bola. Tanasi, qo‘llari va oyoqlari shunaqangiki, kiyimi naq chok-chokidan so‘kilib ketay-so‘kilib ketay deb turadi; ovozi xuddi darg‘alarning ovoziga o‘xshaydi, ishtahasi bo‘lsa bo‘rini yo‘lda qo‘yadi. Bilaman uni! Yaramas bola!

      – Bas-bas! – dedi mister Braunlou. – Bu belgi-sifatlar yosh Oliver Tvistga yopishmaydi; binobarin, u jahlingizni qo‘zg‘amasa kerak.

      – Rost, unaqangi belgilari yo‘q, – deb qo‘ydi mister Grimuig. – Uniki bundan beshbattar bo‘lishi ham mumkin.

      Gap shu yerga yetganda mister Braunlou yo‘talib qo‘ydi, bu, aftidan, mister Grimuigga beqiyos lazzat baxsh etdi.

      – Uniki bundan ham beshbattar bo‘lishi mumkin, deyapman, – takrorladi mister Grimuig. – Qayoqdan kelib qoldi u? O‘zi kim? Qanday odam? Isitmalab yotibdi. Xo‘sh, yotsa yotar! Isitma insof-andishali odamlarning alohida imtiyozi emas, shundoqmasmi? Beandisha, bema’ni odamlar ham goho isitmaga chalinadilar, to‘g‘ri emasmi? Men bir odamni bilardim, uni Yamaykada o‘z sohibini o‘ldirgani vajidan dorga osganlar. U olti marta isitmalab yotgan ekan: shu sabab bo‘lib uning gunohidan o‘tganlari yo‘q. Tfu! Safsata!

      Gap shundaki, mister Grimuig qalbining eng ichkarigi xilvatxonasida Oliverning qiyofasi va xulq-odobi benihoya darajada yoqimli ekanligini tan olishga moyillik pinhona kurtak yoza boshlagandi; biroq СКАЧАТЬ



<p>28</p>

Qizil fonus – Dikkens zamonasida vrachlarning «lavha» – belgisi.