Название: Ko`rinmas odam
Автор: Герберт Уэллс
Издательство: Yangi asr avlodi
isbn: 978-9943-8593-4-0
isbn:
Odamlar bir-birlariga gal bermay, ularni so‘nggi yangiliklardan xabardor qilardilar, biri bir narsa deb qichqirsa, ikkinchisi tamoman boshqa narsani aytardi.
– Boshi bormi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, – dedi Jeffers, – menga uni qamoqqa olish to‘grisida buyruq berishdi, men ana shu buyruqni ado etaman.
Janob Xoll zinapoyadan chiqib to‘g‘ri mehmonxonaga bordi-da, eshikni ochdi.
– Politsiya kapitani, – dedi u, – qani o‘z burchingizni ado eting.
Mehmonxonaga avval Jeffers, uning orqasidan Xoll va oxirida Uojers kirdi. Nim qorong‘ilikda ular bir qo‘lida yeb tugatilmagan non, ikkinchi qo‘lida pishloq tutgan boshsiz musofirni ko‘rdilar; uning ikkala qo‘lida ham qo‘lqop bor edi.
– Mana, u, – dedi Xoll.
– Yana bu qanaqasi bo‘ldi? – degan zardali ovoz eshitildi yoqa ustidagi bo‘shliqdan.
– Men to shu kungacha sizga o‘xshagan odamni ko‘rmagan edim, afandim, – dedi Jeffers. – Lekin boshingiz bormi yoki yo‘qmi, baribir, buyruqda «tutib kelinsin!» deyilgan, xizmat burchi esa men uchun…
– Yaqinlashmang! – bir qadam orqaga chekinib qichqirdi musofir.
U shu zahoti non bilan pishloqni polga uloqtirdi. Janob Xoll stol ustidagi pichoqni o‘z vaqtida olishga zo‘rg‘a ulgurdi. Noma’lum kishi chap qo‘lqopini yechib, u bilan Jeffersning basharasiga bir urdi. Jeffers buyruq haqidagi gaplarni darhol to‘xtatib, bir qo‘li bilan ko‘rinmas qo‘lning panjasidan tutib, ikkinchi qo‘li bilan ko‘rinmaydigan bo‘yniga chang soldi. Shu mahal u oyog‘iga qattiq bir tepki yedi-yu, og‘riqdan voy-voylab yubordi, lekin o‘ljasini qo‘yib yubormadi. Xoll darvozabon rolini bajarayotgan Uojersga stol ustidan pichoq uzatib, o‘zi Jeffersga yordam bermoqchi bo‘ldi. Shiddatli olishuv mahalida muxoliflar stulga borib urilishdi, stul taraqlab bir tarafga surilib ketdi va har ikkalasi polga yiqildi.
– Oyog‘idan ushlang uni, – deb pishilladi Jeffers, tishlarini g‘ijirlatib.
Uning amrini bajarmoqchi bo‘lgan janob Xoll ko‘kragiga qattiq bir tepki yeb, bir daqiqa chamasi o‘ziga kelolmay turdi, janob Uojers esa boshsiz kishining Jeffersdan ustun kela boshlaganini ko‘rib, qo‘lida pichoq bilan eshik tomonga chekindi va u yerda janob Xaksters hamda qonun va tartib qo‘riqchisiga yordamga shoshilayotgan sidderbrijlik izvoshchiga to‘qnash keldi. Shu daqiqada tokchadagi shishalar polga to‘kilib chil-chil sindi-yu, uy qo‘lansa hidga to‘ldi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.