Заҳарли газандалар. Я. Давлатов
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Заҳарли газандалар - Я. Давлатов страница 3

Название: Заҳарли газандалар

Автор: Я. Давлатов

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-4113-6-4

isbn:

СКАЧАТЬ kishilarning hikoya qilishlaricha, cho‘milishga suvga tushgan kishilar orasida fizali dastidan qurbon bo‘lganlar bor. Suvga tushganlardan biri qirg‘oqda cho‘mila turib birdaniga qichqirib yuboradi va muvozanatini yo‘qotayozib suvdan chiqadi, uning badanida meduza paypaslagichlari ko‘rinib turardi, uch daqiqa o‘tar o‘tmas chorasiz qolgan kishi dunyodan ko‘z yumadi.

      So‘nggi yillarda boshqa bir meduza turi Xiradropus bilan zaharlanish hollari kuzatilmoqda. Meduza tanasi yaltiroq bo‘lgani uchun suvni ichida uni ko‘rish ancha qiyin. Albatta bu jonivorning zaharli hususiyati yaqinda paydo bo‘lgan emas, faqatgina shu paytgacha unga e’tibor berilmagan xolos. Mazkur meduzani zaharli hususiyati Avstraliyaga yevropaliklar ko‘chirilgandan keyin ma’lum bo‘ldi. Ko‘p vaqtlardan beri suvdan topilgan murdalarning halokat sababi aniqlanmas edi. Va nihoyat sirli jumboq yechildi, ya’ni suvga tushgan odamlar faqat ana shu meduza tomonidan zaharlanishi aniqlandi. Meduza chaqqan kishilar odatda qattiq og‘rik dastidan tovush chiqazishga ham ulgurmasdan suvga g‘arq bo‘larkan. Aniqlanishicha yevropaliklar bunday jonivorlardan ko‘proq talofat ko‘rganlar. Mahalliy xalq, xususan avstraliyaliklar go‘yo meduza zahariga qarshi immuniteti bordek qo‘rqmasdan cho‘milaveradi.

      Meduzalarning gonionemus degan turi ham anchagina zaharli bo‘lib faqat omadi kelgan kishilargina kuyish (achish) kabi holatlar bilan cheklanishi mumkin, aks holda zaharli ilonga ro‘para kelgandek bo‘lasiz.

      Dunyo ummonlarida kalmarlarning zaxirasi bitmas-tuganmasga o‘xshaydi, mutaxassislarning fikricha, buning sabablaridan biri ular nihoyatda serpusht bo‘lib, bir yilda ikki marta bahorda va yoz faslining oxirida tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi. Kalmarlarni ovlash katta iqtisodiy ahamiyatga ega, har yili yaponlarning o‘zi 650 million tonna kalmar ovlaydi, AQSHda 10 ming tonna va hokazo. Bunday ov yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Kalmarlarni ko‘pchiligi uncha katta bo‘lmaydi, lekin o‘ta yiriklari ham uchrab turadi. Og‘irligi ikki tonna, uzunligi 18 metr keladiganlari ham bor. Bunday mahobatlilari odamga to‘g‘ri kelib qolsa yaxshilikka olib kelmaydi, albatta.

      Ikkinchi jahon urushi kezlarida halokatga uchragan suv kemasidagi odamlardan bir nechasini mahobatli kalmarlar kemadan olib ketgan, bunday yiriklari kashalot kabi yirtqichlar bilan ham yakkama-yakka olishadi.

      1.3. O‘GARAK CHUVALCHANGLAR (NEMATHELMINTHES) TIPI (PLATHELMINTHES)

      Odam organizmida parazitlik qilayotgan yassi va to‘garak chuvalchanglarning zaharli xususiyati borgan sari dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Askaridalarning odam uchun ancha zararli, ya’ni zaharli ekanligi haqida adabiyotlarda ma’lumotlar ko‘p. Ular oshqazon-ichak tizimi vazifasini izdan chiqazadi, buyrakka salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ba’zan tutqanoq kasalini chaqiradi. Shuningdek, ichki sekresiya bezlariga ham ta’sir etadi. Askarida tanasida askaron degan xavfli zahar bo‘lib, uni parazit bo‘shlig‘idagi suyuqlikdan ajratib olinadi. Ana shu suyuqlikning bir tomchisi otning qon tomiriga yuborilsa, uni halok etadi. Askarida o‘zining hayoti davomida har kuni odam ichagiga ana shu zahardan ajratib turadi. Bu zahar ichakdan qonga so‘rilib asosan nerv sestemasini zaharlaydi. Ichakdagi askarida halok bo‘lganida esa undan ajralib chiqqan suyuqlik – zahar odamning tana haroratini ko‘tarilishiga, meningit xastaligi belgilarini namoyon qiladi.

      Yana bir nematoda – ankilistoma kishilarning o‘nikki barmoqli ichagida parazitlik qiladi, undan ajralib chiqqan zahar qizilqon tanachalarini eritib yuboradi va kam qonlilik kasaliga olib keladi. Mazkur chuvalchangni lichinkalari tuproqni ifloslantiradi. Tuproqdan odamning oyog‘i (tovoni) orqali qonga o‘tadi, keyin o‘n ikki barmoqli ichakka ko‘chadi.

      Hayvonot olamida to‘garak chuvalchanglar turlari soni jahatidan bo‘g‘imoyoqlilardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Ammo individlar soni jahatidan birinchi o‘rinni egallasa kerak. Chuvalchanglarning taxminan 500 mingta turi mavjud, shulardan 15 mingtasi tavsiflangan. Bundan tashqari boshqa ko‘p hujayrali hayvonlar guruhiga qaraganda mazkur chuvalchanglar son jaxatidan nihoyatda ko‘p bo‘lib, yashash joylari ham xilma-xildir. Bu chuvalchanglar qayerda yashamasin, ularning soni nihoyatda yuqori. Masalan, bitta chiriyotgan olmada 90 000 dona, bir kurak ozuqaga boy tuproqda bir milliongacha, va bir gektar lavlagizorda 600 million chuvalchang bor. Butun yer yuzi va suv hamda barcha tirik va o‘lik narsalar – hammasi to‘garak chuvalchanglar bilan to‘lib toshgan. Shunga qaramasdan ko‘pchilik odamlar buni deyarli tan olishmaydi.

      Ba’zi bir to‘garak chuvalchanglar parazit hisoblanadi. Odam tanida 50 tacha chuvalchang turlari yashashi mumkin, masalan, odamning limfatik qon tomirlarida juda ko‘p miqdorda o‘ta mayda chuvalchang bolalari bo‘ladi. Ular odam perifirik qonida har kuni tunda faqat soat 22 dan to 2 gacha faollashadi. Xuddi ana shu vaqtda odamni chaqadigan pashshalar ham o‘ta faol bo‘ladi. Ana shu biologik ritm chuvalchang bolalarini ikkinchi xo‘jayinga – pashshaga o‘tishiga imkon beradi. Pashsha tanida voyaga yetgach, chuvalchanglar pashsha chaqishi tufayli odamga o‘tadi.

      1.4. NEMERTINLAR (NEMERTINI) TIPI

      Nemertinlar – tuban chuvalchanglar bo‘lib, asosan dengizlarda yashaydi. Bularning ko‘pchiligi bentos organizmlar, litoralining yuqori qismida bir necha yuz metr chuqurlikkacha uchraydi. Ko‘pchiligi yirtqich hayot kechiradi: annelidlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, baliqlar bilan oziqlanadi.

      O‘ziga xos xarakterli belgisi himoyalanish va o‘ljani ushlash uchun xartumchasini teskari ag‘daradi. Hujum moslamasi mavjud bo‘lgan nemertinlar xartumchasi bir yoki bir necha uch qirrali xanjar bilan ta’minlangan, xanjarlar asosida tashqariga chiqazadigan kanal bo‘lib, u bezli epiteliya bilan bog‘langan. Xartumchasining oldingi qismi tashqariga ag‘darilishi mumkin, bunda xanjar otilgan xartumning oxiriga tushib qoladi. Quroli bo‘lmagan nemertinlarning (Anopla kenla sinfi) zaharli xossasi teri bezlaridan ajralib chiqqan shilliq suyuqlik bilan bog‘liq.

      Qurollangan nemertinlardan Amphiporus paranemertes zaharida ilk bor ta’sir etuvchi anabazein hamda uning derivatlari 2,3-bipiridil va nemertillenlar mavjud. Toksinlar nikotinsimon ta’sir ko‘rsatadi va polixet hamda qisqichbaqasimonlarni falaj qilib qo‘yadi. Qurolsiz nemirtinning shilliq suyuqligidan ikkita guruh toksik polipeptidlar: sitolitik (A guruh) va neyrotoksik (V guruh) ga ajratilgan. Masalan, sitotoksin A-3 M-20 000, molekulasi to‘rtta disulfid bog‘lar bilan barqarorlashtirilgan. A-3 o‘tkir gemolitik xossaga ega 10 mkg/ml nisbatda eritrotsitlarni eritib yuboradi.

      Neyrotoksinlar guruhiga V-1-V-4 polipeptidlari kiradi, M-6000. Mazkur toksin qisqichbaqasimonlarni shol qilib qo‘yadi. Cerebratulus lacteus zaharidagi V-4 neyrotoksinni birlamchi strukturasi quyida keltiriladi:

      A-S-A-T-W-G-A-Q-V-C–A-C-N-N-R-K-K-V-D-1-C-1-RC-Q-G-K-W-A-G-K-R-G-K-C-K-A-C-1-1-Q-K-N-G-K-K-CN-H-A-C-E-K.

      1.5. HALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDA) TIPI

      Mazkur tip 4 ta sinfga bo‘linadi. Jamiki turlar soni 9000 taga yaqin. Ko‘ptuklilar va kamtuklilar vakillari, ya’ni polixetlar va olegoxetlar zaharlash xususiyatiga ega. Polixetlar asosan dengizda yashasalarda birqancha vakillari chuchuk suvda yashashga moslashgan. Yirtqich polixetlar suv ostida ko‘pincha toshlar, suv o‘tlari orasida uchraydi. Pelagik organizmlar bilan oziqlanadi. Polixetlar zaharida neyrotrop komponentlar ustunlik qiladi, chaqqan joyi shishadi va og‘riq paydo bo‘ladi, hamda organizmni umumiy zaharlanishiga olib keladi, bosh qattik og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, qayt qiladi. Polixetlarning hamma turlari bir xil darajada zaharli bo‘lmasdan zaharning kuchi uning tarkibidagi u yoki bu komponentning mavjudligiga bog‘liq.

      Olegoxetlar orasida Lumbricus terrestris degan turning zaharli xususiyati faqatgina ko‘payish davrida namayon bo‘ladi, bunday holat ularning jinsiy bezlarining faoliyati bilan bog‘liq. Chuvalchang jinsiy bezining 0,2 ml ekstrakti, chumchuqni halok qiladi. Xonaki qushlar ham bunday chuvalchang bilan oziqlansa, halok bo‘ladi. Oligoxetlarning jinsiy bezlarini ajratib olib maydalagandan so‘ng, eng ta’sirchan hayvonlardan hisoblangan infuzoriya tufelkaga yuborilganda hech qanday salbiy alomatlar СКАЧАТЬ