Название: Балиқчи ва балиқ ҳақида эртак (Александр Пушкин) 5-9-синф
Автор: Александр Пушкин
Издательство: Kitobxon
isbn: 978--9943-20-254-2
isbn:
Shoh qizi yo‘qolipti! –
Deb xabar tarqalipti.
Qiziga shoh chekmish g‘am.
Shahzoda Yelisey ham
Xudodan madad tilab,
Yo‘lga tushmish so‘roqlab
Aziz mehribonini,
Go‘zal qalliqjonini.
Qalliq adashganicha,
To‘qayda butun kecha,
Yurib-yurib tolipti,
Bir ko‘shkka keb qolipti.
Bir it chiqib shu mahal
Tinchlanipti hurib sal:
Darvozadan kirmish qiz,
Hamma yoq jimjit, beiz.
It yurar erkalanib,
Shoh qizi ham shaylanib,
Yo‘lak tomon olmish yo‘l,
Halqaga cho‘zipti qo‘l;
Eshik ochilib ravon,
Qiz kirsaki, charog‘on –
Bir uy: unda gilamlar,
Osig‘liqmish sanamlar,
Go‘zal pechkasi bormish,
So‘rilar o‘ymakormish.
Qiz ko‘rsaki, bu mazgil
Mehribon va rahmdil
Odamlarning mazgili;
Bu yerda uning dili
Ozor topmasa kerak,
Lek, hech kimdan yo‘q darak.
Uylarga bir-bir kirmish,
Yig‘ishtirmish, supurmish,
Xudo uchun yoqmish sham,
Isitmish pechkani ham,
So‘riga chiqib asta,
Uxlab qolmish birpasda.
Yetganda tush pallasi,
Kelmish odam sharpasi;
Kirmish yetti bahodir,
Mo‘ylovdor, yetti nodir.
Boshliq depti: «Ajabo!
Har yoq toza va barno.
Kimdir yig‘ishtiripti,
Bizni kutib turipti,
Kim u? Chiq yonimizga,
Chin o‘rtoq bo‘lgin bizga.
Keksa chol bo‘lsang agar,
Bo‘lursan bizga padar.
Yigit bo‘lsang, biz seni
Deylik tutingan ini.
Kampir bo‘lsang – onasan,
Hurmatlarga qonasan.
Agar bo‘lsang go‘zal qiz,
Bo‘lgin aziz singlimiz».
Shoh qizi ham shu zamon,
Tushmish yigitlar tomon,
Ularni izzat qilib,
Salom bermish egilib:
Taklif etilmasdanoq,
Bo‘lgani uchun qo‘noq,
U afv so‘rab, qizarmish,
Ham uyalib bo‘zarmish.
Payqaptilar so‘zidan –
Bu qiz – shoh qizi ekan;
Uni to‘rga o‘tqizib,
Nozi-ne’matlar yozib,
Qadah to‘ldirishipti,
Patnisda berishipti.
Qiz rad etmish sharobni,
Zangori mayi-nobni;
Somsadan olib biroz
Tatigan bo‘pti, xolos.
«Charchadim, – deb, – juda ham»,
So‘rapti olmoqqa dam.
To‘rdagi bir xonada,
Keng, yorug‘ koshonada
Uni qoldirishipti,
O‘zlari chiqishipti.
Kunlar o‘tmish izma-iz,
Va lekin yosh bekach qiz
O‘rmonda yashar kushod,
Bahodirlar bilan shod.
Bahodirlar ko‘p inoq,
Turishib har sahar choq
Chiqishar sayr etmoqqa,
Ko‘k o‘rdaklar otmoqqa…
Bu zamon bizning shoh qiz
Saroyda qolib yolg‘iz,
Supurib, sidirarkan,
Taomlar pishirarkan.
Bahodirlar bilan u
Yashar ekan ko‘p totuv.
Kunlar shunday o‘tarkan,
Kun o‘tib, kun yetarkan.
Qizni jo‘ralar chandon
Sevib qolmishlar jondan,
Bir kuni erta bilan,
Yetti bahodir birdan
Qiz uyiga kiripti,
Boshliq: «E dilbar, – depti, –
Bizlarning singlimizsan,
Bu narsa senga ravshan.
Bizlar yetti jo‘ramiz,
Seni yaxshi ko‘ramiz.
Har birimiz ham sani
Jon deymiz yor qilgani.
Biroq iloj yo‘qdir hech,
Bu mushkulni o‘zing yech!
Birimizni yor qilgil.
Boshqalarga bo‘l singil:
Nega boshing chayqaysan?
Yo buni rad etgaysan?
Yo tovar qo‘l emasmi,
Senga ma’qul emasmi?»
– «Sofdil qahramonlarim,
Aziz og‘ajonlarim», –
Deb shoh qizi so‘z boshlar, –
«Yolg‘on so‘zlasam agar,
Tiriklay yerga kiray.
Men qayliqman, ne qilay?
Men uchun baravarsiz,
Aqlli, dilovarsiz,
Bilingki, ko‘ngildan man –
Barchangizni sevaman:
Biroq o‘zgaga bu bosh
Mangu etilgan yo‘ldosh.
Azizdir hammadan ham
U Yelisey shahzodam».
Jo‘ralar jim qolipti,
Boshni qashlab olipti.
«So‘rashning aybi yo‘qdir,
Oy bekach, bizni kechir», –
Depti ulkan pahlavon, –
«Bunday bo‘lsa hech qachon!
U haqda ochmam og‘iz».
– «Xafamasman», – depti qiz, –
«Mening ham rad javobim –
Ayb etmangiz». – Ular jim.
Ta’zim bajo etmishlar,
Asta chiqib ketmishlar.
Shunday qilib, ular bot
Kechirmishlar tinch hayot.
Yovuz beka bu zamon,
Bekachni eslagan on
Tura СКАЧАТЬ