Название: Балиқчи ва балиқ ҳақида эртак (Александр Пушкин) 5-9-синф
Автор: Александр Пушкин
Издательство: Kitobxon
isbn: 978--9943-20-254-2
isbn:
Yoriga aytib vido,
Otlandi safarga shoh.
Darichada malika
Uni kutadi yakka.
Kecha-yu kunduz kutmish,
Yo‘llariga ko‘z tikmish.
Kuta-kuta nihoyat
Ko‘zlari tolmish g‘oyat.
Lekin, yordan yo‘q nishon!
Faqat quturar bo‘ron.
Qorlarga to‘lmish har yoq,
Hamma yer bo‘lmish oppoq…
Yor yo‘lida ko‘z uzmay,
O‘tib ketmish to‘qqiz oy.
Hayit kechasi xudo
Unga qiz etmish ato.
Erta tongda, ko‘p uzoq –
Kutilgan aziz qo‘noq: –
Shoh qaytmishdi safardan,
Begona o‘lkalardan.
Malika shohga boqib,
Xo‘rsinipti dil yoqib.
Shodlanganidan chunon,
Tushga borib bermish jon.
Shoh uzoq tortmish alam,
Ne chora? Banda u ham:
Bir yil tushday o‘tibdi.
Shoh boshqa xotin opti.
Chinakam ham u dilbar
Malikalarga o‘xshar.
Oppoqqina, xushqomat,
Aql-u didda alomat,
Lekin mag‘rur va baxil,
Erka, kunchi, qora dil.
Sepi bor ekan – ko‘zgu,
Ko‘p hikmatli ekan u;
Ko‘zgu so‘zlay olarkan,
Malika quvonarkan.
Faqatgina u bilan,
Hikmatli ko‘zgu bilan
Xursand, hazillasharkan,
Zeb berib, so‘zlasharkan:
«So‘zla aziz oynajon,
Haqiqatni qil bayon:
Men emasmi dunyoda
Hammadan ham ziyoda.
Oppoq, go‘zal va yaxshi,
Yuzim yuzlarning naqshi?»
Oyna derkan javoban:
«Shubhasiz dunyoda san
Oppoq, go‘zal va yaxshi,
Yuzing yuzlarning naqshi».
Malika qah-qah urib,
Ishva qilib, buralib,
Suzib ko‘zi-qovog‘in,
Qirsillatib barmog‘in,
Qo‘l belda, kerilarkan,
Ko‘zguga termilarkan.
Va lekin yosh bekach ham
Ohista bo‘lib ko‘rkam,
Kun sayin o‘saketmish,
O‘sib kamolga yetmish.
Yuzlari oq, qora qosh,
Xushfe’l, rahmdil, yuvosh.
Malikaga kuyov ham
Topila qolmish shu dam;
U – shahzoda Yelisey,
Asilzoda Yelisey.
Sovchiga shoh ko‘nipti,
Darrov sep ham unibdi:
Yetti savdo shahari,
Yuz qirq koshonalarga,
Yuz ko‘rishga otlanib,
Malika xo‘b bezanib,
Ko‘zguga termilipti,
Unga savol beripti:
«Men emasmi dunyoda
Hammadan ham ziyoda,
Oppoq, go‘zal va yaxshi,
Yuzim yuzlarning naqshi?»
Ko‘zgu depti shu mahal:
«Hech shubhasiz sen go‘zal,
Lekin bekach dunyoda.
Hammadan ham ziyoda!
U oq, go‘zal va yaxshi,
Yuzi yuzlarning naqshi».
Malika sapchib ketmish,
Qo‘llarini musht etmish.
Ko‘zguga bir tushirmish,
Yer tepinib, do‘q urmish:
«Ah, past ko‘zgu, yaramas.
So‘zlaring bari g‘araz.
Qanday menga teng bo‘lsin?!
Ta’zirin beray, o‘lsin.
O‘smay o‘lgur, yaramas!
Oqligi bejiz emas:
Onasi ekan bo‘g‘oz,
Qorga telmirgan, xolos.
Ayt, mumkinmi hech mahal.
U bo‘lsa mendan go‘zal?
Uning qanday haqqi bor?
Men go‘zalman: bo‘l iqror.
El-u yurtni izlasang,
Jahonni sinchiklasang,
Yo‘qdir menga teng suluv.
Shundaymi?»
Depti ko‘zgu:
«U baribir dunyoda
Hammadan ham ziyoda,
Oppoq, go‘zal va yaxshi,
Yuzi yuzlarning naqshi!»
U, nihoyat o‘rtanib,
Hasad o‘tida yonib,
Ko‘zguni tez olipti,
Ham sandiqqa solipti,
Chaqirib qora qizni,
Ham shoh qizi o‘ksizni:
«Olib borib to‘qayga,
Odamsiz, xilvat joyga,
Oyoq-qo‘lini bog‘la,
Tiriklay bag‘rin dog‘la! –
Deb aytipti cho‘riga, –
Yem bo‘lsin u bo‘riga».
Yovuz xotinga, ayting, –
Shaytonmi, jin kelar teng?
Chora yo‘q. Qora qiz ham
Shoh qizi bilan ildam
Jo‘nab ketmish to‘qayga,
Yetmishlar xilvat joyga,
Va bekach payqab qolmish,
Dahshat ichida tolmish
Ham yolbormish: «Panohim?
So‘zla, nedur gunohim?
Qizgina rahm et menga!
Malika bo‘lsam, senga –
Yaxshiliklar qilarman».
Qiz uni sevganidan,
Band aylamay, o‘ldirmay,
Qo‘yib yubormish shunday
Deb: «Qayg‘urma, omon bo‘l!»
Saroy tomon solmish yo‘l.
Malika so‘rmish jadal:
«Xo‘sh? Qayoqda u go‘zal?»
«To‘qayda o‘zi yolg‘iz», –
Deb javob qaytarmish qiz, –
«Bog‘liqdir СКАЧАТЬ