SEHRLI KETMON. Народное творчество
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу SEHRLI KETMON - Народное творчество страница 2

Название: SEHRLI KETMON

Автор: Народное творчество

Издательство: Yangi asr avlodi

Жанр:

Серия:

isbn:

isbn:

СКАЧАТЬ o‘rdak, g‘ozlar tuxum qo‘ya boshlabdi. O‘g‘illar ularni sotib pul qila boshlashibdi. To‘ng‘ich o‘g‘lining boshiga shunday fikr kelibdi: «Tuxumning pulini yig‘ib nima ovoragarchilik. Otam kelguncha pulini sarflab xursandchilik qilay. Otam kelib mendan tuxumning pulini so‘rasa, tug‘mas tovuq ekan deb qo‘ya qolaman». Shunday deya u tuxumlarning pulini xarjlay boshlabdi. O‘rtancha o‘g‘il o‘rdakning tuxumlarini ham, o‘rdakning o‘zini ham sotib yuborib, ko‘nglini xushlab yuraveribdi. «Otam kelib so‘rasa, o‘rdakni o‘g‘ri urib ketdi, deb aytaman», – deb o‘ylabdi u. Kenja o‘g‘il g‘ozning tuxumlarini yig‘ib, ularni bostiribdi. Shu zaylda avval g‘ozlarini ko‘paytirib, uning tuxumlarini zoye ketkazmay sotib, ancha-muncha pul yig‘ibdi. Otalari safardan qaytibdi. Keliboq to‘ng‘ich o‘g‘lidan ishning natijasini so‘rabdi. To‘ng‘ich o‘g‘il oldindan tayyorlab qo‘ygan javobini beribdi. Otasi ko‘nglida: «Sen odam bo‘lmabsan, bundan so‘ng menga asqatmaydiganga o‘xshaysan», – deb o‘ylabdi. O‘rtancha o‘g‘lidan so‘rabdi. U ham: «O‘rdak tuxum qilguncha o‘g‘ri urib ketdi», – deb yolg‘on so‘zlabdi. Unga ham g‘ing demasdan, ko‘nglida: «Sen bundan keyin menga asqatishing u yoqda tursin, o‘zingni ham o‘zing eplolmaydiganga o‘xshaysan», – deb o‘ylabdi. Kenja o‘g‘lidan so‘rabdi. U otasiga tuxum sotib yig‘gan pullarini beribdi. So‘ng ko‘paygan g‘ozlarini ko‘rsatibdi. Otasi kenja o‘g‘lidan xursand bo‘lib, o‘z ko‘nglida: «Mana, sen odam bo‘lasan», – debdi.

      Oradan ancha vaqt o‘tibdi. O‘g‘illar otasi o‘ylagandek bo‘lib chiqishibdi. Dehqon avval ikki katta o‘g‘lini, so‘ng kenjatoyini uylantirib qo‘yibdi. Otalari o‘ylaganidek, ikki katta o‘g‘ilning ishi kundan-kunga orqa ketibdi. Uydagi buyumlarini sotib xarjlab, yana otalarining qo‘liga qaram bo‘lib qolishibdi. Kenja o‘g‘il g‘ozlarini boqib, turmushini ancha yaxshilab olibdi. Ota-onasiga ham qarashib turibdi. Otasi kenja o‘g‘lidan rozi bo‘libdi.

      OLTINChI ChOL

      Qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U nihoyatda rahmsiz, zolim podsho bo‘lib, kecha-yu kunduz aysh-ishratdan bosh ko‘tarmas ekan. Davlat xaroblashib, xalqning turmushi kundan-kunga og‘irlashibdi va bora-bora kishilarning o‘n oyda ham qozoni bir bor qaynamay qolibdi. Shundoq bo‘lsa ham podsho amaldorlari soliq uchun xalq boshidan arimas ekan.

      Bu zulmga chiday olmagan shahar xalqi bir kuni yig‘ilib maslahat qilibdi. Ba’zilar:

      – Podsho tamoman aysh-ishrat bilan bo‘lib, bizning turmushimizdan xabar olmay qo‘ydi. Shuning uchun unga ahvolimizni bayon etib, oliq-soliqni yengillashtirish haqida iltimos qilaylik, – debdi. Bu fikr ko‘pchilikka ma’qul tushib, shunday qilmoqchi bo‘lishibdi. Shu topda jamoat ichidan bir chol chiqib bunday debdi:

      – Sizlar bizning ahvolimizni bilmay turib podsho shunaqa qilmoqda deyapsizlar, bu fikr to‘g‘ri emas, podsho bilmay turib emas, atayin shunday qilmoqda. Biz arz qilib yurmasdan biror-bir tadbir bilan podshoni tuzoqqa tushiraylik. Men bir chora o‘ylab qo‘yganman.

      – U qanaqangi chora ekan? – debdi ko‘pchilik ishonqiramay.

      – Bu – mening ishim. Sizlar menga oltin yig‘ib bersangiz bo‘ldi. Qolganini o‘zim bilaman, – debdi chol.

      Xalq cholga ishonib, ming mashaqqat bilan uch pud oltin yig‘ib beribdi. Chol oltinni olgandan keyin, podsho ovga chiqadigan yo‘l ustida bir qumlik bor ekan, shu qumloqqa borib, oltinning bir qismini qumga sochib, ustini ko‘mib qo‘yibdi. Bir mahal podsho o‘z lashkarlari bilan shahardan chiqib kelibdi. Podsho cholning yoniga kelib, uning ishiga hayron bo‘lib so‘rabdi:

      – Bu yerda nima qilib o‘tiribsan?

      – E podshohi olam, «hunarmand o‘lmas, hunarsiz o‘ngmas» deganlaridek, hunar qilib o‘tiribman, – debdi chol.

      Podsho bu javobni eshitgach, yanada hayron bo‘lib:

      – Bu qumloqda qanaqa ham hunar qilar eding? – debdi.

      – Mening hunarim nihoyatda asl hunar, – deya javob qaytaribdi chol, – mana bu qumloqqa har payshanba kuni oltin ekib ketaman va har juma kuni hosilini yig‘ib olaman.

      Podsho bunga ishonmay:

      – Qani, oltinni qanday yig‘ishingni menga bir ko‘rsat-chi, – debdi.

      Chol belgilab qo‘ygan qum tepachalarini kovlagan ekan, chindan ham sap-sariq oltinlar g‘alvirga chiqib kelibdi. Bundan podshoning ko‘zlari alaq-chalaq bo‘lib ketibdi. Uning xursand bo‘lib ketganligini ko‘rgan chol:

      – Podshohi olam, mening hunarim shundoq yaxshi hunar bo‘lsa-da, hozir qo‘limda dastmoya yo‘q, – debdi.

      Podsho cholning gapini anglab, «tayyor o‘ljaga ega bo‘ldim-ku», deb o‘ylab:

      – Undoq bo‘lsa senga urug‘lik oltinni men berayin. Ikkimiz o‘rtoq bo‘laylik, – debdi. Chol podshoning taklifini mamnuniyat bilan qabul qilibdi. Podsho chol bilan xayrlashib ketibdi. Ertasi kuni chol podshodan bir pud oltin olib, kelar jumada ikki pud qilib qaytaribdi. Bundan podsho juda xursand bo‘lsa ham, lekin, ko‘nglidagi shubha tarqamay, yana bir sinab ko‘rish niyatida ikki pud oltin beribdi. Bu ham ko‘ngildagidek chiqibdi. Shundan so‘ng podsho buning rostligiga ishonib, xazinasidagi oltinning hammasini beribdi. Chol bu oltinlarni olgandan keyin, hammasini xalqqa bo‘lib berib, o‘zi nihoyatda xafa holda podshoning huzuriga kirib boribdi. Buni ko‘rgan podsho choldan nima bo‘lganligini so‘rabdi.

      Chol yig‘lamsirab:

      – Podshohi olam, ekkan oltinning hammasi qurib ketdi, – debdi.

      Podsho darg‘azab bo‘lib, o‘tirgan taxtidan yarim gaz irg‘ib tushibdi va:

      – Men bundoq gapga ishonmayman, qumda ham oltin qurib ketadimi? – debdi.

      Chol podshoning g‘azabiga pisand ham qilmasdan:

      – Podshohi olam, qumda oltin unganiga ishonasiz, nega qurib qolganiga ishonmaysiz? Bu ham Xudoning amri, ziroat degani hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi-ku, axir! Zora bundan keyin hosilimiz mo‘l bo‘lsa, – debdi.

      Shunday qilib, bu chol podshoni nihoyatda ustalik bilan tuzoqqa tushirgan ekan.

      ZIYRAK BILAN ZERIKKAK

      Qadimning qadimida, ota-bobom zamonida birining yoshi to‘lgan, birining boshi to‘lgan ikki kishi bo‘lgan ekan. Kichigining laqabi Ziyrak, kattasining laqabi Zerikkak ekan.

      Kunlarning birida Zerikkak shaharga bozor qilgani tushibdi, yo‘lida ketib borayotsa, ortidan bir otliq yigit shitob bilan yetib kelibdi.

      – Assalomu alaykum! – debdi Ziyrak.

      Zerikkak lom-mim demabdi. Ular yo‘l yurishibdi, yo‘l yurganda ham mo‘l yurishibdi. Zerikkak zeriksa-da, Ziyrakka qarab ham qo‘ymabdi. Yo‘l uzaygandan uzayibdi. Oxiri Ziyrak bir bahona bilan so‘z boshlab:

      – Yo‘l rosa uzayib ketdi. Shundoq ketaveramizmi yoki yo‘lni qisqa qilamizmi? – debdi.

      Zerikkak hayron bo‘lib:

      – Ajabo, meni masxara qilyapsanmi, ikkimiz ham otda ketayotgan bo‘lsak, bu nima deganing? – deya xafalanib so‘rabdi.

      Ziyrak:

      – Men masxaralash uchun bu gapni СКАЧАТЬ