Aybaki – mol terisidan ishlangan sifati past charm.
35
Sag‘ri – ot terisining dum tomon qismidin tayyorlangan charm.
36
Mablag‘ – boylik.
37
Ma’zun – ruxsat, izn olgan.
38
Qulyo, Amma, Yosin – Qur’ondagi suralar nomi.
39
Ixna – sirtqi ko‘rinishiga e’tibor bermovchi.
40
Muvaqqat – vaqtincha.
41
Husul – hosil bo‘lish.
42
Mudavvar – to‘garak.
43
Munaqqid – tanqidchi.
44
Ma’a – bilan.
45
Fohish tangligi – ortiqcha siquv.
46
Jevak – qizlarning bu kunda isti’moldan qolg‘an ko‘krak ziynati (mual.)
47
Murabba’ – to‘rtburchak, kvadrat.
48
Mezon – 22-sentabr – 21-oktabr.
49
Masmu’ – eshitilgan.
50
Qoyim – qaror.
51
Muhaqqaq – haqiqat.
52
Tavajjuh – e’tibor.
53
Musta’id – qobiliyatli, iste’dodli.
54
Holog‘i – haligi.
55
Kofiy – yetarli.
56
Imomi A’zam (taxallusi, melodiy – 699–767) – ismi Abu Hanifa Nu’mon ibni Sobit. Islomdagi hanafiya mazhabining asos-chisi.
57
Kutubi mutabarraka ta’lifotig‘a ham ibtido qilg‘an – tabarruk kitoblar yozishg‘a ham boshlag‘an ekanlar.
58
Indal’uqalo – oqillar nazdida.
59
Ilgarigi tahsilda tolibning masalan: “Ozomil”, “Kofiya”, “Sharhi mullo Jomiy”, “Muxtasar” yuqoriroq darajada “Aqoid” (Ollohning borligini tasdiqlovchi ilm), so‘nggida esa “Tafsir” ilmlarini o‘qiganligiga qarab ilm darajasi belgilangan.
60
Tahrir – yozish.
61
Taqrir – matnning mazmunini tushuntirish.
62
Faroiz – musulmonchilik qoidalarini o‘rganish ilmi.
Bir vaqt Xudoyor, «odil podshoh» bo‘lmoq niyatida mazkur uch mirzoni maxfiy ravishda viloyatlarga jo‘natib, ularga: «Zolim beklarim, poraxo‘r qozi va boshqa amaldorlarim bo‘lsa, menga bilib beringiz, men ularning jazolarini beraman», deb buyuradir. Sayidxon, mulla Siddiq va Mo‘minjon – bu uchavi viloyat, tumanlarda necha vaqt maxfiy kezib, bek, qozi, umuman, mansabdorlarni tekshirib chiqadirlar.Ularning to‘g‘ri baho berishlari natijasida ma’lmurlardan qariyb to‘qson foizi zolim va poraxo‘r ko‘rsatiladirlar. Xon bu holg‘a hayron bo‘lib, o‘rdadan bir necha kishilarga sirni ochadir. Bu kishilar boyag‘i uch mirzoning raqiblaridan bo‘lib, xong‘a ig‘vo qiladilarkim: «Mirzolar o‘zlariga pora berguchilarni yaxshi ko‘rsatib, bermaguchilarni yomon ko‘rsatadirlar. Yo‘qsa sizning ovoni adolatingizda shunchalik yomonlar bo‘ladimi? Bu ko‘rnamaklar nafs so‘ziga kirib, janobingizning aksar sodiq qullaringizni sizdan
СКАЧАТЬ