Капитан Грант болалари. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Капитан Грант болалари - Жюль Верн страница 28

Название: Капитан Грант болалари

Автор: Жюль Верн

Издательство: Asaxiy books

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-8002-4-3

isbn:

СКАЧАТЬ Tog‘dan tushib kelayotganimizda bola kimning yonida edi, juda bo‘lmasa shuni aytinglar, – deb so‘zida davom etdi mayor.

      ‒ Mening yonimda edi, – dedi Vilson.

      ‒ Uni qachongacha yoningda ko‘rding? Yaxshilab o‘yla! Gapir!

      ‒ To‘xtashimiz oldidan bo‘lgan siltovdan ikki minutcha oldin Robert lishaynikka tirmashib, yonimda tushib kelmoqda edi, – deb javob berdi Vilson, – esimda qolgani shu, xolos.

      ‒ Ikki minutcha oldin deysanmi? Yaxshilab o‘yla, Vilson. Minutlar senga juda uzoq tuyulgan bo‘lishi mumkin. Yanglishayotgan bo‘lmagin tag‘in?

      ‒ Yanglishayotganim yo‘q, deb o‘ylayman. Ha, xuddi shunday: ikki minutcha oldin, ehtimolki, undan ham kamroqdir.

      Mak-Nabbs:

      ‒ Shunday ham deylik. Robert sening qaysi tarafingda edi: o‘ng tarafingdami, so‘l tarafingdami? – deb so‘radi.

      ‒ So‘l tarafimda edi. Ponchosining etagi betimga kelib urilib turgani shunday esimda turibdi.

      ‒ O‘zing bizdan qaysi tarafda eding?

      ‒ Men ham so‘l tarafda edim.

      ‒ Demak, Robert faqat mana bu tarafda yo‘qolib qolgan bo‘lishi kerak, – dedi mayor tog‘ tomonga o‘girilar ekan o‘ng tarafni ko‘rsatib. – Shuni ham aytayki, bolaning yo‘qolib qolgan vaqtini nazarga olsak, u anavi tagi tekislik va tepasi ikki ming fut tik devor bo‘lgan joyda yo‘qolgani aniq bo‘ladi. Atrofni o‘zaro bo‘lishib olib, uni xuddi ana shu yerdan qidirishimiz kerak, biz uni ana shu yerdan topamiz.

      Mayorning bu taklifiga hech kim bir og‘iz so‘z qo‘shmadi. Hamrohlar bo‘linishib, tog‘ning turli balandligiga chiqdilar va Robertni qidira boshladilar. O‘zlari tog‘dan uchib tushgan yerning o‘ng tomonidagi eng kichkina yoriqlar ichini ham qoldirmay qidira boshladilar, minut sayin jarga qulab ketish xavfi ostida xarsanglar yig‘ilib qolgan jarlar tagiga tushdilar, ular jar ichidan oyoq-qo‘llari qonga belanib, kiyimlari dabdala bo‘lgan holda qaytib chiqar edilar. Uch-to‘rtta sira ham tushib bo‘lmaydigan jarlardan boshqa Kordilerning bu qismi bir necha soat ichida juda sinchiklab ko‘zdan kechirildi, lekin bu jasur odamlarning birontasi ham dam olish to‘g‘risida o‘ylamadi. Ammo butun mehnatlari behudaga ketdi. Aftidan, bechora Robert tog‘larda o‘lim topgan, tog‘ qoyalari esa uning qabri bo‘lgan edi.

      Soat birlarda Glenarvan bilan hamrohlari holdan toygan va xafa holda vodiyda yana to‘plandilar. Glenarvan juda xafa edi. U deyarlik hech gapirmas, og‘ir-og‘ir xo‘rsinar, lablaridan faqat:

      ‒ Bu yerdan ketmayman! Ketmayman! – degan so‘zlargina uchar edi.

      Uning o‘jarlik bilan aytayotgan bu fikriga hamma tushunar va unga hurmat bilan qarardi.

      ‒ Sabr qilaylik, – dedi Paganel, mayor bilan Tom Ostinga, – biroz dam olib, kuch yig‘amiz. Robertni qidirsak ham, yo‘lga chiqsak ham oldin dam olishimiz kerak.

      ‒ To‘g‘ri, – dedi Mak-Nabbs, – Eduard istar ekan, demak, bu yerda qolamiz. U hali umid qilyapti, lekin nimaga umid qilyapti – bunisini bilmayman.

      – Bechora Robert! – dedi Paganel, ko‘z yoshlarini artib.

      Vodiyda juda ko‘p daraxtlar o‘sib yotardi. Mayor g‘uj bo‘lib o‘sgan bir necha sershox daraxt tagini tanlab, o‘sha yerga vaqtincha to‘xtash uchun joy qildi. Bir necha odeyal, qurollar, biroz qoq go‘sht bilan guruch – omon qolgan narsalar faqat ana shu edi. Shu oradan oqib o‘tadigan ariqdan yer qimirlagandan keyin hali loyqa bo‘lib oqayotgan suv olish mumkin edi. Myulredi o‘t ustida gulxan yoqib yubordi va ko‘p o‘tmay Glenarvanga issiq kakao uzatdi. Lekin u ichmadi, yerga solgan ponchosi ustida qimir etmay, cho‘zilib yotaverdi.

      Shu tarzda kun o‘tdi. Har kungidek osoyishta, tinch tun boshlandi. Hammalari yotdilar, lekin hech kimning ko‘ziga uyqu kelmas edi. Glenarvan esa yana Kordiler yonbag‘irlaridan Robertni qidirgani ketdi. U bola yordamga chaqirmayaptimikan, deb to‘xtab-to‘xtab quloq solar edi. Glenarvan juda balandga chiqdi, goh yerga yotib, nafas chiqarmaslikka tirishib qulog‘ini toshga qo‘yib tinglab boqdi, goh alam bilan Robertni chaqirib qichqirdi.

      Bechora Glenarvan tuni bilan tog‘ kezib chiqdi. Tagsiz jarlar yoqasida ehtiyotsizlik qilib, o‘zi ham jarga yiqilib ketmasligi uchun har daqiqa unga yordam berishga tayyor holda goh Paganel, goh mayor u bilan birga yurdilar. Lekin bu oxirgi axtarishlar ham bekor ketdi. Glenarvanning: «Robert! Robert!» – deb chaqirishlariga faqat aks sado javob berardi.

      Tong otdi. Glenarvanning do‘stlari uni baland tog‘ tepasidan zo‘rlab pastga olib tushdilar. U tasvirlab bo‘lmas darajada iztirob chekardi. Kim unga hozir yo‘lga chiqishni, bu badbaxt vodiyni tashlab ketishni jur’at etib taklif qila olar edi? Buning ustiga oziq-ovqat yetishmasdi. Shu yaqin oradan katapats aytgan argentinalik yo‘l boshlovchilarni ham, pampaslarda sayohat qilish uchun yaroqli otlarni ham topish mumkin edi. Orqaga qaytish olg‘a yurishdan ko‘ra qiyinroq edi. Bundan tashqari, «Dunkan» bilan Atlantik okeani sohilida uchrashamiz deb kelishilgan edi, axir! Bu muhim sabablar ortiqcha paysalga solishga yo‘l qo‘ymas, umuman otryad vaqtni mutlaqo bekor o‘tkazmay, tezda yo‘lga chiqishi lozim edi.

      Mak-Nabbs Glenarvanning fikrini g‘amli o‘ylardan boshqa tomonga tortmoqchi bo‘lib ko‘rdi. U do‘stini o‘z taklifiga ko‘ndirish uchun uzoq urindi, lekin Glenarvan, aftidan, hech narsa eshitmas va faqat «Yo‘q» deganday bosh chayqar edi. Nihoyat u:

      ‒ Yo‘lga chiqamiz deysizmi? – deb so‘radi.

      ‒ Ha, yo‘lga chiqish kerak.

      ‒ Yana bir soat tura turinglar.

      ‒ Xo‘p, tura turamiz, – dedi mayor.

      Bir soat o‘tdi, Glenarvan yana bir soat muhlat berishni o‘tinib iltimos qildi. U o‘limga mahkum etilgan jinoyatchi singari, yolvorib muhlat so‘radi. Shu tarzda soat o‘n ikki bo‘ldi. Keyin Mak-Nabbs boshqa hamrohlari bilan maslahatlashib olib, yo‘lga chiqishni qat’iy talab qildi, ekspeditsiya ishtirokchilarining taqdiri shunga bog‘liq, dedi u.

      ‒ To‘g‘ri, to‘g‘ri, – dedi Glenarvan, – yo‘lga chiqish kerak, to‘g‘ri.

      U shunday deb javob berar ekan, o‘zi Mak-Nabbsga qaramas edi. Uning butun diqqati baland osmonda ko‘ringan allaqanday qora nuqtada edi. Birdan u qo‘lini ko‘tardi va turgan yerida qotdi.

      ‒ O‘sha yerda, o‘sha yerda! – deb qichqirdi Glenarvan. – Qaranglar! Qaranglar!

      Hamma osmonga, Glenarvan zo‘r berib qo‘li bilan ko‘rsatayotgan tomonga tikildi. Qora nuqta endi ancha kattalashib qoldi – bu juda balandlikda parvoz qilib yurgan qush edi.

      ‒ Bu kondor, – dedi Paganel.

      ‒ Ha, kondor, – dedi Glenarvan. – Kim bilsin! U shu tomonga yaqinlashib kelyapti, pastlashyapti… Birpas shoshmanglar…

      Glenarvan nimaga umid qilayotir? Aqldan ozmadimi ekan? «Kim bilsin!» – degan gapning ma’nosi nima?

      Paganel yanglishmadi: u haqiqatan ham kondor edi, qush tobora yaqinlashib kelar va tobora aniq-ravshan ko‘rinardi. Bu ajoyib yirtqich qush janubiy Kordiler tog‘larining podshosi edi. Bu yerlarda u juda katta bo‘ladi. Kondor juda kuchli qush, u ba’zi vaqtlarda hatto ho‘kizlarni ham jarga qulatib yubora oladi. U o‘tloqlarda daydib yurgan qo‘y, echki, buzoqlarga hujum qiladi, СКАЧАТЬ