Название: Suv ostida sakson ming kilometr
Автор: Жюль Верн
Издательство: SHARQ
isbn: 978-9943-26-603-2
isbn:
Xullas, «Avraam Linkoln» komandasining o‘lim keltiruvchi qurollari yetarli emas, deb nolishiga o‘rin yo‘q edi. Bular kamlik qilganday, kemada garpunchilar qiroli Ned Lendning o‘zi ham bor edi!
Ned Lend asli kanadalik bo‘lib, dunyodagi o‘ta epchil kit ovlovchi, bu xatarli hunarda unga teng keladigani yo‘q edi. U o‘taketgan darajada sovuqqon, chaqqon, shijoatli va farosatli odam edi. Uning dahshatli garpunidan qutulib ketish uchun juda makkor kit, g‘oyat mug‘ambir kashalot bo‘lishi kerak.
Ned Lendning yoshi qariyb qirqqa borib qolgan. Bo‘yi salkam olti fut keladigan novcha, baquvvat, badjahl odam. U odamovi, tajang va sal narsaga tezda tutaqib ketardi.
Uning tashqi qiyofasi kishi diqqatini beixtiyor o‘ziga jalb qilar, ayniqsa uzoqni aniq ko‘ra oladigan ko‘zlari yuziga allaqanday o‘ziga xoslik baxsh etar edi.
Menimcha, kapitan Faragut mashhur kit ovlovchini ekspeditsiyada qatnashishga jalb etib, juda to‘g‘ri ish qilgan. Baquvvat qo‘l va o‘tkir ko‘z kerak bo‘lib qolsa, uning yolg‘iz o‘zi butun ekspeditsiyadan ko‘ra ko‘proq ish qiladi.
Ned Lendni kuchli teleskop, shu bilan birga hamisha shay turgan o‘qlog‘liq to‘p bilan tenglashtirish mumkin.
Kanadalik, ayni vaqtda, fransuz Ned qanchalik odamovi bo‘lmasin, ammo shuni aytishim kerakki, u men bilan tez orada tanishib oldi. Ehtimol, u fransuz tilida gaplashish imkoniyati tug‘ilganidan quvongandir. Kanadaning ayrim viloyatlarida Rable17 vaqtlaridan saqlanib qolgan qadimiy fransuz shevasini men ham huzur qilib tinglar edim.
Ned Lend hali bu shahar Fransiyaga tobe bo‘lgan qadim zamonlarda juda ko‘p shijoatli dengizchilarni yetkazib bergan eski kvebeklar xonadoniga mansub edi.
Bizning Ned bilan bo‘lgan suhbatlarimiz borgan sari jonlana boshladi. Men uning qutb dengizlaridagi sarguzashtlarini miriqib tinglar edim. uning ov va olishuvlar to‘g‘risidagi hikoyalari shu qadar sodda va shoirona ediki, ba’zan qutb mamlakatlari «iliada»sini ashula qilib aytayotgan allaqanday kanadalik Gomerni tinglayotganday tuyulardi menga.
Men bu jasur kishini hozir bilganimcha ta’riflayapman. Biz eski qadrdon do‘stlarmiz va dahshatli sinov kunlarida tug‘ilgan do‘stligimiz mustahkam va buzilmasdir.
Bahaybat dengiz maxluqi borasida Ned Lendning fikri qanday edi? E’tirof etishim kerakki, u narvalning mavjudligiga ishonmas edi va kemada ko‘pchilikning shu haqdagi farazlariga qo‘shilmaydigan yagona kishi edi. Bir gal men shu mavzuda gap ochib, uning fikrini bilmoqchi edim, indamay qo‘ya qoldi.
Yo‘lga chiqqanimizga uch hafta bo‘lganda, 30- iyulda, kemamiz Patagoniyadan o‘ttiz milya masofada Baya-Blank yaqinida borardi. Kozerog tropigidan o‘tdik va endi Magellan bo‘g‘ozi bizdan yetti yuz milyaga yetar-yetmas janubda edi. Yana sakkiz kundan keyin «Avraam Linkoln» Tinch okean suvlarida suza boshlaydi!
Men Ned Lend bilan yutda18 o‘tirar edim. Biz tubiga inson ko‘zi yetmagan sirli dengizga qarab, turli mavzularda gaplashib o‘tirar edik. Ittifoqo, sodir bo‘lgan qulay bir fursatdan foydalanib, men ulkan narval haqida gapirib qaysi sharoitlarda ekspeditsiyamizning muvaffaqiyat qozonishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashi yuzasidan mulohazalarimni aytdim. Ammo Ned Lend churq etmay o‘tirganini ko‘rib, uning oldiga masalani ko‘ndalang qo‘ydim:
– Biz qidirib borayotgan bahaybat narvalning mavjudligiga qanday shubha qilishingiz mumkin? Ishonmasligingizga biror asos bormi?
Garpunchi bir lahza menga indamay qarab turdi. Savolimga javob berishdan oldin odaticha, fikrini bir joyga to‘playotganday peshanasiga urib, ko‘zini yumib olgandan keyingina bunday dedi:
– Balki bordir, janob Aronaks.
– Menga qarang, Ned, sizning kasbingiz garpunchilik. O‘z davringizda yuzlab katta dengiz sutemizuvchilarini ko‘rgansiz, binobarin, kitsimon katta bir mavjudotning bo‘lishi mumkinligiga boshqalardan ko‘ra siz ko‘proq ishonishingiz kerak-ku, axir!
– Xuddi shu masalada xato qilasiz, janob professor, – deb javob berdi Ned. – Hech narsadan xabarsiz odamga yer sharining ichki pardasida bahaybat hayvonlar bor deyilsa, ishonishi turgan gap. Ammo bu safsataga geolog sira ishonmaydi. Kit ovlovchi ham xuddi shunday. Men ozmuncha kit va nar-vallarning ketidan quvib o‘ldirmadim. Ammo ular qanchalik katta va baquvvat bo‘lmasin, na dumlari, na shoxlari bilan po‘lat qoplangan paroxodni urib teshishga kuchlari yetmaydi.
– Ammo, Ned, narval tishi bilan paroxod bortini teshgan paytlari bo‘lgan.
– Yog‘ochdan yasalganlarni, professor, yog‘och paroxodlarni! – e’tiroz bildirdi Ned. – Ha, yana shuni e’tirof etishim kerakki, men bunga unchalik ishonmayman. Shaxsan men bunaqasini ko‘rmaganman. Binobarin, o‘z ko‘zim bilan ko‘rmagunimcha kashalotlar, kitlar yoki narvallar halokat keltirishiga, «Shotlandiya» korpusidagiday teshik ochishiga ishonmayman.
– Menga qarang, Ned…
– Yo‘q, professor, yo‘q. Nima desangiz deng-u, ammo bu haqda gapirmang. Ehtimol, juda katta sakkizoyoq…
– Aslo mumkin emas, Ned! Sakkizoyoq chig‘anoq bilan qoplangan, yumshoq tanli juda katta umurtqasiz jonivor. Uning bo‘yi besh yuz fut bo‘lganda ham sakkizoyoq umurtqasizligicha qoladi va binobarin, u «Shotlandiya» yoki «Avraam Linkoln» singari kemalar uchun mutlaqo xavf-sizdir. Sakkizoyoqlar kemalar uchun xavfli degan mishmishlarga chek qo‘yish payti keldi.
– Xullas, janob tabiatshunos, – dedi Ned kinoya bilan, – ulkan narvalning mavjudligiga imoningiz komil, shundaymi?
– Ha, Ned, bunga imonim komil va bu sira rad etib bo‘lmaydigan bir necha faktlarga asoslangan. Mening ulkan kitsimon hayvonlar borligiga, ular kitlar, kashalotlar va delfinlar singari umurtqalilar turkumiga kirishiga hamda juda baquvvat tishlari, shoxlari yoki qoziq tishlari mavjudligiga shubham yo‘q.
– Hmm! – deya g‘o‘ldiradi garpunchi ishonqiramay boshini qimirlatib.
– Shuni ham bilib qo‘ying, azizim, – deya davom etdim men, – agar shunday maxluq okean qa’rida – suv sathidan bir necha milya pastda yashasa uning organizmi juda baquvvat bo‘lishi kerak.
– Nega endi? – so‘radi Ned.
– Chunki bunday chuqurlikda g‘oyat katta suv bosimiga bardosh berib turish uchun benihoya baquvvat bo‘lishi kerak.
– Rostdanmi? – dedi Ned ishonchsizlik bilan ko‘zini qisib.
– Ha, xuddi shunday. Buning isboti uchun sizga ba’zi bir raqamlar keltiraman.
– O, bu raqamlar! – dedi cho‘zib Ned. – Raqamlar bilan istagan narsani isbotlasa bo‘ladi…
– Hamisha va istagan narsani emas, Ned. Mana quloq soling. Bir atmosfera bosimining balandligi o‘ttiz ikki futli bir suv ustuni bosimiga teng deb faraz qilaylik. Haqiqatda esa suv ustunining balandligi ancha past bo‘lishi ham mumkin, chunki dengiz suvi chuchuk suvga nisbatan zichroqdir. Shunday qilib, Ned, suvga sho‘ng‘iganingizda tanangiz dengiz sathidan necha o‘ttiz ikki futli suv ustuniga pastda bo‘lsa, har bir kvadrat santimetriga shuncha atmosfera bosim, ya’ni shuncha kilogramm og‘irlik tushadi. Demak, uch yuz yigirma fut chuqurlikda bu bosim o‘n atmosferaga, uch ming ikki yuz fut chuqurlikda yuz atmosferaga va o‘ttiz ikki ming futda, ya’ni taxminan ikki yarim milya chuqurlikda СКАЧАТЬ
17
18