Название: Тасвирий санъат ўқитиш методикаси
Автор: Ш.Р. Кобилов
Издательство: Kitobxon
isbn: 978–9943–4493‒1‒2
isbn:
a
b
2 a,b-rasm. Doskada choynakni tasvirlash bosqichi.
3-rasm. Harakatdagi odamni tasvirlash.
uslublardan unumli foydalanishga undaydi. Ayniqsa, grafik usullarni о‘rinli qо‘llash tasvirning ifodali yechimiga zamin yaratadi. Betakror rassom Rembrandt «O‘rganish, eng avvalo, boy tabiatni idrok qilish va unda kо‘rilgan narsalarni aks ettirishdir. Osmon, yer, dengiz, hayvonlar yaxshi-yomon odamlar – bularning hammasi bizning mashqlarimiz uchun xizmat qiladi», – degan edi.
4-rasm. Turli predmetlarni tasvirlash.
Qalamtasvir badiiy pedagogika ta’lim tizimidagi asosiy, yetakchi fan bо‘lib hisoblanadi. Qalam bilan borliqni idrok etish jarayonida chizuvchilar ma’lum texnik kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar, chunonchi, naturadan (narsaning asliga qarab), xotira, tasavvur asosida rasm bajarish jarayonida ularning fazoviy va badiiy fikrlarini rivojlantirish vazifalari bajariladi. Narsaning о‘ziga qarab rasm chizish rasmni о‘rganishning asosiy shakli hisoblanadi. Naturadan rasm ishlash jarayoni bо‘lajak pedagog-rassomning kо‘rish xotirasi va kuzatuvchanlik xususiyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviy sog‘lom yosh avlodni, bо‘lajak vatanparvarlarni tarbiyalash о‘qituvchi zimmasiga yuklanadi. U nafaqat bilimdon yoshlarni tarbiyalashi, balki eng avvalo, ana shu bilimlarni о‘zi mukammal egallab olgan shaxs bо‘lishi zarur. Shu jumladan, tasviriy san’at sohasida bilim olayotgan talabaning ham eng asosiy vazifasi о‘qituvchi-rassom uchun zarur bо‘lgan bilim va malakalarni puxta egallashdir. Shuningdek, ijodkor о‘qituvchi oldiga о‘sib kelayotgan avlodni badiiy barkamol, yuksak didli, olam va san’at gо‘zalliklarini tо‘g‘ri tushuna oladigan tarzda tarbiyalash asosiy vazifa qilib qо‘yiladi.
Birinchi bosqichdan boshlanadigan qalamtasvir bо‘yicha о‘quv topshiriqlari perspektiva, plastik anatomiya kabi ilmiy bilim asoslari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda talabalar о‘qituvchi rahbarligida va mustaqil ravishda qalamtasvir bо‘yicha usuliy о‘quv adabiyotlarini о‘rganishlari maqsadga muvofiqdir. Talabalarni rasm bajarish jarayonida didaktik prinsipning asosiy qoidalaridan biri bо‘lgan ketma-ketlik usulini qо‘llashga о‘rgatish zarur. Bu haqda XIX asrning buyuk rus rassom-pedagogi P.Chistyakov shunday degan edi: «Har qanday ish doimiy tartibni talab etadiki, ish о‘rtasidan yoki oxiridan emas, balki eng boshidan, asosidan boshlanadi… Ishda tartib buzilishi zarar yetkazadi, adashtiradi va ishni buzadi…»
Rasm asoslarini о‘rganish jarayonida bо‘lajak tasviriy san’at о‘qituvchilari natura (narsaning о‘ziga qarab), xotira – tasavvurdan chizishni о‘rganadilar. Rasm chizishni о‘rganishda chiziqli perspektiva qonunlarini о‘rganib, amaliyotda qо‘llash ham benihoya muhim rol о‘ynaydi. Ayniqsa, I kursda kuzatish perspektivasi asoslarini egallash juda muhimdir. Shu bilan birgalikda talaba professional va usuliy tayyorgarligida predmetlarning konstruktiv tuzilish qoidalarini о‘zlashtirish muhim о‘rin egallaydi.
Qalamtasvir bо‘yicha о‘quv dasturi ma’lum pedagogik tizimga keltirilgan topshiriqlar bajarishga qaratilgan. I semestrga mо‘ljallangan о‘quv topshiriqlari gipsli (ganch) modellar ustida ishlashni nazarda tutadi. Bu oddiy geometrik figuralar (kub, konus, shar, stilindr va h.z.), gipsli bosh modelining qismlari (kо‘z, quloq, burun), qadimgi klassik haykal – Mikelanjeloning «David» asari va boshqa antik modellar. Shu bilan birgalikda dasturda turli xil qisqa muddatli rasmlar (qoralama, chizgi) bajarish ham nazarda tutilgan.
Geometrik jismlarni ma’lum bir kompozitsion guruhga tizib ishlash talabalarga rasm chizish qoidalarini (perspektiva, konstruktiv tuzilish, yorug‘lik – soya tarqalishi) о‘rganishga yordam beradi. Kelajakda talabalarga murakkab jismlarning konstruktiv tuzilishi qoidalarini tushunish va о‘zlashtirishda mazkur topshiriqlar asos bо‘ladi.
Gipsli mashqlarni tasvirlash mazmuni perspektiva va yorug‘ soya nazariyasini amaliyotda qо‘llay olishga qaratilgan.
Antik haykallarning bosh qismlarini tasvirlash odam anatomiyasini chuqur о‘rganish va rasm bajarish amaliyotida qо‘llashni talab etadi.
II bosqich talabalariga qalamtasvir asoslarini о‘rgatishda natyurmortlarni tasvirlashga alohida о‘rin ajratilgan.
Natyumort ustida ishlash jarayonida talabalar kuzatish perspektivasi, narsalarning konstruktiv tuzilishi, yorug‘lik-soya tarqalishi qoidalari haqida aniq bilim va kо‘nikmalar hosil etadilar. Turli materiallar (shisha, metall, yog‘och, mato va h.z.) fakturasini tus orqali ifodalashga о‘rganadilar.
I-II jarayonda qisqa muddatli rasmlar bajarish nazarda tutilgan. Chunonchi, II jarayonda odam qomati, qush va hayvonlardan qoralamalar bajarish kо‘zda tutilgan. Bu jarayondan kо‘zlangan maqsad II bosqichdan boshlab harakatdagi obyektlarni tasvirlay olish, naturaning asosiy, tipik holatini bera olishni о‘rganishdan iboratdir.
Shu qatorda xotira va tasavvurdan qisqa muddatli rasm bajarishga ham alohida о‘rin ajratilgan.
Rasm chizish san’ati tarixidan
Inson tabiatan san’atkordir. U о‘z hayotini san’at yordamida gо‘zal qilishga intiladi. Ibtidoiy davr musavvirlarining ishlariga razm solsak, ular atrof-borliqdagi hayvonot olamini suyaklarga, qoya toshlarga tasvirlaganlar. Bu tasvirlarda ovlash vaqti kabi mavzular kо‘p uchraydi. Kо‘pgina tasvirlar о‘zining haqqoniy о‘xshashligi, har bir hayvonga xos bо‘lgan harakat dinamikasini bera olganligi bilan xarakterlanadi. Bular ibtidoiy rassomning chizayotgan narsasini diqqat bilan kuzatganligi, ayniqsa, hayvonlarning anatomik tuzilishi haqidaga ma’lum bilimlarga ega bо‘lganligini kо‘rsatadi. Bularda hayvonlarni yugurayotgan, sakrayotgan yoki о‘zini himoya qilayotgan holatlarda kо‘rishimiz mumkin. Qoya suratlarida odam tasvirlari kо‘p bо‘lmasa-da, ularda ovchilar gavdasi, qо‘lida kamon, tayoq ushlagan holda hayvonlar orqasidan yugurayotgan kishilarning sxematik tasvirlari uchraydi. Mana shu sxematik tarzdagi tasvirlarda ham rassom gavda nisbatlariga rioya qilganligini kо‘rish mumkin. Bu ham ularning odam anatomiyasi haqidagi bilimlarga ega bо‘lganligidan dalolatdir. Demak, vaqt о‘tavergani sari insonlar tasviri ustida ishlash mukammallashib, tasvirlarda nafaqat о‘xshashlikka intilish, balki ularning ma’lum bir ma’no anglatishiga erishish yо‘lida katta kuch sarf etilgan (Saxarada topilgan tasvirlar bunga yorqin misoldir).
Qadimgi Misr rassomlari odam tasvirini tushunishga asoslangan ma’lum bir qonunlarni ishlab chiqqanlarki, bu kelgusida rassomlarga insonni tasvirlashga yordam bergan. Ular devorga yoki toshlarga tо‘rga о‘xshatib chiziqlar tortganlar va ular ichiga odam tasviri yoki devoriy rasmlar ishlaganlar. Qadimgi Misr tasvirlash qonunlaridan yana biri shuki, unda inson tasvirini chizishda ma’lum bir narsa о‘lchov birligi sifatida qabul qilingan va bu о‘lchov birligi «konon» deb yuritiladi. Ular bu jarayonda о‘lchov birligi sifatida о‘rta barmoq uzunligini olganlar. Bunda barmoq uzunligi gavdaga nisbatan 19 marta joylashtirilib, tananing me’yordagi nisbati tо‘g‘ri yoki mos deb hisoblangan (5-rasm).
Misr tasvirlash qonunlariga muvofiq inson gavdasida konon oyoq balandligi bir barmoq uzunligida, kо‘krak tugmachalari 14-15 bо‘linma orasida va h.z. tarzda joylashgan. Bosh qismi tо‘rt barmoq uzunligiga teng hisoblangan, o‘nyettinchi bо‘linmada burun uchi, o‘nsakkizinchi bо‘linmada esa peshona chiziqlari joylashgan. Bu qonun bilan gavdaning tо‘liq nisbatlari har bir bо‘laklarda aniqlab chiqilgan. Masalan, burun kengligi, kо‘z, og‘iz, kо‘krak kengligi va qalinligi, qо‘lning aniq о‘lchamlari ham о‘z ifodasini СКАЧАТЬ