Название: Боболару момолар айтган эртаклар
Автор: Худойберди Тухтабоев
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-08-960-0
isbn:
Aytuvchi: E.Xoliqulov, 70 yosh, Samarqand viloyati.
Yozib oluvchi: S.Aliqulov,8-sinf o‘quvchisi.
YOV QOCHSA
O‘rmonda ikki baroq mushuk tanholikda kun kechirar ekan. Ular ko‘p jonivorlarni ko‘rishgan bo‘lsalarda, zotlariga mansub jonivorlarni hech uchratmagan ekan. Kunlarning birida nogoh to‘qnash kelibdilar-u, bir-birlarini ko‘rib dahshatga tushibdilar. Birinchi mushuk vajohatli dushmanni qo‘rqitmoq uchun dumini asabiy likillatgancha jonjahdi bilan unga qarshi yuribdi. Biroq bir-birlariga yaqinlashmay turib, bu qo‘rquvdan o‘takalari yorilay deb, har tomonga qochib qolibdi. Ma’lum bir masofani bosib o‘tgan birinchi mushuk orqasiga o‘girilib qarasa uni hech kim quvmayotgan emish. Shunda u:
– To‘xta, men bu hayvondan qochib yuribman, u esa mendan ham oldin shataloq otib qolibdi-ku. Demak, u ham mendan qo‘rqibdi, – deb o‘ylab orqasiga qaytibdi. Bu payt ikkinchi mushuk baland changalzorga ro‘para kelib, ilojsizlikdan miyovlab yuboribdi. O‘qdek uchib kelayotgan birinchi mushuk, bu holatni ko‘ribdi-yu, kalovlanib qolibdi va o‘zi ham to‘xtabdi.
– Qanday dahshat! Men ahmoq, nima qilardim qaytib?! Endi meni bu joyda nobud qilishdi, unga hech narsa halaqit bermaydi. Vaqt g‘animat juftakni rostlash kerak, – deb o‘ylabdi u. Birinchi mushuk qandoq tez kelgan bo‘lsa, shundoq iziga qaytibdi.
Xulosa: O‘z yaqiningni bilmasang, joning azobda, ko‘zingni kattaroq ochib yasha.
Aytuvchi: B. Karimov, 64 yosh, G‘allaorol tumani.
Yozib oluvchi: A.Karimov 5-sinf o‘quvchisi.
HIMOYA
Olg‘ir nomli bir quyon ilmiy ish yoqlar edi.
Bu fanda yangilik deb o‘zini oqlar edi.
– Himoyaning nomini bilishga bo‘lsa xohish:
Hayvonlarning terisini tiriklayin shilish.
Bo‘ri turdi joyidan: – Bizda savol bor bitta,
Himoyani amalda «ko‘rsatarsiz» albatta?
– Xohlasangiz marhamat, anov xonaga o‘ting
Sizlar esa shu yerda, natijani kuting.
Bo‘ri dedi o‘zicha: – Bir ta’zirini berayin,
Hozir zap semiribdi, tiriklayin yeyayin.
Alohida xonaga ikkisi kirib ketdi,
Oradan besh daqiqa, chamasi vaqt ham o‘tdi.
Quyon chiqdi xonadan, qo‘lida qonli teri.
Masala hal bo‘rining demak quribdi sho‘ri.
– Yana xohlaganlar xonaga o‘tsin, – dedi.
Quyonvoyning o‘ziga ishonchi katta edi.
– Bu maqtanchoq, menimcha tinchimaydi
o‘lguncha,
Deya ayiqpolvonjon kirib ketdi xonaga.
Chamasi oradan besh daqiqa vaqt o‘tib,
Quyon chiqdi qo‘lida ayiq terisin tutib.
Hamma hayron, hamma lol.
Ne bo‘lganin bilmaydi.
Albatta, boshqalarning o‘lgilari kelmaydi.
Shu payt o‘sha xonadan chiqib keldi hoqon sher,
– Bizning jiyanga yana savollardan bormi? – der.
Xulosa: Hayotda bu ma’lumdir, agar tog‘ang bo‘lsa sher, Hech ikkilanmay, do‘stim, mansab qo‘lda deyaver.
Aytuvchi: Yo‘ldosh Nasriddinov, 61 yosh. Samarqand viloyati, Samarqand shahri.
Yozib oluvchi: Oysara Yusupova, 7-sinf o‘quvchisi.
AQLLI BOLA
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir maqtanchoq podsho bo‘lgan ekan. Bu podsho «bu yurtda mendan aqlli odam yo‘q», deb yurar ekan. Bir kuni podsho ovga chiqibdi. U tushgacha ov qilib hech narsa tuta olmabdi. Yo‘lda bir bolani uchratibdi. Podshoh bolaga qarab:
– Hoy bola, bizni mehmon qilmaysanmi? – debdi. Bola unga:
– Jonim bilan, – deb javob beribdi. Podshoh:
– Bizlarni nima so‘yib mehmon qilasan? – deb so‘rabdi. Bola esa:
– Topsak birini, topmasak ikkisini so‘yamiz, – deya javob qaytaribdi. Podshoh bolaning javobidan hayron bo‘libdi. Vazirlariga:
– Bu bolaning gapida hosiyat bor, buni bir sinab ko‘ramiz, – debdi. Podshoh vazirlari bilan bolaning uyiga boribdi. Bola podshoh va uning odamlarini yaxshilab mehmon qilibdi. Podshoh undan:
– Ey bola, nechta qo‘y so‘yding, – deb so‘rabdi. Bolakay esa:
– Birini topmadik, shuning uchun ikkini so‘ydik, – deb javob beribdi.
– Birini topmasang ikkini qayerdan topasan? – debdi shoh. Shunda bola unga qarab:
– Bizning bir bo‘g‘oz qo‘yimiz bor edi. Boshqa bir qo‘yni topolmay shu qo‘yni so‘ydik. Qo‘yni so‘ygandan keyin bolasi ham o‘ldi. Ikkini so‘ydik deganning ma’nosi shu, – debdi.
Bu gaplarni eshitgan shoh bolaning aqliga qoyil qolibdi. Keyin uni o‘z saroyiga olib ketibdi. Bola esa o‘qib, dono bo‘libdi, podshoh uni o‘ziga vazir qilib olibdi.
Aytuvchi: D.Boboqulova, 43 yosh, Do‘stlik tumani.
Yozib oluvchi: Q.Julliboev, 8-sinf o‘quvchisi.
KULOL YIGIT
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir kulol yigit bor ekan. U bola juda ham yaxshi, mehribon va ochiq ko‘ngil ekan. U kulolchilikka qiziqar ekan. Uning qo‘lidan ko‘p ishlar kelar ekan. U loydan ko‘za, kosa, tovoq va bundan ham ko‘p narsalarni yasar ekan. Uning bir do‘sti bor ekan. U ham yaxshi, ammo sal qo‘polroq, kalta o‘ylaydigan va mansabparast ekan. Oradan ancha vaqtlar o‘tibdi. Kulol yigit kulolchilik qilib kun kechiraveribdi. Bir kuni kulol bola ish bilan bir joyga tezroq borishi kerak bo‘lib qolibdi. O‘zining ishxonasidagi yasagan buyumlarga qarab turishni do‘stidan iltimos qilibdi. Do‘sti kulol bolaning o‘rniga qolibdi va yasalgan narsalarni sota boshlabdi. U yerga har xil sayohatchilar va savdogarlar kelar ekan. U yerda savdo yaxshi bo‘lgani uchun kulol bola o‘sha joyga ko‘chib o‘tgan ekan. Do‘stini kulol ekan, yaxshi narsalar yasar ekan deb o‘ylashibdi. Kulol bolaning ishlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatib, o‘zini maqtab elga ko‘rsatibdi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст СКАЧАТЬ