Название: Меҳнат ўқитиш методикаси
Автор: Р. Мавлонова
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-4083-3-3
isbn:
O‘quvchilar boshlang‘ich sinflaridayoq ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilinadilar. Shunga qaramay boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham o‘zlarining mehnatlari umum foydasiga qaratilganligini ijtimoiy ahamiyat kasb etishini anglay boshlaydilar.
Та’limning keyingi bosqichlarida o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatning, ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari ancha chuqurroq bo‘ladi. Ya’ni ijtimoiy foydali mehnat rag‘bati jamiyat oldidagi ijtimoiy burchni his etish bilan jambarchas bog‘liq bo‘ladi. Jamiyat ravnaqi el-yurt, xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilish o‘smir va o‘spirin o‘quvchilar mehnatining ijtimoiy-g‘oyaviy asosidir.
Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etishning barcha bosqichlarida mehnat faoliyatini tashkil etishga nisbatan pedogogik talablar qo‘yiladi. Mazkur pedagogik talablar quyidagilardan iboratdir. (1-jadval)
1-jadval
O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar
O‘quvchilar mehnat faoliyatining ahloqiy asosda, ijtimoiy-g‘oyaviy ega bo‘lishi, o‘quvchilar mehnat faoliyatiga qo‘yiladigan mazkur talab ularni vatan ravnaqi, xalq baxt-saodati yo‘lida mehnat qilayotganliklari, mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida umumjamiyat manfaatlarini ustun bo‘lishga harakat qilayotganliklarida namoyon bo‘ladi. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarda fidoyilik, chidamlilik, sabr toqatga ega bo‘lish, onglilik, to‘g‘rilik, halollik, mehnatga nisbatan vijdonan yondoshish kabi hislatlar shakllanadi. Bajarilayotgan mehnat yoki shaxsning o‘ziga shuningdek, atrofdagilarga yoki ijtimoiy jamiyat uchun foyda keltirishini o‘quvchilarga tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ularga har qanday mazmun va ko‘lamdagi mehnatning besamar bo‘lmasligini uqtirib o‘tish joiz.
Mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga ega bo‘lishi. O‘quvchilar mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga ega bo‘lishi muhim pedagogik talab sanaladi. O‘quvchilar mehnat faoliyati ularda jamoatchilik ko‘nikmalarini hosil qilish, o‘zaro yordam va do‘stlik aloqlarini mustahkamlashni ko‘zda tutish lozim. Jamoa asosida tashkil etiladigan mehnat faoliyati jarayonida har bir o‘quvchining yagona maqsad asosida mehnat qilish uchun sharoit yaratiladi. O‘quvchi mustaqil harakat qilish bilan birga o‘rtoqlariga yordamlashadi. Muhim mehnat faoliyatining ijobiy samarasi uchun har bir o‘quvchining mas’ulligi ortib boradi.
Mehnat topshiriqlarini berishda o‘quvchilar imkoniyatini hamma vaqt o‘quvchining kuchi va imkoniyatiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Mehnat faoliyati turlarini almashtirib turish jismoniy mehnatni aqliy mehnat bilan yoki dam olish bilan qo‘shib olib borish, mehnat jarayoniga o‘yin unsurlarini singdirish, mehnatni tashkil etish chog‘ida o‘quvchilarni zo‘riqtirmaslik, toliqtirmaslik zarur.
Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo‘lishiga erishish. O‘quvchilar mehnat faoliyati bir o‘quv yili bo‘yicha rejalashtiriladi va mehnat ta’limi o‘quv rejasida, jadvalda qayd etiladi. Ijtimoiy foydali mehnatning tizimli bo‘lishi oddiy mehnat turidan murakkabroq mehnat turiga o‘tish, shuningdek, sinfda, maktabda qilinayotgan mehnatdan maktabdan tashqari sharoitda olib boriladigan ijtimoiy foydali mehnatga o‘tish tarzida olib borish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilar mehnati faoliyatining tizimi bo‘lishi mehnatning o‘quvchi tomondan hayotiy ehtiyoj zarurat sifatida e’tibor etilishiga olib keladi hamda bu borada o‘quvchida ko‘nikma va malaka hosil bo‘ladi.
Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyatni kasb etish. Mazkur talab ham muhim pedagogik talab sanaladi. O‘quvchilar mehnat faoliyatining qaysi turiga jalb etilmasin unda aqliy va jismoniy mehnatning uyg‘unlashuviga erishish uchun, unga nisbatan ijodiy yondoshish uchun keng sharoit yaratilmog‘i lozim. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida uning har bir bosqichda o‘quvchiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslahat berish to‘g‘ri emas. Aksincha topshiriqni berish chog‘ida uni qanday bajarilishini tushuntirish, lozim bo‘lsa bajarib ko‘rsatish mehnat jarayonida esa o‘quvchining mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish uchun imkon yaratib beradi. O‘quvchi mehnat jarayonida orttirilgan tajriba asosida, shuningdek, tadqiqotchilik vazifalarini hal etish asosida bajarilganida ijodiy xususiyat kasb etadi. Aynan shu holatda o:quvchining ko‘nikma va malakalari yanada mustahkamlanadi, chuqurlashadi. Bunday mehnat o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi, unda mehnatga nisbatan munosabatni qaror toptiradi.
O‘quvchilarni ijodiy mehnatga yo‘naltirishda maktab va maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalarida tashkil etiladigan texnika va qishloq xo‘jaligi to‘garaklari alohida ahamiyatga ega. Bunday to‘garaklar faoliyati o‘quvchilarning aqlini, texnika va qishloq xo‘jalik sohasidagi ijodkorligini o‘stiradi.
Shu sababli mehnat ta’limi va tarbiyasi yuqori o‘ringa qo‘yish lozim oqibatda shaxsga qo‘lga kiritilgan mehnat muvaffaqiyatidan quvonish, o‘z qadr-qimmatini anglash hamda o‘z mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin. Mehnat tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashish o‘quvchilar, tomonidan egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta’minlashga olib keladi. Bugungi kunda mehnat tarbiyasining, tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarmoqda. U o‘zida texnika va texnologiyalarni tushunish (tasavvur qilish), amaliy vazifalarni hal etish ko‘nikmasi hamda holatlarini ifoda etadi.
Mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbirlar shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham foydali bo‘lib shaxsiy-yo‘lovchilik xususiyatiga egadir.
2. Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir:
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal qilish talab etiladi. Mehnat tarbiyasini tashkil qilish orqali hal qiluvchi vazifalar ko‘p qirralidir. U o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va ahloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi:
1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnatning shaxs kamolati va jamiyat tarqqiyotidagi о’nini ko‘rsatib berish.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.