Олимжоннинг саргузаштлари. Отабек Кувватов
Скачать книгу в различных форматах или читать онлайн на сайте.

Название: Олимжоннинг саргузаштлари

Автор: Отабек Кувватов

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-4707-1-2

isbn: 0

Аннотация:

Havaskor yozuvchi Otabek Quvvatovning «Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig'ida» asari o'zbek xalq ertaklari asosida, qisman fantastika janrida yozilgan. Muallif kichik-kichik ertaklarini, bolalarga bag'ishlangan she'riy kitoblarini nashr etgan bo'lsa , bu gal katta hajmdagi asarga qo'l urgan.Iste'dod qaysi ko'rinishda yuz ko'rsatayotgan bo'lmasin, u o'ziga nisbatan mehr-muhabbat va e'zozni talab etadi. Otabekning xalq ertaklari uslubida fantastikaga qo'l urishi bejiz emas. Avvalo shuni aytish kerakki, bugungi o'zbek bolalar adabiyotida fantastika janrida yangi asarlar kam yaratilyapti.Bolalar adabiyotiga bo'lgan talab to'xtamay o'sib borayotgani hech kimga sir emas. Buni hisobga olgan hushyor, tadbirkor noshirlar chet el ertaklarini tarjima qilib, chop etishmoqda. Lekin bolalar qalbi, ongi, ruhiga o'z ona tilida va milliy xarakterda yozilgan asarlar ko'proq ta'sir etadi. Birovning bolasini birovning otasi tarbiyalamasin, degan hazilnamo gaplar ham bejiz aytilmagan. Shu ma'noda, yosh yozuvchi Otabek Quvvatovning ushbu asari o'z vaqtida yozilgan asarlardan biridir."Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig'ida" asarida xayolotga berilgan oltinchi sinf o'quvchisi Olimjonning ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi olishuvda yaxshilik g'alaba qozonishi uchun ajoyib sarguzashtlarni boshidan kechirganligi hikoya qilinadi. Bilamiz, o'n ikki yoshli bolalarda, ayniqsa, o'smirlik pallasida xayolotga berilish kuchli bo'ladi. O'zida kuch topib, tog'lami talqon, cho'li biyobonlarga suv chiqarib, olamni guliston qilsam, deydi.

СКАЧАТЬ Читать онлайн

Лучшие книги издательства Kitobxon