Название: Тавалло
Автор: Нуртож
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-4524-5-9
isbn: 0
Qo'lingizdagiday o'lmas kitoblar bir yaralib qoladi: nogoh yangroq his-hayajonlarga uyg'un fikrlar jonon bir qo'shiq kabi ko'ngilda mavj uradiyu, qog'ozga to'kilaveradi… to'kilaveradi… Demak, yurakdan to'kilgani – yurakka degani shu-da!.. To'plamga kirgan badialarning deyarli barchasi kechamiz va bugunimiz haqida bo'lsa-da, mohiyatan ular porloq, – iloyo, shunday bo'lsin! – kelajagimiz xususida so'ngsiz bir dard va so'nmas bir umid bilan yozilgan. Voqeiy hikoyalarning birida shunday tavsif bor: bir kelinchak kuyovning yuzi qora bo'lmasligi uchun, bir yil emas, o'n yil emas, roppa-rosa yigirma yil «tug'mas ayol» degan isnodga qolib, yashayveribdi. Axiyri, bir kuni, sumbul sochlari oqarayozgan, sarvday qomati dol bo'layozgan kelinga javob berivorishibdi. Yo hayot!.. Ana keyin, yoshi qirqqa etayozgan kelinni xotini o'lib, olti bolasi bilan qolgan birovga uzatishsa, hamon bokira emish!..