Название: Оптика
Автор: Б. Б.Т. Куйлиев
Издательство: Kitobxon
isbn: 978–9943–4345–8‒5
isbn: 0
Ushbu darslik namunaviy о‘quv dasturi asosida о‘zbek tilida yozilgan bо‘lib, oliy о‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi fizika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar mutaxassisliklariga mо‘ljallangan. Asosiy e’tibor optikaning fizik mohiyatini ochishga, muhim hodisalarni yoritishda foydalaniladigan uslub va tushunchalarga qaratilgan. Optika fizikaning boshqa bо‘limlari bilan uzviy bog‘lanishda bо‘lib, optik hodisalarni chuqur о‘rganish fizikaning boshqa bо‘limlarini rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Optikani о‘zi rivojlanayapti va zamonaviy jamiyat vujudga kelishida uning vazifalari о‘sib borar ekan, о‘qitish uslubiyoti ham uzluksiz rivojlanib borishi lozim. Fanni о‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida virtual modellardan namunalar keltirilganligi ilg‘or pedagogik va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. Uning asosida Optika elektron о‘quv qо‘llanma ham yaratilgan.Darslik о‘zbek tilida yozilgan dastlabki adabiyotlardan bо‘lganligi uchun kamchiliklardan xoli emas. Shu sababli kitobni yaxshilash haqidagi tanqidiy fikr, mulohaza va takliflaringizni hamda Optika elektron о‘quv qо‘llanma uchun murojaatlaringizni minnatdorchilik bilan qabul qilamiz (E-mail: [email protected]).