Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Кинода режиссура ва драматургия - А. Митта страница 19

Название: Кинода режиссура ва драматургия

Автор: А. Митта

Издательство: Kitobxon

Жанр:

Серия:

isbn: 978–9943–4497‒2‒5

isbn:

СКАЧАТЬ hissini baxsh eta oladiki, bunday qoniqishni faqat drama san’atigina berishi mumkin. Fiziolog-olimlar oq sichqonlarda shunday tajriba qilib kо‘rdilar. Huzur-halovat markaziga (miyada shunday joy bor) elektrod kiritishdi. Shundan keyin huzurhalovatini boshqarishni sichqonning о‘ziga qо‘yib berishdi. Sichqon bо‘lsa to behad baxtiyorlik hissidan yiqilib о‘lgunicha qо‘zg‘atuvchi tugmani uzliksiz ravishda minglab marta bosaverdi. Dramatik peripetiya bizning miyamizdagi mana shu markazga juda yaqinlashib borganga о‘xshaydi. U bilan tenglasha oladigan boshqa biron narsa yо‘q.

      Dramatik holatda peripetiya emotsional rivojlanishning eng sermahsul tuzilmasidir. Uning soddaligi va shiddatli ta’sir eta olishiga teng keladigan narsa yо‘q.

      Bizga yaxshi tanish bо‘lgan bir dramaga nazar tashlaymiz. Romeo Montekki shо‘xligi tufayli dо‘stlari bilan о‘z oilalarining dushmanlari – Kapuletti oilasida bо‘layotgan ziyofatda qatnashadilar. U bexosdan (bu sо‘zni e’tiboringizdan chiqarmang) notanish qizni kо‘rib qoladi va qiz uning hissiyotlarini alanga oldiradi. Romeo baxtiyor. Va bexosdan (yana bir bor bu sо‘zga e’tibor qiling) oilasining bosh dushmanining qizi ekanligini bilib qoladi. Bu qiz – Kapuletti, ular baxtli bо‘lishlari mumkin emas. Baxt chо‘qqisidan Romeo chorasizlik girdobiga tashlanadi. Sxema: baxt – yangi axborotni baholash – baxtsizlik.

      Romeoning uni о‘z komiga tortgan sevgiga qarshi kurashishga kuch yо‘q. Barcha sevishganlar singari u о‘z sevgilisini kо‘rishni istaydi. Va qorong‘u oqshomda qalbida sevgilisi uning sevgisini qabul qilmasligi xavotiri bо‘lgani holda, qо‘rquvni yengib, Romeo о‘z dushmanlarining bog‘iga kiradi va bexosdan (yana shu sо‘z), hamma narsa afsonaviy bir tarzda о‘zgaradi, gо‘yo butun olam mushakbozlikdan tovlanib ketadi. Romeo Julyettaning unga ayvondan muhabbat ash’orlarini yо‘llaganini eshitadi. Ishonib bо‘lmaydigan holat! Ammo qiz ham uni xuddi о‘zi sevgani misoli sevib qolgandi. Romeo baxt chо‘qqisida. Sxema: baxtsizlik – yangi axborotni baholash – baxt.

      Yuqoridagi «bexosdan»larga bir qarang. Ular hikoyada har safar personaj qandaydir maqsad sari intilganida va yangi xabar olgan paytida paydo bо‘ladi. Va bu narsa uning hissiyotlarini keskin о‘zgartirib yuboradi. Romeoning fe’l-atvori keskin о‘zgaradi.

      PERIPETIYALAR VA HARAKATLAR XILMA-XILLIGI

      Peripetiyalar nafaqat personajlar hissiyotini turli-tuman qiladi – ular hissiy keskinliklarni ham vujudga keltiradi. Ular xarakterlarni quvonchdan g‘am-g‘ussaga, umidvorlikdan noumidlikka uloqtiradi. Bular xarakterning yashirin imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. Biz yorqin his-tuyg‘ularga bо‘yalgan turli xulq-atvorlarga ega bо‘lamiz.

      Peripetiyalar dramaga uning jannat va jahannam о‘rtasidagi kurashning sо‘nggi chegaralari tomon intilish imkoniyatlarini ifodalashga yordam beradi.

      Bu peripetiyalar Shekspir pyesalarida bundan sо‘ng qanday ishlashini kо‘rib chiqamiz. Bu narsa bizni dramada peripetiyalar uzluksiz tuzilma tashkil qilishiga ishonch hosil qilish maqsadida qiziqtiradi.

      Ertasi kuni ertalab qalbi muhabbatga tо‘la Romeo va bu haqida hech narsa bilmaydigan uning dо‘stlari shahar maydonida Julyettaning akasi Tibald bilan uchrashib qolishadi. Romeo Julyettaga aloqasi bо‘lgan barchani sevishga tayyor. Tibald, tabiiyki, о‘zini Montekki oilasining dushmaniday tutadi. U Romeoning dо‘sti Merkutsio bilan janjallashadi. Romeo ularni yarashtirib qо‘ymoqchi bо‘ladi, ammo buning foydasi bо‘lmaydi – Tibald Merkutsioga qilich tiqib oladi. Merkutsio Romeoning qо‘llarida jon beradi. Romeo shu onning о‘zida bunga javob qaytaradi: dо‘stining о‘limiga qasos olish uchun qilich sug‘uradi. E’tibor bering – haligina Romeo baxt bilan tо‘liq edi, bexosdan (yana «bexosdan») uni g‘azab egallaydi. U qasos oladi va Tibaldni о‘ldiradi. Romeo ruhiy tushkunlikda – u buni xohlamagan edi, ammo kech bо‘ldi – g‘isht qolipdan kо‘chgan edi, uni shahardan surgun qiladilar. Endi u Julyettani kо‘rolmaydi. U baxtsiz.

      Ammo olamda yaxshi odamlar ham bor. Monax Lorenso yashirincha Romeo va Julyettani nikohlab qо‘yadi. Ular yosh kelinkuyovlar birinchi visol kechasida qanchalik baxtiyor bо‘la olishsalar, shunchalik baxtiyorlar. Bu achchiq baxt edi – ularni ayriliq kutardi. Ammo endi er-xotinni hech narsa ajrata olmasdi. Ularni Xudo bir-biriga bog‘lagan edi.

      Shu payt bexosdan (yana «bexosdan») Julyettaning otasi unga unashtirish va graf Paris bilan bо‘ladigan uning tо‘yi haqida aytadi. Bu nikoh bо‘lishi shart va ayni shu paytda uning bо‘lishi mumkin ham emas. Julyetta tamoman umidsizlikka tushadi.

      Qarang, qanchalik turli-tuman voqealar: dushman qarorgohidagi ziyofatda bir lahzada sevgi alangalanadi. Shahar maydonida ikkita о‘lim bilan tugovchi mushtlashish. Qahramonlar yashirincha nikohdan о‘tishadi. Harakatlar sxemasi esa hamisha bir xil: baxt tomon harakat bexosdan uziladi va baxtsizlik tomon harakat boshlanadi.

      Har safar mana shu «bexosdan» sodir bо‘lganida personaj uni anglab yetishi va baholashi lozim. Shu sababli sxema quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi:

      Agar biz pyesadagi butun voqealarga qaraydigan bо‘lsak, kо‘ramizki, boshidan oxirigacha peripetiyalarning hamma vaqt bir xil sodda sxemasi ishlaydi. Balki bu Shekspirning shaxsiy uslubidir? Ammo bilamizki, о‘z davrida bu sxemani qadimiy yunonlar ochishgan va «dramatik peripetiya» deb atagan edilar. О‘sha olis zamonlardan shu kunlargacha bu oddiygina sxema dramada millionlab marta va har safar muvaffaqiyat bilan xizmat qildi. U – dramatik harakatning oddiygina hujayrasi. Siz hayajonli hikoya olishni istaganingizda ushbu sxema boshqa hamma narsadan yaxshi ishlaydi. Biz esa aynan shuni istaymiz.

      Yaxshi dramada voqealar qahramonlarni uzluksiz ravishda goh tо‘la baxtsizlikka tashlaydi, gohida esa batamom baxt-saodat sari yuksaltiradi. Dramatik holatlar bir-birining о‘rniga kelishadi. Alternativ omil kuchayadi va о‘zgaradi. Ammo his-tuyg‘ularning rivoji voqeada hamma vaqt bir xil sxema bо‘yicha boradi: baxt sari harakat qilayapman – bexosdan – baxtsizlikka yо‘liqdim. Peripetiya – bu his-tuyg‘ular katalizatoridir.

      Albatta, shuni unutmaymizki, bu yerda gap sxema haqida, motiv haqida borayapti, u dramaning jonli tanasining ichida bо‘ladi.

      Dramaning oddiy qо‘pol shaklida bu peripetiyalar aniq konfliktlar hosil qiladi: yaxshi yigitlar faoliyatni baxt sari olib borishadi, yomonlari, tabiiyki, baxtsizlik sari.

      Muammo shundaki, dramaning yuksak shakli – uning quyi shaklining alternativasi, qarama-qarshisi emas. Drama qonunlari universaldir. Dramatik peripetiya har qanday dramatik strukturada harakat qiladi va hamisha bitta vazifani bajaradi: bizni dramaning hissiyot olamiga jalb qiladi. Tashqaridan qaraganda hissiyotlar о‘ta jilovlangan bо‘lishi mumkin: harakatsiz bashara niqobi ostida biz peripetiyalar olovini payqaymiz.

      PERIPETIYA VA MOTIVATSIYA

      Dramatik peripetiya dramaning vazifasi – tomoshabin bilan yuqori darajadagi hayajon holatida bog‘lanib turish vazifasini hammadan kо‘ra yaxshiroq bajaradi.

      Dramatik peripetiya – har daqiqada taktik ta’sir etish qurolidir. Bu muhim, chunki sizni bir yarim soat ushlab turish kerak. Agar siz barcha asosiy hayajonli zarbani final oldidan beradigan bо‘lsangiz – unda ishlaringiz chippakka chiqadi. Tomoshabin buni kutib turmasligi mumkin.

      Zudlik bilan auditoriyaning javobini olishi zarur bо‘lgan professional hikoya qiluvchilar dramatik peripetiyaning kuchini yaxshi bilishadi. Mana, yakshanba kunida bо‘ladigan televezion da’vatning tipik sxemasi:

      «Men notavonlikda yashar edim. Qalbimni tuban niyatlar kemirardi, kunlarim gunoh bilan о‘tardi. Men yashamasdim, balki СКАЧАТЬ