Kunlarning birida tulki ketayotgan ekan, bir tovus dumini setora-setora qilib kelaveribdi. Shunda tulki aytibdiki:
– Ey tovus, ajab-ajab o‘yinlaring bor ekan, bir yaxshilab o‘ynab bergin.
Tovus dumini setora-setora qilib o‘yinga tusha beribdi. Tulkining qorni och ekan, o‘ynab turgan paytida uni ushlab olibdi. Bir vaqt tovus qarasa, tulkining avzoyi buzuq, uni yemoqchi bo‘lib turibdi. Tovus:
– Ey tulki, nima qilayapsan? – debdi. Tulki aytibdi:
– Mening qornim och, endi seni yegim kelib qoldi.
Tovus:
– Xo‘p mayli, meni yegin, lekin ko‘z oldimda, bir fotiha o‘qib yesang, hech armonim qolmas edi, – debdi.
Shunda tulki pichir-pichir qilib qo‘lini ko‘taribdi:
– Omin, ollohu akbar, – degan ekan, tovus tulkining oldidan «var» etib uchib ketibdi. Tulki qo‘lini ko‘targanicha tovusga qarab turib shunday deb fotihasini davom ettiraveribdi:
– Ovqat yemasdan oldin fotiha o‘qigan ahmoq ekan, ovqatni yeb bo‘lib, undan keyin fotiha o‘qish kerak ekan, omin ollohu akbar, – deb fotihasini tamom qilibdi.
CHO‘PON HAQIDA ERTAK
Bir bor ekan,bir yo‘q ekan. Bir zamonlar bir cho‘pon bo‘lgan ekan.U xar kuni erta tongdan qo‘ylarini dalaga olib chiqar ekan. Uning qo‘ylari o‘tlab yurgan vaqtda u judayam zerikar ekan.
Shu vaqtda birorta bir fo‘ydali ish bilan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga,doimm xayol surib o‘tirish bilan ovvora bo‘larkan.Ana shunday kunlarning birida cho‘po‘n yana dalaga qo‘ylari bilan chiqibdi. Qo‘ylari o‘tlab yurgan vaqtda, cho‘pon zerikishni boshlabdi. Shunda bekorchilikdan uning xayoliga bir fikr kelibdi-da,o‘zining bu fikri unga ma’qul kelibdi.
– «Xozir odamlar, yordam beringlar, qo‘ylarimga bo‘ri xujum qilayapti» – deb odamlarni chaqiraman-da, ular yordamga yugurib kelib, bo‘rini qidirishadi, men esa ularning ishonuvchanliklari uchun ustilaridan rosa kulaman, deb o‘ylabdi.
– «Odamlar,odaaaamlaar! Yordam beringlar! Bo‘ri qo‘ylarimga xujum qilayapti!» – deya bor ovozi bilan baqira boshlabdi.
Buni eshitgan odamlar cho‘ponga yordam berish uchun yugurib kelishibdi. Odamlar kelib, qarashsaki bo‘ri yo‘q, cho‘ponning qo‘ylari esa tinchlikda o‘tlab yurushibdi, Cho‘ponning o‘zi bo‘lsa xandon otib kulayotganmush, Odamlardan biri – «Nega bizni aldading, ey cho‘pon, yolg‘on gapirib, shuncha odamni ovvora qilishga uylamadingmi?!» – debdi.
Cho‘pon bo‘lsa qilgan ishidan uyalmay, – «Shunchalik xam laqma bo‘lasizlarmi, axir men xazillashdim-ku» – deb kulibdi. Odamlar bundan xafa bo‘lib, ortlariga qaytib ketishibdi.
Shu voqeadan so‘ng ikki kun o‘tib, rosdan ham cho‘ponning qo‘ylariga bo‘rilar xujum qila boshlashibdi. Cho‘pon odamlarni yordamga chaqiribdi, ammo bu safar odamlar,
– «Cho‘pon yana bizni kalaka qilmoqchi, xozir borsak, yana laqmasizlar deb ustimizdan ku-ladi» – deb o‘ylab yordamga borishmabdi. Cho‘ponning xamma qo‘ylari bo‘rilarga yem bo‘libdi.
Qilgan xatosini tushunib yetgan cho‘pon qilmishidan juda afsuslanibdi va odamlardan kechirim sorabdi. Bolajonlar bu ertakdan sizlar xam xulosa chiqargan bo‘lsangiz kerak-a? Yolg‘o‘n gapirish va odamlarning ustidan kulish eng yomon odatdir!
XASIS BOY
Qadim o‘tgan zamonda, biz bilmagan tomonda bir boy bo‘lgan ekan. Uning haddan tashqari xasisligini qishloqda hamma bilar ekan. Bir kuni boy tong saharda bomdod namozini o‘qish uchun masjidga chiqibdi. Azon aytilib, imom «Allohu akbar» – deb namozini boshlaganda, xasis boyning uyda chiroqning yoniq qolgani, o‘chirib kelish esidan chiqqani yodiga tushibdi-da, namozini ham tashlab, uyiga yuguribdi. Halloslagancha yetib kelgan boy eshikni taqillatishdan o‘zini zo‘rg‘a to‘xtatibdi. Har eshikni taqillatganda bo‘yog‘iga zarar yetib, ohiri ketishi mumkinligini o‘ylabdi. Axiri, boshqacha yo‘l topibdi, u ovozi boricha baqirib uydagilarni chaqiribdi. Ichkaridan kelini chiqibdi. U eshikni ochishi bilanoq boy yugurib borib chiroqni o‘chiribdi.
– Xudoga shukr, yaxshiyam chiroq yonib qolgani esimga tushibdi-ya, qizim, namozni o‘qib kelgunimcha qancha yoqilg‘i, qancha pilik yonib tugardi-ya, – debdi u hansirab. Kelini shaddodroq ekan:
– Dadajon, namozni o‘qib kelguningizcha qancha kerosin, qancha pilik ketishini o‘ylabsizu, masjiddan yugurib kelguningizcha kovushingizning tagi qanchalar yeyilishini o‘ylamabsiz-da? – debdi.
Shunda boy miyig‘ida kulgancha der emish:
– Bu yog‘ini ham o‘ylab qo‘ygandim! Kovushni qo‘ltig‘imga qistirib yugurdim. To‘g‘ri, tovonimga bir-ikki tikan kirdi, ha, mayli, oyoq-ku ikki-uch kunda tuzalib qoladi, ammo kovushimga biror nima bo‘lganda men chidolmasdim!
Kelini uning haqiqiy ziqna ekanligiga yana bir bor tan beribdi.
QAYIQCHI
Qadim zamonda bir qayiqchi bo‘lgan ekan. U daryo bo‘yida yashar va har kuni daryodan baliq ovlab, sotar ekan. Qayiqchi bolalari bilan Xudoga ibodat qilishni kanda qilmas ekan. Buni ko‘rolmagan shayton qayiqchini yo‘ldan urishga urinibdi:
– Qayiqchi, bu daryo qayerga borib qo‘shiladi?
– Bilmayman, – deya javob qaytaribdi qayiqchi.
– Dengiz degan katta suvga qo‘shiladi. Bu katta suvda turli xil baliqlar bo‘ladi. Go‘shtining ta’mi tovuqning go‘shtidan ham, mol go‘shtidan ham shirin bo‘ladi. Kattaligi senday, vazni xo‘kizday. Bittasini tutib sotsang, o‘rniga sut beradigan yaxshi bir sigir beradi.
Qayiqchi og‘zini ochib, shaytonning gapiga laqqa ishonibdi.
– Bu yerda bir umr baliqchilik qilib kuningni bazo‘r o‘tkazayapsan. Menga qara, qayiqchi, sen katta bir qayiq yasa, bir marta baliq tutsang, umrbod to‘kin-sochin yashaysan.
Qayiqchi nafsga, orzu-umidlarga berilib, Yaratganni unutibdi. Bir hafta deganda, u katta qayiq yasabdi. Bola-chaqasi bilan xayrlashib, ularga tayinlabdi:
– Sizlar hamma xonalarni bo‘shatinglar. Xonalarga baliq to‘ldiramiz.
Shu payt qayerdandir paydo bo‘lgan o‘sha shayton qayiqchining yelkasiga yana o‘tirib olibdi.
– Xafa bo‘lma, qayiqchi, men bilan do‘st tutinganlarning yelkasiga o‘tirishni yaxshi ko‘raman. Qayiqchi, sen tayyormisan? Bo‘lmasa, ketdik.
Qayiqchi xursand edi, u shaytonning ko‘rsatmalariga so‘zsiz itoat etardi. Shayton va qayiqchi ikki kun suzganlaridan keyin «dengiz» deb ataladigan katta bir maydonga chiqishibdi. Dengizni ko‘rib, qayiqchi shaytonga qayta-qayta minnatdorchilik bildiribdi.
– Rahmat senga, do‘stim, endi ayt, qayerga to‘r tashlay?
– Shoshilma, sohil bo‘ylarida baliqlar kichkina bo‘ladi. Dengiz o‘rtasida aytganimdek, xo‘kizday-xo‘kizday baliqlar bo‘ladi.
Ular dengiz o‘rtasigacha suzib СКАЧАТЬ