Капитан Грант болалари. Жюль Верн
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Капитан Грант болалари - Жюль Верн страница 43

Название: Капитан Грант болалари

Автор: Жюль Верн

Издательство: Asaxiy books

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-8002-4-3

isbn:

СКАЧАТЬ style="font-size:15px;">      Valter Skott (1771 – 1832) – ingliz yozuvchisi, tarixiy roman janrining asoschisi. Shotland xalq balladalarini toʻplab, 3 jildli «Shotland hududlari qoʻshiqlari» toʻplamini (1803) nashr etgan. U 9 doston, 26 roman, bir necha qissa hamda adabiy-tanqidiy va tarixiy asarlar muallifi (Muharrir).

      17

      Admiralteystvo – harbiy flot boshqarmasi.

      18

      Lord – Angliyada: dvoryanlarning avloddan-avlodga o‘tib keladigan oliy unvoni va shu unvonga ega bo‘lgan odam.

      19

      «Passajirlardan rulevoy bilan gaplashmaslik so‘raladi».

      20

      Xristofor Kolumb Amerikaga to‘rtinchi marta sayohat qilganda to‘rt kemada borgan edi. Bu kemalardan eng kattasi – Kolumbning o‘zi tushgan karavella yetmish tonna hajmli, eng kichigi esa ellik tonna hajmdagi kema edi. Ular faqat qirg‘oq bo‘ylab suzishga yaraydigan kemalar edi, xolos (Muallif izohi).

      21

      Marsel – machtadagi pastdan ikkinchi yelkan.

      22

      Bram-stenga – stenga (machtaning yuqori qismi; u machtaning pastki asosiga ulangan bo‘ladi)ning davomi. Fok-machta – kemaning oldingi machtasi.

      23

      Shtanga – uzun metall sterjen.

      24

      Kliper – uch machtali, tez yurar yelkanli kema.

      25

      Patent-lag – strelka yordamida kemaning harakat tezligini ko‘rsatadigan siferblatli asbob.

      26

      Dengiz mili 1852 metrga baravar.

      27

      Kambuz – oshxona.

      28

      Shkiper – savdo kemasining kapitani; dengiz kemasida: xo‘jalik boshlig‘i.

      29

      Klan – oila, urug‘.

      30

      Piper-bag – polk surnaychilari (Muallif izohi).

      31

      Ingliz flotida matroslarni jazolash uchun ko‘pincha qamchin ishlatilar edi (Muallif izohi).

      32

      Styuard – bufetchi.

      33

      Baken – suv yo‘llarida xavfli joylarni va kemalar yo‘lini ko‘rsatuvchi suzg‘ich.

      34

      Lotsman – kemalarga yo‘l ko‘rsatuvchi mutaxassis.

      35

      Kubrik – kemada komanda joylashadigan umumiy xona.

      36

      Keb – bir otli izvosh.

      37

      Pipa – 50 gektolitrga teng (Muallif izohi).

      38

      Bushprit – kemaning tumshuq tomonidagi machta.

      39

      Aleksandr Gumboldt (1769 – 1859) – nemis tabiatshunosi, sayyoh, geograf. 1799 –1804-yillarda fransuz botanigi E.Bonplan bilan birga Markaziy va Janubiy Amerikani tadqiq qilib Yevropaga qaytgach, toʻplagan kolleksiyalarini 30 jildli asarida umumlashtirdi (1807 – 1834). 1829-yil Rossiya va Oʻrta Osiyoga kelgan (Muharrir).

      40

      Topografiya – geodeziyaning yer sathini o‘lchash hamda uni plan va kartalarda ifodalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi. Klimatologiya – iqlim turlarini, ularning yuzaga kelishi va ta’sirini o‘rganuvchi fan. Etnografiya – xalqlarning kelib chiqishini, turmushini, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganadigan fan. Gipsometriya – biror joyning balandligini o‘lchash (Muharrir).

      41

      Korvet – uch machtali yelkanli kema.

      42

      Veragua – Panamaning eski nomi.

      43

      Liman – ko‘rfaz, qo‘ltiq.

      44

      XVIII – XIX asr geograflari asarlarida Janubiy Amerikaning etnografik nomlari bo‘yicha chalkashliklar mavjud edi. O‘sha paytlarda Patagoniya Buenos-Ayres kengligidan Olovli Yergacha bo‘lgan hududning nomi bo‘lgan. Aslini olganda, patagoniyaliklar texuelche hindular guruhi bo‘lib, ular shimoliy va janubiy to‘dalarga bo‘lingan (Muharrir).

      45

      Reya – kema machtalarida yelkan bog‘lanadigan ko‘ndalang yog‘och.

      46

      Faktoriya – ajnabiy savdogarlarning mustamlaka mamlakatlardagi savdo-sotiq olib boradigan manzili, kontorasi.

      47

      Forshteven – kema tagyog‘ochining kema tumshug‘iga o‘tgan tomoni.

      48

      And tog‘lari (ink xalqlari tilida anta – mis konli tog‘lar) – dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 km) va eng baland (6960 m) tog‘ tarmoqlaridan biri. Eni 800 km gacha. And togʻlari Janubiy Amerikani butun uzunligi bo‘ylab g‘arb tomonidan o‘rab turadi. U ko‘plab parallel, asosan meridional tizmalardan iborat bo‘lib, ular Kordiler deb ataladi. Shu bois And tog‘lari Kordiler tog‘lari deb ham yuritiladi (Muharrir).

      49

      Pampas (kechua indeyslari tilida pampa – oʻtloq) – Janubiy Amerikadagi, СКАЧАТЬ