Mo‘ttivoymisan, Mittivoymisan?. Anvar Obidjon
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Mo‘ttivoymisan, Mittivoymisan? - Anvar Obidjon страница 6

Название: Mo‘ttivoymisan, Mittivoymisan?

Автор: Anvar Obidjon

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-987-3

isbn:

СКАЧАТЬ ish bo‘ldi, Otaqul, – debdi so‘ng Aldar Xoldor. – Endi, nasiyaga mol bergan odamlarning yarmini men rozi qilay, yarmini sen to‘lagin.

      Tog‘amning kapalagi uchib, to nasiyaga o‘tgunimcha bor pulimni ishlatib bo‘lganman, qolgan qarzlarni qanday uzaman, deb so‘rasa, Aldar Xoldor bo‘ynini bechorahol egib, unisini bilmadim, uka, shu paytgacha yig‘ib-tugib yurganim tarqat-tarqatga yetarmikin deb o‘zimniyam boshim qotib turibdi, deb munglanibdi.

      Qo‘shni qishloqlik ayrim mevafurushlar ham o‘sha yurtdagi bozorda tirikchilik o‘tkazarkan, ular bu voqeani eshitib, Xoldor kasodga uchragan bo‘lishi mumkinmas, yuklar doim yaxshi yetib borganini o‘zimiz ko‘rganmiz, bozorda narx tushib ketganiyam yolg‘on, deyishibdi. Mahalla oqsoqollari bu gaplarni Aldar Xoldorga pesh qilishsa, duch kelgan maymunga ishonaverasizlarmi, ularning bari menga eskitdan g‘anim, ataylab nomimni bulg‘amoqchi bo‘lishyapti, deb shovqin ko‘taribdi.

      Otaqul tog‘am, oxiri, kungurador darvozali, dang‘il-lama uyli, g‘ishtin devorlar bilan o‘ralgan hovlisini, bir gektarlik o‘rikzorini, “Kobalt” mashinasini sotib; u tomondan qaynotasining, bu tomondan opog‘otamning yig‘ib-tejab yurganini ham qo‘shib, qarzlardan zo‘r-g‘a uchma-uch qutulibdi. Qalloblik bilan talay boylik orttirib olgan Aldar Xoldor esa, nasyaga mol berganlarning yarmini rozi qilishga yashirin foydaning o‘ndan birini sarflaganmi, yo‘qmi, u yog‘i oddiy bandalarga haliyam qorong‘iligicha turganmish.

      Opog‘otam kichik memaxonaga ko‘chib o‘tib, institutni bitirganidan keyin tumanda arxitektor bo‘lib ishlayotgan kenja o‘g‘li Sanaqul tog‘amni dahlizli uyga uylab qo‘ygani bois, hovlisini sotgan Otaqul tog‘am xotini bilan ikkita qizini ortiqcha imorati bor qaynotasinikiga joylashga majbur bo‘lgandi. Bir kuni Rahimboy oshnasi kelib, yangi kelinchakning yonida devanglab yurma, otang ham sen bilan tiqilishmay bemalol yashasin, deya dalasiga yetaklab ketganini eshituvdim. Endi bildimki, tog‘am shiyponga qorovullik qilayotgan ekan…

      Otaqul tog‘am ma’yus qiyofada chuqur tin olib qo‘ygach, picha o‘tirib turinglar, bitta handalak so‘yib beray, deb zovur yoqasidagi poliz sari keta boshlaganida, ortidan yuragim ezilib-ezilib termildim. Yaqin-yaqindayam, hali tovoni yeyilib ulgurmagan xirom tuflini eskirganga chiqarib, boshqasiga almashtirib yurgan; meni ko‘rib qolsa, ma, muzqaymoq olib ye, deb, beli sinmagan pulni cho‘ntagimga shildiratib tiqib qo‘yadigan tamtamfe’l odam hozirgi ahvolga qanday chidayapti ekan, deb o‘ylayotgandim.

      KALAMUSH BILAN OLISHUV

      Tog‘am ketgach, opog‘otam shopmo‘ylov fermerning ko‘ziga zehn solib turib, to‘g‘risini ayt, Rahimboy, bu dalako‘rmagan oshnang senga og‘irini tashlab olmayaptimi, ishqilib, deb so‘radi.

      – Nimalar deyapsiz, Yo‘ldosh aka! – deya e’tirozlandi Rahimboy fermer. – Mana, shiyponning ich-tashini binoyidek toza tutib kelyapti. Dam oshpazga ko‘mak bersa, dam paqirni ko‘tarvolib, paykaldagi ishchilarga yaxnachoy ichdirib yuradi. O‘g‘it omborining kalitiyam uning cho‘ntagida. Ekib bergan handalagingizni eplab-seplab pishirib olganini aytmaysizmi!

      – Avvalo, yer ajratib berganingga ming rahmat, – duo ohangida so‘z qotdi opog‘otam. – Tayyor ekib berilgan handalakni pishirvolish qiyinakanmi?

      – To‘g‘ri-yu lekin, ko‘rganmiz, odam tug‘ma epaqasiz bo‘lsa, shuniyam uddalolmaydi. Otaqul haqiqiy ketmonchi bo‘pketdi, qanday chopiq qilishni bir-ikki ko‘rsatishim bilanoq, qolganini o‘zi do‘ndirib tashladi. Aytdim, handalak tugasa, o‘rniga yeryong‘oq ekvoladi.

      – Bilaman, o‘g‘limning yomonini yashirib, yaxshi-sini oshirib gapiryapsan. Chinakam do‘st shunaqa bo‘ladi. Otangga balli, Rahimboy!

      Rahimboy fermer bir chaqmoq oqqandni sovuq choyga botirib, shimib-shimib yumshatdi; chetidan tishlayotib, menga ko‘zi tushdi-yu, opog‘otamdan otimni surishtirib olgach, tishlangan qandning yarmini tumshug‘imning tagiga itqitdi:

      – Ol, Mittivoy!

      Yaxshi odamdan ortgani – tabarruk, deyishadi. Sira jirkanmasdan, kappa otib qo‘yaqoldim.

      Suhbat paynovlanib, gap Otaqul tog‘amning bola-chaqasi sal qisindi ahvolda qolganiga borib taqaldi. Rahimboy fermer bu to‘g‘ridayam o‘ylab yurgan ekan.

      – Qirning etakrog‘iga davlat “Namunaviy qishloq” qurishni boshlab, hashamdor uylarni o‘n besh yil muddatli qarzga sotmoqchi bo‘layotganini bilasiz, Yo‘ldosh aka, – dedi u. – Shu hovlilardan bittasini Ota-qulga to‘g‘rilaymiz, mablag‘i yetmasa, qo‘llavoramiz.

      Opog‘otam quvonchdan terisiga sig‘may ketdi:

      – Umringdan baraka top, Rahimboy, ko‘kraging bundan keyinam ordenga to‘laversin! Yo‘qsillarga mana shunaqa qayishib yurishing xudoga xush kelgandirki, viloyatdagi to‘rtta eng oldi fermerning bittasi bo‘pturgandirsan. Ana, boshqalarning qanchasi qarzga botib yotibdi.

      Tog‘am ikkita handalak ko‘tarib kelib, dasturxonga qo‘ydi; yelkasini ter tuzi oqartirgan kulrang kostumining cho‘ntagidan janaqush pichoqcha olib, bittasini so‘yishga tutindi. Yoqimli hid taralib, og‘zimda so‘lak ko‘lmaklana boshladi. Birovlarning chapir-chupirlatib narsa yeyishiga suqlanib o‘tirishdan ortiq azob borakanmi? Qani, o‘sha handalaklarni bir ko‘rsam ko‘ray-chi, deb poliz tarafga yo‘l soldim.

      Polizga yetgach, o‘zimni atir-upa do‘koniga kirib qolgandek his etib, dimog‘im yashnadi. Ammo million marta afsuski, shirin hid qorin to‘ydirmaydi.

      Shunda, handalaklarni nimadir kemirib qo‘yayotgani haqida tog‘am aytgan gap esimga tushdi-yu, o‘shandaqaning bittasini topib, chetidan zig‘irdaygina tishlab ko‘rgim kepqoldi. Jo‘yak ichida jovdiroqlanib borarkanman, qachondir o‘rtasidan ajrab ketgan, bir qismi yerda mog‘orlab yotgan po‘lat qaychi diqqatimni tortdi; uni oyoqda chetga surayotganimda, barglar qattiq shitirlab, kattakon bir kalamush qarshimga otilib chiqdi. Shartta yo‘lini to‘sgan edim, o‘tkir tishlarini irshaytirib, uzun tirnoqlarini do‘laytdi:

      – Hey, itcha, burningni g‘arch-g‘urch tishlavolmasimdan oldin ko‘chingni yig‘ishtir! Menga yaqin yo‘lashga barzangi ko‘ppaklarniyam yuragi betlamaydi, hov!

      Opog‘otam bilan bu yoqqa kelayotganimda, yo‘l bo‘yidagi tutga qo‘nib turgan g‘urrak yonidagi sherigiga qarab, ehtiyot bo‘l, dalada bir ovchi yuribdi, seni otib qo‘ysa, bolalaring ochdan o‘ladi, deb gapirgandek; uvatda o‘tlayotgan qo‘y esa, tirmashqoq qo‘zichog‘ini turtkilab, hoy, hadeb emavermagin, o‘zi bugun mazam yo‘qroq, deb hasratlangandek bo‘lib tuyuluvdi. Yarim qadamgina naridagi kalamushning do‘qini eshitganimdan keyin, itga aylanganimdan beri parrandayu hayvonlarning tilini tushuna boshlaganimga to‘la ishonch hosil qildim.

      – Sal savlatliroq hayvon qurib ketmagandir! – deb piching otdim men. – Kelib-kelib, sen so‘ltamatdan qo‘rqamanmi?

      Kalamushning battardan jazavasi tutdi:

      – Yo‘qol deb turibman-a!

      – O‘zing kapalak bo‘l!

      – He, attaaang, yaxshi gapni tushinmading-ku! Endi o‘zingdan o‘pkala!

      Changaktish kemiruvchi burnimga sapchishga shaylanganida, odamchasiga harakat qila olishim yana asqatib, yerda yotgan qaychi bo‘lagini oldingi oyoqlarimda mahkam tutamladim-da, bor kuchim bilan selpidim. Bunaqasini kutmagan kalamush g‘aflatda qoldi-yu, qaychi bo‘ynini yelka aralash tilib o‘tganida, “Voy, enayuuu!” – deb chiyillaganicha osmonga sakradi. To o‘ziga kelib ulgurmasidan, qaychida endi qoq kallasiga urgan edim, tap etib yiqildi, shu zayl qimirlamay qoldi. Boks musobaqasidagi СКАЧАТЬ