PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу PEDAGOGIKA - J. Hasanboyev страница 27

Название: PEDAGOGIKA

Автор: J. Hasanboyev

Издательство: Asian Book House

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-5878-0-7

isbn:

СКАЧАТЬ baho berishga o‘rgatish;

      j) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash. uning sha’ni, or-nomusi.

      qadr-qimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o‘rgatish va boshqalar.

      Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o^quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shaxs xulq-atvori hamda sifatlarning mohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishi,lik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkura- si va g‘oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi:

      1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsada aniq belgi- lab olingan edi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita – bu shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalash tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi.

      2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar bilan ma’naviy madaniyatining eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosida tarbiyachi insonning hayotiy me’yor va qadriyatlarini ishlab chiqishi, o‘quvchining tarbiya jarayonida faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namu- nalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega.

      3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi, inson o‘z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotda fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalariga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.

      4. Tarbiyaningyo‘naltiruvchanligi. Mazkurg‘oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos tavsifi o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirib borishi zarur.

      5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘rib va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.

      6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti. Unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyg‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.

      Zamonaviy pedagogik jaravonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy. siyosiy. iqtisodiy. ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o‘zi ham samara beradi. Zamonaviy tarbiya mazmuni, g‘oyalari yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (5.2.1-shakl).

      5.2.1-shakl. Zamonaviy tarbiya mazmuni va g‘oyalari.

      Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini aniqlab olishi muhim ahamiyatga ega.

      Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari

      Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyoj lari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqari- lishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.

      Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati lining uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati o‘zining uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.

      Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtirila boriladi. shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik tavsifiga ega bo‘lishi lozim.

      Tarbiya jarayonining yaxlitlik. tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab etadi.

      Demak. tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi (5.2.1-shakl).

      5.2.1-shakI. Tarbiya jarayoni tuzilmasi.

      Demak, yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

      1. Tarbiya – yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, har qanday ijtimoiy tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosiy bo‘lib kelgan.

      2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

      3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish ko‘zlangan maqsad va vazifalarning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

      5.3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari va tamoyillari

      Tarbiyajarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o‘rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.

      Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning obyektiv talablari insonning ijtimoiy СКАЧАТЬ